Ijtimoiy himoya milliy agentligi
982 subscribers
35 photos
12 videos
10 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#inklyuziv_shahar

Qashqadaryo ko'chalari, tashkilot va muassasalar nogironligi bo'lgan shaxslar harakatlanishlari uchun moslashtirilmoqda


Misol uchun, Qarshi shahridagi ko'zi ojizlar uchun 18-sonli “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktabida yo'l harakati qoidalarini o'rganish maxsus maydonchasi tashkil etilib, unda o'quvchilar ko'chada xavfsiz harakatlanishlari uchun o'rgatilmoqda;

Kasbi tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining kirish yo'laklariga taktil qoplama va markaz hududiga nogironligi bo'lgan shaxslar mashinalari uchun maxsus avtoturargoh tashkil etildi;

shuningdek, Qarshi shahrida ovozli svetoforlar joylashtirish harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, viloyatning har bir tumanida bittadan nogironligi bo'lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratish bo'yicha namunaviy ko'cha tashkil etilishi rejalashtirildi.