Ijod bog‘idan guldasta
121 subscribers
1.02K photos
31 videos
2 files
185 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Download Telegram
Ibrayım Yusupovtıń tuwılǵanına 94 jıl toldı

Ózbekstan hám Qaraqalpaqstan xalıq shayırı, Ózbekstan Qaharmanı Ibrayım Yusupov 1929-jıl 5-mayda Shımbay rayonında tuwılǵan.

Shayırdıń «Baxıt lirikası», «Kúnshıǵıs jolawshısına», «Úyler», «Jeti asırım», «Dala ármanları», «Kewil kewilden suw isher», «Tumaris hám basqa poemaları», «Yosh», «Alasatlı dúnya bul», «Duzlı samallar», «Kewildegi keń dúnya», «Begligińdi buzba sen…», «Hárkimniń óz zamanı bar» atamasındaǵı qosıq kitapları hám «Tańlamalı shıǵarmaları» toplamları basıp shıǵarılǵan.

Ibrayım Yusupov «El-yurt hurmati», «Do'stlik» ordenleri menen de sıylıqlanǵan.

Onıń qosıqları qazaq, ukrain, belarus, gruzin, latısh, bolgar hám basqa da xalıqlardıń tillerine awdarılǵan. Shayır 2008-jıl 24-iyulde dúnyadan ótken.

Website  |  Telegram  |  Instagram  |  YouTube  |  Facebook
Бугун Ўзбекистон халқ шоири Ғафур Ғулом таваллудига 120 йил тўлди

Абдулла Орипов

АЛВИДО, УСТОЗ

(Ғафур Ғулом хотирасига)

"Зўр карвон йўлида етим бўтадек
Интизор кўзларда ҳалқа-ҳалқа ёш..."
Сарбоним, қўлингдан кетдимикан эрк,
Сарбоним, не учун кўтармайсан бош.

Сўқир, ёвуз ўлим, минг дод дастингдан,
Зулматдай кирдингми шеър майдонига.
Ажал, сен найзангни санчдингми чиндан
Ўзбек шеъриятин паҳлавонига.

Олис фазоларга кетган ҳам қайтар,
Ботгувчи қуёш ҳам чиқар билмай ҳад.
Наҳот она халқим алвидо айтар
Бугун Ғафур Ғулом бошида абад?

Илк бора жигарим силқиди балким,
Лол қотган тилимга келмади калом.
Йиғла, онажоним, эй она халқим,
Бугун йўқ қошингда фарзанди Ғулом,

Дардли мусиқалар, ингрангиз бир-бир,
Ўзинг ҳам йиғла, эй, дилда қотган ғам.
Ёруғ бу оламда бормикан, ахир
Шоир вафотидан ортиқроқ мотам!

Зор йиғлаб навосиз қолмагай дунё,
Ўзи чора топмай йиғлагай алам.
Шогирдлар қўлидан тушмагай асло
Сенинг қўлларингдан тушган шу қалам.

1966

НУТҚ

(Ғафур Ғулом вафотининг бир йиллигига)

Ғафур Ғулом ўлганига бир йил тўлибди,
Нарёғини ўйлаганда сесканар одам.
Ғафур Ғулом учун бир йил нима бўлибди,
Бу — мангулик йўлидаги биринчи қадам.
Биз учун-чи, бир йил демак "шунчаки план",
Бола-чақа, ўтин-кўмир, уй-жой ташвиши.
Гоҳо унга марсия деб ёзган шеър билан
Мангуликка қоларман деб ўйлайди киши.
Лекин фақат оёқ билан чиқмаслар тоққа,
Арқон керак, чўкич керак, керак улов-от.
Бу асрдан мангуликка ёрлиқ олмоққа
Етмас экан фақатгина шеърий истеъдод.
Ғафур Ғулом — буюк шоир, файласуф, ҳакам,
Ғафур Ғулом — адиб, нотиқ ва соҳиб сурур.
Эҳ-ҳе, бунинг барчасини санамоққа ҳам
Керак бўлар лофи билан яна бир умр.
Асқад ака лутф этгандай, у мисли кўзгу,
Бизнинг учун халқ тимсоли, ўзбек тимсоли.
Камалақдек неча рангли дарёларни у
Жамлай олган бир ўзида денгиз мисоли.
Бу дунёда кўпдир балки ҳар хил муаммо,
Мумкин унинг баъзисини кўра билмаслик.
Нима деса деяверсин одамлар, аммо
Мумкинмас ҳеч улуғ зотга ҳавас қилмаслик.
Мангуликка кетаётир шоир шошганча,
Мовий кўкка шаън қуёши ўрламоқда, бас,
Ғафур Ғулом тирикликни истаса қанча,
Биз ҳам унга ўшанчалик қилгаймиз ҳавас.

1967

👇
@abdullaorifijodi
👍2
Hamid Olimjondan Zulfiyaga

Hayotda yolg‘izim , faqat kulib yur,
Ko'zlaringda ko‘rmay achchiq yoshlarni.
Meni sog‘inganda sur'atimga boq,
Oddiy hasad bilgin tuhmat toshlarni.

Ijod olamiga qo‘ygan qadaming
Yetaklasin seni ezgulik sari.
Doimo tebratib turgin qalaming,
Umrbod yashnasin sevgim gullari.

"Ikki ko‘zimdagi ikki qorachiq"-
Hulkar va Omonim senga omonat.
Ota mehrin taftin tuyolmadilar,
Murg'ak qalblarini o‘ksitma faqat.

Yuragingda yashay doim Zulfiyam,
Hech qachon bo‘lmayin sen uchun unut.
Mening ruxsorimni gar ko‘rging kelsa,
O‘rik gullari-la otgan tongni kut!

Nafisa Axrorova, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi
👍61
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
66%
Xodim
34%
Hodim
👍1
DILDOSHGINAM

Choʻkayapman.. choʻkib ketdim koʻzlaringga,
Soʻzlaringga qorishiblar ketdim oxir...
Dildoshginam, dilginangga shodlik hadya
Etolmadim. Qanday dildoshman men axir?!

Qiymalangan qalbim qadar qalqir qaygʻu,
Qani endi, oh, yoningda boʻlib qolsam.
Bu umringga jonim sochilib ketsa-yu,
Qoʻling mahkam tutgan holda oʻlib qolsam...
(Diling mahkam quchgan holda oʻlib qolsam).

Va yuraging jannatida yashasaydim,
Bundan ortiq baxt bormikan?! "Bordir.." dema!
Gʻamlaringni aritishni bilmayman-ku,
Ee.. hayotda yurganimdan ma'no nima?!

Netay, aytgin, sigʻmayapman dunyoyimga..
Dunyoyingdan joy ber menga, yonar o, tan.
Dardlaringga darmon boʻlgim kelar-u lek,
Hali eplab yoshingni ham artmaganman...

Dildoshginam..!

Nasiba Boshmonova, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
👍61
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
17-may O'zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavallud topgan kun

O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-may kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug‘ilgan. 1972-yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) tugatgan. 1975-1977 yillar Moskvada – Oliy adabiyot kursida tahsil olgan.
Keyinchalik «Saodat» jurnalida muharrir sifatida mehnat qilgan. Shoira hozirgi «Yangi asr avlodi» nashriyotida bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi kengashi raisi lavozimlarida ham xizmat qildi. Shuningdek, «Yozuvchi» nashriyotida yetakchi mutaxassis va «Guliston» jurnalida adabiyot bo‘limini boshqardi.

Shoiraning «Ilk muhabbat», «Oq olmalar»,«Sadoqat», «Muqaddas ayol»,«Bu kunlarga yetganlar bor»kabi to‘plamlari sevib o'qiladi. Shoira “El-yurt hurmati” ordeni bilan, vafotidan soʻng, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

Halima Xudoyberdiya 2018-yil 17-avgustda vafot etdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
👍72
#soʼnggi_qoʼngʼiroq

⚡️ Bugun, Agentligimiz tizimidagi Ijod maktablarida ham "Ilmni qadrlang, ilmga intiling!" shiori ostida "So'nggi qo'ngiroq" tadbirlari bo'lib o'tdi.

📱
Quyidagi havolalar orqali tadbirlar haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin:

🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
Forwarded from Naimjonova Sitora Uyg'un qizi
OQ QALAM, QORA QOG'OZ

Odamlar orasida "dilidagi tiliga ko'chdi" dеgan gap bor. Lеkin bu ijodkorlarga oid gap emas. Ular o'z dilidagilarni to'g'ridan to'g'ri oq qog'ozga tushiradi. Shunchaki, oddiy emas, balki, so'zlarni mohirona tanlab o'zgacha ko'rk ila yozadi. Shunday ekan, nеga unda ularni oq qog'ozga qora qalam bilan qoralaymiz. Ularga dog' tushiramiz. Axir yozuvchilar qanchayin qiyinchilik bilan gaplarni saralab, yuraklarga yеtajak so'zlarni yozadi-ku!
Kеling, endi haqiqiy hayotimizdan sal chiqib , xayoliy olamimizni kеzamiz Oq qalam. Qora qog'oz.Yozuvchining ko'zlari qora qog'ozga qadalgancha yangi tug'ilajak ijodi haqida o'ylar, qoshida qad rostlagan sham fidoyi, sеrqirra posbonlardan bo'lib, ham yorug'lik ulashib, ham ijodkor ijodini qo'riqlardi. Yozuvchi sеkin oq qalamni olar, shamdan chiqayotgan ezgu nurlar qalamning soyasida bеkinmachoq o'ynardi. Yozuvchi ichida allanimalarni o'ylab so'ylasa-da, qog'ozga eng yaxshilarini, eng go'zallarini bitardi. Qanchalar go'zal! Ushbu yangi tug'ilgan ijod namunasi nafaqat yozuvchining va nafaqat o'quvchining, balki qora qog'ozning ham ko'nglini xira qilmay, unga oppoq orzularni hadya etgandi. Qora qog'ozdagi yozmalar ezgu nur taratardi. Yozuvchi ham ilk bor faqat qalbi uchun emas, balki qog'ozi uchun nafi tеgadigan ish qilganidan shod edi.

Yillarim o'tmoqda, yaroliq
Yozmalar ko'ksingni dog' qildi.
Oq qalam yaralib qaroliq
Qog'ozning qalbini chog' qildi.

©Sitora NAIMJONOVA,
Halima Xudoybеrdiеva nomli ijod maktabi bitiruvchisi.
👍94🔥1
DIQQAT E’LON!!!
🔰IJODIY ONLINE SUHBAT

🏢Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

📌 Online adabiy suhbat loyihamiz "Qishloqjonim", "Balki Mosh ham tush koʻrar", "Bir quloqli qoʻzichoq", "Buvamning oshqozonidagi mamlakat" asarlari muallifi bilan bo'lib o'tadi.

❇️Uchrashuv mehmoni:

Qobiljon Shermatov

📋 Mavzu: Bolalar sheʼriyatida turkum yaratish anʼanasi.

📆 5-noyabr, 2023-yil

19:00

📲Telegram manzilimiz:
https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi


Suhbat manzili
https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi?livestream=ab6e85801bcb253ac1
👍3