Ijtimoiy himoya milliy agentligi
26K subscribers
3.22K photos
1.08K videos
1 file
2.09K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🥹 "Xalqaro bolalarni himoya qilish" kuni munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi  tomonidan bir nechta muassasalarda bayram tadbirlari tashkil etildi.

💚 Mutasaddilar, tashkilotchilar va tarbiyalanuvchilar ishtirok etgan bayram tadbirlari o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

👫 Tadbirda yangragan kuy-qo‘shiqlar va tadbir qatnashchilariga taqdim etilgan sovg‘alar bayram shukuhiga o‘zgacha ulug‘vorlik hadya etdi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍275🔥4
🧠 Bayram shukuhini ulashish uchun yo‘l olingan keyingi manzil Toshkent shahridagi 30-sonli Mehribonlik uyi bo‘ldi

👫 Agentlik vakillaridan iborat ishchi guruh ushbu muassasada tarbiyalanuvchilarni bayram bilan qutlab, ular bilan yaqindan suhbatlashdilar.

"Ko‘zingizdagi quvonch va sizdagi shijoat, kelajakka bo‘lgan umidingiz, orzularingiz va intilishlaringiz biz uchun muhim. Shu boisdan ham Agentligimiz ta’lim olishingiz, sog‘lom va baxtli  hayotda yashashingiz uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlashga intiladi. Bu yo‘lda qo‘yayotgan har bir qadamimiz sizlarning kelajakka bo‘lgan ishonchingizni oshirish va orzularingizni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi"

- deya ta'kidladi Agentlik mutasaddilari.

💚 Uchrashuv so‘nggida Agentlik vakillari tomonidan tarbiyalanuvchilarga esdalik va bayram sovg‘alari topshirildi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥32👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan “Onajonim, birga o'ynaymizmi?” ijtimoiy roligi
 
Butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida keng nishonlanadi.
 
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, bolalarni ijtimoiy himoya qilish, huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha mas’ul Shahnoza Mirziyoyeva “Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar” mavzusidagi ijtimoiy rolik tashabbusi bilan chiqdi.

Ma'lumki, ota-ona va bolaning travmatik munosabatlari juda katta salbiy oqibatlarga olib keladi va bolaning kelajakdagi hayotiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin.
 
Agar bola eʼtibor, g’amho’rlik, mehr va baxtni uyidan topmasa, ularni boshqa joydan qidiradi. Ko’pincha u o’zi istagan munosabatni ko’chadan, shubhali kishilar davrasida topadi. Bolalar va ota-onalar munosabatlarni ruhiy jarohatlar juda qayg’uli oqibatlarga olib kelishi mumkin... Biz kundalik faoliyatimizda bu holatga tez-tez to’qnash kelamiz - deydi Shahnoza Mirziyoyeva o’z instagram sahifasida.


Videorolik yana bir bor kattalarning e'tiborini cheksiz sevgi, tushunish, manfaatlarni hurmat qilish va bolalarga g'amxo'rlik qilish zarurligiga qaratadi. U yana bir bor eslatib o'tadiki, uy bola uchun eng xavfsiz joy bo'lishi kerak, u yerda uni hamma sevadi va boricha qabul qiladi.
 
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3415🔥6🙏2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Социальный видеоролик «Мам, поиграем?», посвященный Международному дню защиты детей.
 
В Узбекистане, как и во всём мире, 1 июня широко отмечается Международный день защиты детей.
 
Первым заместителем директора Национального агентства социальной защиты, Шахнозой Мирзиёевой, в чьем ведении находятся вопросы социальной защиты, обеспечения прав и интересов детей, инициирован социальный ролик на актуальную тему отношений между родителями и детьми.

Как известно, травматичные детско-родительские отношения приводят к далеко идущим негативным последствиям и могут значительно повлиять на дальнейшую жизнь ребенка.

«Если дома ребенок не находит внимания, заботы, любви и счастья, то он будет искать их в другом месте. Чаще всего, он находит их на улице и в сомнительных компаниях. Травматичные отношения между детьми и родителями могут привести к очень печальным последствиям.... С этим мы сталкиваемся в нашей каждодневной работе» - пишет Шахноза Мирзиёева на своей Инстаграм странице

 
Видеоролик еще раз обращает внимание взрослых на тему необходимости безусловной любви, понимания, уваженияинтересов и заботы о детях. Он еще раз напоминает, что дом должен быть самым безопасным местом для ребенка, где его любят и принимают любым.
 
📝telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2810🙏2🔥1
🧠 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan "Inson" markazida bolalar uchun "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.

👫 Tadbirda maxsus muassasa tarbiyalanuvchilari hamda barcha qiziqish bildirgan bolalar ishtirok etdilar.

💻 Mazkur tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad bolalarni markaz faoliyati bilan tanishtirish, ularning huquqlari to'g'risida xabardorligini oshirishdir.

👩‍👩‍👧‍👦 Tadbir davomida ko'ngilochar konsert- dasturlar, mahorat darslari, shuningdek, "Ijtimoiy himoya - bolalar nigohida" mavzusida eng yaxshi rasm tanlovi tashkil etildi.

💚 Bolalar bayramni maroqli va foydali o'tkazdilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍365🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Asrbek Soliyev: Harakatlanishimning yanada osonlashishi menga yangi rejalarni boshlashimga imkon berdi!

🏃 Jondor tumani Ko'liyon mahallasida yashovchi Soliyevlar oilasini mahalladagilar juda yaxshi tanishadi. Ularning oilasida to'rt farzand bo'lib, 2001-yilda tug'ilgan kenja o'g'il Asrbek Soliyev 2021-yilda chet elda ishlab yurganida avtohalokatga uchradi. Qattiq shikastlanish natijasida o'ng oyog'idan ayrilgan yigit oilasining, bobo-buvisining ruhiy daldasi bilan oyoqqa turib, yana mehnat qilishda davom etdi. Hozirda tomorqasida barpo etgan issiqxonada 35 tup limon ko'chatlarini parvarishlab, har bir tupdan o'rtacha 1 mln so'mdan daromad qilyapti.

- Nogironlik guruhining belgilanishi, yashashdan, harakatdan to'xtash degani emas, - deydi Asrbek. Kimgadir yuk bo'lmasdan mehnat qilish, maqsad sari dadil borish kerak. To'xtasang, o'tirasan, o'tirsang yotib qolishing mumkin. Mehnatni sevgan odamdan dard ham chekinadi. Ayniqsa, yangi berilgan protez bilan yurishim, harakatlanishim yanada osonlashdi. Bu esa menga yangi rejalarni boshlashimga imkon berdi.


🦿 Asrbekning foydalanib kelayotgan protezi juda noqulay bo'lib, bu uning ish faoliyatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatar edi. Tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlari markaziga murojaat qilganidan so'ng, soha mutaxassislari kelib, Asrbekdan o'lcham olishdi va yaqinda unga zamonaviy protez taqdim etildi.

- Foydalanib kelayotgan protezim juda noqulay bo'lib, bu ish faoliyatimga ham salbiy ta'sir ko'rsatar edi. Tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlari markaziga murojaat qilganimdan so'ng, mutaxassislar o'lcham olishdi va yaqinda menga zamonaviy protez taqdim etildi. Shu bilan bir qatorda, "Inson" markazi tomonidan berilgan 2 quti asalari bilan asalarichilik faoliyatini ham boshladim. Bu orada bobom olib bergan 3 quti asalari bilan faoliyatim yanada kengaydi. Yaqinda yoshlar uchun 30 yilga foydalanish uchun beriladigan yer ham olib, hozirda dukkakli o'simliklar ekishni maqsad qilganman.


📝telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍273🔥2
🎅 “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori 2024-yil
31-may kuni qabul qilindi.

👨‍🦽 Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi joylashgan hududlarda istiqomat qiluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga:

- mobil qatnov

- kunduzgi qatnov

- uzoq va qisqa muddatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi;

☺️ Ushbu xizmatlardan foydalanish uchun fuqarolar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali murojaat qilishlari mumkin.

🥹 Bunda, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalari hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslari bir yilda bir marta imtiyozli toifa sifatida markaz xizmatlaridan foydalanishlari mumkin;

Markazlarga joylashtirilgan shaxslarga ularning ehtiyoji hamda xohishiga ko‘ra qisqa va uzoq muddat qolish hamda internat uyidan butunlay chiqish imkoniyati yaratiladi.

👩‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, Markaz xizmatlaridan foydalanuvchilarning ijtimoiylashuvini hamda cheklovlarsiz to‘laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash maqsadida mehnat ustaxonalari yo‘lga qo‘yiladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44🔥2👏2🤝1
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
🎅 “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori 2024-yil 31-may kuni qabul qilindi. 👨‍🦽 Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash…
⏺️Statsionar va kunduzgi qatnov shakllarida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi

🧮Statsionar va kunduzgi qatnov shakllarida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qaror nizomining 3-bandida belgilangan tartibda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi hamda pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakilining xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi.

🖋Statsionar va kunduzgi qatnov shakllarida mazkur qaror nizomining 47-bandiga muvofiq shakllantirilgan individual parvarishlash rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

👨‍🦯Kunduzgi qatnov shaklida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomada nazarda tutilgan kunlarda Markazga kelishlari talab etiladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍171🔥1🙏1
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
🎅 “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatuvchi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori 2024-yil 31-may kuni qabul qilindi. 👨‍🦽 Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash…
⏺️Mobil shaklda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi:

🏃 Mobil shaklda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish mazkur Nizomning 3-bandida belgilangan tartibda doimiy yashovchi toifasiga kiruvchi hamda pullik xizmat ko‘rsatiladigan shaxs yoki uning qonuniy vakillarining xohishiga ko'ra amalga oshiriladi.

🖋 Mobil shaklda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish ushbu qarorning nizomiga muvofiq shakllantirilgan individual parvarishlash rejasiga ko'ra amalga oshiriladi.

➡️Bunda mobil shakldagi Markaz xizmatlari alohida tasdiqlangan reja-grafiklarga muvofiq o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning bevosita yashash joyiga borgan xolda ko‘rsatiladi.

👥 Mobil shaklda xizmat ko‘rsatish uchun Markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari turiga qarab mobil guruhlar shakllantiriladi.

Mobil shaklda xizmat ko‘rsatish shartlari, davomiyligi, bir kun davomida xizmatlar uchun ajratiladigan vaqt, har-bir o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga ko‘rsatiladigan xizmatlarning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍155👏2🙏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚙 Qo'l bilan boshqariladigan mashinani ko'rganmisiz?

"Izlagan imkon topar"

Shoxdor bobo Elmurodov G'uzor tumanining "Jarariq" mahallasida yashaydi. Uning ikki oyog'i ham shol bo'lib qolgan. 1-guruh nogironligi bo'lgan shaxslar ro'yxatida turadi.

Hayotning achchiq zarbalaridan sinmagan Shoxdor bobo temirchilik bilan shug'ullanadi. Undan tashqari, oyoqlari ishlamasligiga qaramay, mashinani to'liq qo'l bilan harakatlantirish yo'lini o'ylab topgan.

Batafsil
🎬

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍565🔥3🙏3👏2🤝2
Aziz do'stlar,

Bugun 4-iyun Xalqaro tajovuz qurbonlari bo’lgan begunoh bolalar kuni.

🤝Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan ushbu kunning maqsadi butun dunyo boʻylab jismoniy, maʼnaviy va ruhiy zoʻravonlikka duchor boʻlgan bolalarning azob va iztiroblarini his qilishga harakat qilishdir.

👫Shu kuni BMT jahon hamjamiyati oldida bolalar huquqlarini himoya qilishni ta'minlashga, bolalarga nisbatan qo'pol huquqbuzarliklarga chek qo'yish va oldini olishga chaqiriladi. Bolalarni jangovar harakatlardan himoya qilishning eng samarali usuli ularning qurolli to‘qnashuvlarga qo‘shilishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va bartaraf etishdir.

🥹Biz, Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz va bolalar huquqlarini himoya qilish birinchi navbatdagi vazifamiz ekanligini eslatib o‘tamiz. Biz barchani befarq qolmaslikka chaqiramiz va bolalar huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikning oldini olish barchamizning umumiy burchimiz ekanligini unutmaslikka chaqiramiz. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va zulmning barcha ko‘rinishlariga qarshi birgalikda kurashaylik.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍285🔥5🙏4👏3🤝1
🦿🦽 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi qanday ta'minlanyapti?

5️⃣ 5-iyun (chorshanba) soat 17:00 da Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi sonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov va mas'ul mutaxassislar ishtirok etadilar.

Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://t.iss.one/sharoitplus?livestream qo‘ng‘iroqchani bosib qo‘ying!

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26👏5🔥3
🧠 Imtiyozli toifaga kirmaydigan lekin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xizmatlaridan foydalanish istagida bo’lgan fuqarolar uchun endilikda shartnoma asosida pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibi belgilandi.

💵 Ular quyidagi pullik xizmatlardan foydalanishlari mumkin:

🧮Shaxsni oʻzgalar parvarishiga muhtojligini baholash (“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassisi tomonidan Bartel va Lauton shkalalari asosida amalga oshiriladi, shuningdek yashash sharoitlarini to‘siqsiz harakatlanish uchun moslashtirish zarurati o‘rganib chiqib, tegishli tavsiya ishlab chiqiladi);

👨‍🦽Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga uyda ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish quydagi tadbirlarni o'z ichiga oladi:
⏺️Ovqat tayyorlash;
⏺️Kiyim-kechaklarni yuvish va ularni dazmollash;
⏺️Gigiyena tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
⏺️Zarur oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga yetkazib berish;
⏺️Sartaroshlik xizmatidan foydalanishda ko‘maklashish;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga hamrohlik qilish (tibbiyot va sport muassasalariga, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, kiyim sotib olish uchun bozor va do‘konlarga ijtimoiy xodim assistentlari Siz bilan birga borib keladi);
⏺️Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga qarab turish (yurishda va harakatlanishda qiyinchiligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladigan quydagi xizmatlarni o'z ichiga oladi:
⏺️Ovqatlantirish;
⏺️Kiyimlarni kiyish va almashtirishda ko‘maklashish;
⏺️Yotoq holatini o‘zgartirish;
xavfsiz harakatlanishda ko‘maklashish;
⏺️Jismoniy mashqlarni bajarishda ko‘maklashish;
⏺️Zaruratga ko‘ra tez tibbiy xizmatini chaqirib berish).

😊 Pullik xizmatlardan foydalanish uchun o'z tumaningizdagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qiling.

⚠️ Muhim eslatma! Yuqumli hamda ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslarga pullik xizmatlar ko‘rsatilmaydi.

Pullik xizmat turlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍505🔥2🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mobil shaklda ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish boshlandi!

📌 Mobil shaklda xizmat ko’rsatish tizimining asosiy maqsadi chekka tuman va qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’lamidan to’laqonli foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.

🧠 Dastlabki mobil xizmat Ijtimoiy himoya milliy agentligining Surxondaryo viloyati “INSON” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qorayantoq va Uzumzor mahallalari aholisiga malakali mutaxassislar guruhi tomonidan psixologik va yuridik xizmatlari ko‘rsatildi.

☺️ Mobil shaklda xizmat ko‘rsatish davomida 185 nafar fuqarolarga “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazlarining mutaxassislari tarafidan bepul psixologik va yuridik xizmatlari ko‘rsatildi va aholiga kerakli tavsiyalar berildi.

Mobil shaklda xizmat ko‘rsatish uchun “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari turiga qarab mobil guruhlar shakllantiriladi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥82👏1