#Yakuniy_davlat_imtihoni

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining №30-AF-sonli topshiriq xatiga, asosan, ijod maktablarining 9- va 11-sinf o'quvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 10-iyuniga qadar o'tkazilishi belgilangan.  

📝Shunga ko'ra, bugun Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 9- va 11-sinf o'quvchilaridan 2022-2023 o'quv yili bo'yicha tarix va adabiyot fanidan yakuniy davlat imtihonlari olinmoqda.

Imtihon avvalida ijod maktabi direktori D. Xamdamova so'zga chiqib, 9-va 11- sinf o'quvchilariga navbatdagi imtihon sinovlarida muvaffaqiyat tiladi va barcha o'quvchilarning yuqori natijalar ko'rsatishiga ishonch bildirdi.

🌏Bu yilgi yakuniy imtihon savol-topshiriqlarining o'quvchilar tanqidiy-mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli ekanligini e'tirof etish lozim.

🔴Yakuniy davlat imtihonlari davom etadi.

Web sayt I Facebook I Telegram I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#ijod_maktabi
#qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha

📢 DIQQAT E'LON!

❗️IJOD MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂Talabgorning
:
Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Agentlik tizimidagi 9 ta ijod maktablariga
7- sinfga qabul qilinadi.

📍IJOD MAKTABLARI:
🔸Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🔸Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🔸Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🔸Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🔸Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🔸Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🔸Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🔸Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🔸Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma

Aziz bolajonlar!

Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! Yurtimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda vatanda, ota-onasi bag‘rida, baxtiyor bo‘lib ulg‘ayishini, ilm olishini tilayman.

Siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!

Sizning sifatli ta’lim olishingiz va o‘zingiz tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishingiz uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Mamlakatimizda Sizga, sizning qiziqishlaringiz, huquq va manfaatlaringizga alohida e’tibor qaratiladi. "Bola huquqlari" to‘g‘risidagi konvensiya ratifikatsiya qilinishi, "Bola huquqlarining kafolatlari" to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi, Bolalar ombudsmani instituti ta’sis etilishini buning yaqqol namunasi sifatida e’tirof etishimiz mumkin.

Qadrli bolajonlar, siz ertamiz egalarisiz, sizni barkamol inson etib tarbiyalash esa baxtli va farovon kelajagimiz kafolatidir.

Bayram muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi jamoasi 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Jizzax shahridagi 5- sonli maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tadbirda qatnashdi.

Web sayt I Facebook I Telegram I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
IJOD MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabiga 2023-2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktabiga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂Talabgorning
:
Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Web sayt I Facebook I Telegram I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘garaklar faoliyatidan video lavha

🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida dars mashg‘ulotlaridan so‘ng kasbga yo‘naltirilgan, ijodiy va ma’naviy-ma’rifiy to‘garaklar o‘z ish faoliyatini olib bormoqda. Hozirgi kunga kelib mazkur ijod maktabida

📃Yosh tarjimon (Ingliz tili);
🌅Veb dizayn;
🎬Drama (Aktyorlik mahorati);
🪡Tikuvchilik;
🥁Musiqa (Zarbli);
🎸Musiqa (Torli);
📖Nazm gulshani (Ijod);
📽Photoshop va video tahrir;
🇹🇷Turk tili fani bo‘yicha jami 9 ta to‘garaklar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etib kelmoqda.

Web sayt I Facebook I Telegram I YouTube I Instagram I

@ikki_qalb_izdoshlari
#Yakuniy_davlat_imtihoni

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining №30-AF-sonli topshiriq xatiga, asosan, ijod maktablarining 9- va 11-sinf o'quvchilari uchun yakuniy nazorat imtihonlari joriy yilning 26-mayidan 10-iyuniga qadar o'tkazilishi belgilangan.  

📝Shunga ko'ra, bugun Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 9- va 11-sinf o'quvchilaridan 2022-2023 o'quv yili bo'yicha tarix va matematika fanidan yakuniy davlat imtihonlari olinmoqda.