🖋 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining II-yalpi majlisida "
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to'g'risida"gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul
qilindi.👥 Ta’kidlanganidek, qonun loyihasi bilan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar, ularning vakolatlari aniq belgilab berilmoqda.
👫 Bunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilangan.
🤝 Shuningdek, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga ta’rif berilib, ularni sodir etishni taqiqlash, qonunga binoan ta’qib qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash ko‘zda tutilmoqda.
Bolalarning asosiy ehtiyojlari, bolaga g'amxo'rlik ko'rsatilishi kabi kiritilayotgan yangi atamalar ularning ujtimoiy himoyalanishida, huquqlari va eng ustun manfaatlarining ta'minlanishiga xizmat qiladi. Qonun loyihasi bilan yangi tizim—
bolalarga himoya orderi berilishi bilan birgalikda ularning himoyalanishi, huquqlari tiklanishiga xizmat qiluvchi yakka tartibdagi himoya rejasi tuzilishi taklif etilmoqda.
⚠️ Himoya orderi Ichki ishlar organlari tomonidan vakolatli davlat organi ishtirokida zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining qonuniy vakiliga yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxsga hamda zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining o‘ziga beriladi.
📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz