Ijtimoiy himoya milliy agentligi
21K subscribers
1.87K photos
510 videos
1.13K links
Download Telegram
#statistika

Yagona ijtimoiy reyestrga kiritilgan shaxslar soni necha nafar?


🧠 Bugungi kunda reyestrdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar 18 406 nafar bo‘lib, shundan:
- yolg‘iz yashovchi keksalar – 10 633 nafarni,
- yolg‘iz keksalar – 3 689 nafarni,
- yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar – 2 651 nafarni
- yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar – 1 434 nafarni tashkil etadi.

📅 Joriy yilning yanvar oydan
1-aprel kuniga qadar reestrga
1 529 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksa hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar kiritilgan va 1 883 nafari reyestrdan chiqarilgan.

👨‍🦯Reyestrdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi keksa hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 2 291 nafar ijtimoiy xodim assistenti biriktirilgan bo‘lib, ularga uyida maishiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2024-yil iyun oyi uchun 1 207,4 mingta kam ta’minlangan oilalarga 596 853,3 mln. so‘m miqdoridagi mablag‘lar AT “Xalq banki”ga to‘liq moliyalashtirilib berildi.

👥 O‘z navbatida kam ta’minlangan oila sifatida nafaqa oluvchi 1 118,4 mingta oilalarga (yoki jami oluvchilarning 92,6 foizi) bank kartalari orqali to‘lovlar amalga oshiriladi.

🖋 Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchi oilalarga joriy oy to‘lovlari
Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan oyning 27-sanasiga qadar yetkazib berilishini ma’lum qilamiz.

Joriy yilning iyun oyida yangi 143,8 mingta kam ta’minlangan oilalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan qamrab olindi.
Jumladan, ularnig 135 822 tasiga - bolalar nafaqasi va 7 976 tasiga - moddiy yordam tayinlab berildi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil avgust oyida ijtimoiy nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchilarga mablag‘lar (💯%) to‘liq moliyalashtirildi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan joriy yilning avgust oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 688,5 ming nafar nafaqa oluvchilaruchun talab etilgan mablag‘lar tijorat banklariga moliyalashtirilib berildi.

Jumladan:

⏺️yoshga doir nafaqa oluvchilar – 80,2 ming nafar;

⏺️nogironlik nafaqasini oluvchilar – 305,8 ming nafar; 

⏺️boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oluvchilar - 53,1 ming nafar;

⏺️bolalikdan nogironlik nafaqasini oluvchilar -168,9 ming nafar;

⏺️parvarishlash nafaqasini oluvchilar - 73,4ming nafar;

⏺️o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordamoluvchilar -7,0 ming nafarni tashkil etadi.

💵 O‘z navbatida nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 489,0 ming nafar (yoki jami oluvchilarning 69,5 foizi) fuqarolarning bank plastik kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlandi.

🖋Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilayotganini ma’lum qilamiz.

#Ijtimoiyto’lovlar #nafaqa #statistika

💻 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#statistika
#insonmarkazlari
#xizmatlar

2024-yilning III choragi davomida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga kelib tushgan arizalar va ularning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan MA'LUMOT



😯 2024-yil avgust oyida, barcha “Inson” markazlarida yangi Murojaatlarni ro‘yxatga olish tizimi (CRM) joriy etildi.

O’tgan oyda ushbu tizim orqali 79 mingdan ortiq murojaat ro‘yxatga olindi, kunlik o‘rtacha murojaatlar soni 3 669 tani tashkil qildi.

☺️ III chorak yakunlari bo’yicha 208 ta tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan jami 1 006 116 ta ariza qabul qilingan bo‘lib, shularning 652 928 tasi (64.9%) ijobiy hal qilingan, 268 877 ta (26.7%) ariza rad etilgan, va 84 311 ta (8.4%) ariza ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan.

🖋 Tahlil natijalariga ko‘ra, 20 773 ta ariza muddati kechiktirilgan. Bu arizalarning aksariyati TIEK va VMKdan POM va RTV mahsuloti uchun xulosa olish (4 305 ta), bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash (4 064 ta), hamda nogironlikni belgilash va guruhini o‘zgartirish (2 157 ta) xizmatlariga to‘g‘ri keladi.

🎬 Batafsil tahlil videoda

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#againstviolence
#statistika

❗️ Bilarmidingiz? ....

Soʼnggi yillarda bolalarga nisbatan sodir etilayotgan zoʼravonliklar soni oshib bormoqda...


💵 Bolalarga nisbatan jismoniy, psixologik va jinsiy zo‘ravonlikning oqibatlari tufayli kelib chiqadigan global iqtisodiy ta’sirlar va xarajatlar $7 trilliongacha bo‘lishi mumkin. Bu ulkan mablag‘ning ko‘p qismi zo‘ravonlikning oldini olishga sarflanishi mumkin bo‘lgan sarmoyadir.

🫰 Butun dunyo bo‘ylab, taxminan 15 million 15-19 yoshli o‘smir qizlar o‘z hayoti davomida majburiy jinsiy aloqa yoki boshqa majburiy jinsiy harakatlarni boshdan kechirgan. Zo‘ravonlikka duch kelgan o‘smir qizlarning faqat 1 foizi mutaxassislardan yordam so‘ragan.

⚠️ Butun dunyoda besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning har to‘rtinchisi — 177 million oilada turmush o‘rtog‘i tomonidan zo‘ravonlikka duch kelgan ona bilan yashaydi.

😯 Zo‘ravon jazo turlari orasida taxminan 60 foiz bola psixologik agressiyaga duch kelgan bo‘lsa, 29 foizi jismoniy jazoni boshdan kechirgan va 4.2 foizi og‘ir jismoniy jazoni ko‘rgan.

👫64 foiz o‘g‘il bolalar jismoniy jazoga duch kelgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich qiz bolalar orasida 60 foizni tashkil qiladi.

❗️ Qishloq joylarida bolalar shaharlarga qaraganda ko‘proq zo‘ravon jazoga duch keladi, qishloqlarda bu ko‘rsatkich 65 foizni, shaharlarda esa taxminan 59 foizni tashkil qiladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika
#ayollar

2024-yilning 9 oy davomida "1146 Ishonch telefoni"ga 1832 nafar zo'ravonlikdan jabrlangan fuqarolar murojaat qilgan


👥 Zo‘ravonlik turlari bo‘yicha murojaatlar:

- 936 ta jismoniy zo‘ravonlik;
- 731 ta ruhiy zo‘ravonlik;
- 96 ta jinsiy zo‘ravonlik;
- 60 ta iqtisodiy zo‘ravonlik.

🖋 Murojaatlarning barchasiga tegishli organlar bilan hamkorlikda tezkor huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilib, jabrlanganlarga zarur ko‘mak berilgan.

⚖️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi jabrlanuvchilarga nafaqat yordam ko‘rsatib, balki ularning huquqlarini himoya qilish, zo‘ravonlikni oldini olish va bu muammoning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda.


📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM