TIL - MILLAT KO'ZGUSI
478 subscribers
4.77K photos
742 videos
36 files
1.19K links
Samarqand viloyat hokimligi

Murojaat uchun telefon: +99899 590-21-01
TELEGRAM BOT: @iftixorim_tilim
Download Telegram
📌Til - millat ko‘zgusi

Tuman axborot-kutubxona markazida “Til - millat ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi maslahatchisi, xalqaro “Oltin me’ros” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi rahbari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limasi, tuman axborot-kutubxona markazi, “Xalq banki” xodimlari, “Umid” ijodkorlar klubi a’zolari va yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda o‘zbek tili tarixi va “Davlat tili haqida”gi qonunning ahamiyati haqida so‘z bordi.
So‘zga chiqqanlar o‘zbek tilini rivojlantirish borasida olib borilayogan ishlar va kelgusida amalaga oshirilishi muhim vazifalar to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Asqarbek Qurbonov
Tuman hokimining maslahatchisi.


Ulaning va ulashing:
🌐
Veb-sayt |Facebook |
Telegram |🌐Instagram
🏷 Kattaqo‘rg‘on tumanida tashqi reklama va peshlavhalar davlat tiliga moslashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli tashqi reklama va peshlavhalar o‘rganildi.

🔍 Charog‘on va Mirzo Ulug‘bek mahallalarida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganilib, qonun talablariga rioya etmagan YATTlarga tegishli reklamalar va peshlavhalar bartaraf etildi.

🔧 Tuman hududidan o‘tuvchi Balandravot, Polvontepa, Qoradaryo, Zarqo‘rg‘on, Navbahor, Olmazor, Alijon va Uyshun mahallalarida qonunga zid tashqi axborot vositalari demontaj qilindi.

📌 Ushbu choralar davlat tilining nufuzini oshirish, vizual axborotlarni qonuniy talablarga muvofiq tarzda joylashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
📌 Geografik obyektlarga nom berishda aholi fikri inobatga olinadi

Viloyat ishchi guruhi Jomboy va Bulung‘ur tumanlarida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash jarayonini o‘rgandi. Jarayonda, mahalla va ko‘chalarning nomlanishi, raqamlash holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonun talablari yuzasidan mahalla faollari va aholi vakillariga tushunchalar berildi. Shuningdek, geografik obyektlarga nom berishda hudud aholisi fikri asosiy mezon bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Ulaning va ulashing:
🌐Veb-sayt |Facebook |
Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ishtixon tuman hokimligi
#Bugun

Ishtixon tumanida davlat tilida ish yuritish sohasini rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi qadam


✔️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga muvofiq, davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Samarqand viloyatida tashkil etilgan.

✍️Ushbu markaz davlat tashkilotlari xodimlarini davlat tilida ish yuritish sohasida o‘qitish va ularning malakasini oshirishga qaratilgan.

👨‍💼Mazkur yo‘nalishda Ishtixon tumani hokimligi ham faol ishtirok etib, xodimlarning ro‘yxatini shakllantirish ishlarini amalga oshirmoqda.


Bu tashabbus davlat tilining rivojlanishi va ish yuritishda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MILITSIYA UZB | Расмий канал
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Тўғрисини айтганда, гапларида жон бор. вазият яхшиланди - тартибсиз рекламалар олиб ташланди ва кўчаларда «визуальный шум» йўқолди. Ишласа, натижа бўларкан 👏🏽👇🏽

@Militsiya_Uzb👈🏽
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi o‘quv soati "Boshqaruvda rahbar ko‘nikmasi" mavzusida bo‘ldi

Samarkand.uz |Telegram|Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TIL MILLAT KOʻZGUSI

Tuman hokimining maslahatchisi

E.Murodullayev

👉@Urgut_Axborot

📝Facebook  💻Instagram
🎞Youtube    🌍 urgut.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Pastdarg‘om.uz
Joylarning nomlanish tarixini bilasizmi?

G‘O‘LBA / G‘O‘LVA
– Oqdaryo, Samarqand, Pastdarg‘om, Toyloq tumanlaridagi qishloq nomi. Qadimda sopoldan ishlangan, hozir temir-beton va sopoldan qilingan  quvurlarning xalq shevalaridagi nomi g‘o‘lva, g‘o‘lba, g‘ulba, g‘urba, g‘orba. Jar yoki o‘yiq joydan suvni ariq orqali  o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan joyda quvur o‘rnatilib o‘tkazilgan suv yo‘li.

G‘o‘lva – “quvur o‘rnatilib suv o‘tkazilgan joydagi qishloq”.


📝Manba: Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐 Bugun tug‘ilgan kun Nargiza Shodiyeva 💐

💐 19-iyul Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nargiza Shodiyeva tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Nargiza Shodiyevani viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Nargiza Shodiyevaga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Keyingi faoliyatida ulkan zafarlar yor bo'lsin.

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori