#Ijod_maktabida_maqom_ansambli

📌Bugun – may oyining 19-kunida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga Jizzax viloyati madaniyat va turizm boshqarmasiga qarashli namunali maqom ansambli tashrif buyurdi.

🎻Ansamblning xushovoz xonandalari va mahoratli cholg‘uchilari maqom, estrada hamda o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlarini o‘quvchilarimizga havola etishdi.

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘tkazilgan konsert dasturi ijodkor o‘quvchilar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari