Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “ILMNI QADRLANG, ILMGA INTILING” shiori ostida so‘nggi qo‘ng‘iroq ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Jizzax viloyati hokimi Saliyev Ergash Alibekovich ishtirok etdi va bitiruvchilarga hamda ota-onalarga Prezident tabrigini o'qib eshittirdi. Ushbu tadbir davomida yosh avlodga bilim berib kelayotgan fidoyi oʻqituvchilarni hamda bilimdon oʻquvchilarni esdalik sovgʻalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Maktab_stipendiyasi_sovrindorlari_aniqlandi

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktab xodimlari #stipendiyasining saralash bosqichlari o‘z yakuniga yetdi.

O‘quvchining darslarga qatnashish davomati, ijtimoiy faolligi, ingliz tilidan matnda tushirib qoldirilgan so‘zlarni topishi, o‘qilishi rejalashtirilgan badiiy asarlardan savollarga javoblari, matematika fanidan berilgan amallarni bajarishi, monitoring ko‘rsatgichi, ijodiy ishlari, ota-onasi yoki boshqa yaqinining darslardagi ishtiroki va tarix fanidan testlar bo‘yicha o‘quvchilarimizning bilimlari tekshirildi. Natijalar quyidagicha:

1-o‘rin Asrorqulova Nigora 80 ball;
2-o‘rin Jamolova Gulyora 78.2 ball;
3-o‘rin Saydullayeva Gulsevar 76.3 ball;
4-o‘rin Umaraliyeva Mashhura 75 ballarni qo‘lga kiritdi.

Stipendiyantlarning ota-onalariga stipendiya pul mukofoti hamda maktab rahbariyatining tashakkurnomalari yuborildi.

Web sayt I Facebook I Telegram I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi "Zomin" davlat qo‘riqxonasi o‘ziga xos bioxilma-xillikka ega. Qo‘riqxonada baliqlarning 1 turi, amfibiyalarning 2 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, qushlarning 102 turi, sut emizuvchilarning 30 turi mavjud.

Xalqaro va O‘zbekiston “Qizil kitob” lariga kiritilgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i, Turkiston silovsini, Seversov qo‘yi, bo‘ri, tulki, yovvoyi to‘ng‘iz, shuningdek, qushlardan qora grif, qora laylak, soqolli kalxat, burgut, pakana burgut, oqboshli kalxat, tasqara, lochin va qizilboshli lochin kabi hayvon va qushlar, bulardan tashqari, to‘ng‘iz, jayra, quyon kabi hayvonlar hamda qarg‘a, olashaqshaq va boshqa ko‘plab chumchuqsimon qushlar yashaydi.

Qushlarning suratlari qo‘riqxona xodimlari tomonidan taqdim etilgan.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#qabul_2023

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi 5188-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-martdagi 141-sonli Qaroriga ko‘ra ijod maktablariga qabul 7-sinfdan amalga oshiriladi, ya’ni 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar ijod maktablarining 7-sinfida tahsilni davom ettirishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘garaklar faoliyatidan video lavha

🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida dars mashg‘ulotlaridan so‘ng kasbga yo‘naltirilgan, ijodiy va ma’naviy-ma’rifiy to‘garaklar o‘z ish faoliyatini olib bormoqda. Hozirgi kunga kelib mazkur ijod maktabida

📃Yosh tarjimon (Ingliz tili);
🌅Veb dizayn;
🎬Drama (Aktyorlik mahorati);
🪡Tikuvchilik;
🥁Musiqa (Zarbli);
🎸Musiqa (Torli);
📖Nazm gulshani (Ijod);
📽Photoshop va video tahrir;
🇹🇷Turk tili fani bo‘yicha jami 9 ta to‘garaklar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etib kelmoqda.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston universiteti va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetlariga sayohatga borishdi.

O‘quvchilar ushbu oliygohlarning qabul kuvotalari, o‘qitish tizimi va qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Web sayt I Facebook I Telegram I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Yakuniy_davlat_imtihoni

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining №30-AF-sonli topshiriq xatiga, asosan, ijod maktablarining 9- va 11-sinf o'quvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 10-iyuniga qadar o'tkazilishi belgilangan.  

📝Shunga ko'ra, bugun Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilaridan 2022-2023 o'quv yili bo'yicha adabiyot fanidan yakuniy davlat imtihoni olindi.

Imtihon avvalida ijod maktabi direktori D. Xamdamova so'z olib, 9-"A" va 9-"B" sinflarining 40 nafar o'quvchilariga navbatdagi imtihon sinovlarida omad tiladi va barcha o'quvchilarning yuqori natijalar ko'rsatishiga ishonch bildirdi.

🔴Yakuniy davlat imtihonlari davom etadi.

Web sayt I Facebook I Telegram I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari