Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.85K photos
692 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#FutureDiplomats #YouthEmpowerment #ChangeTheWorld #Debate #LeadershipDevelopment #InternationalRelations

KELAJAK LIDERLARI UCHUN MUNOSIB TAJRIBA MANBAI

📆2023-yil 29-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida BMT Modeli - Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining simulyatsiyasi tashkil qilindi. Mehmon sifatida Aleksandra Nabiyeva O‘zbekistondagi Huawei tashkilotidan jamoatchilik bilan ishlash va aloqalar menedjeri ishtirok etdi. Tadbirni Pedagogik mahorat hamda Xalqaro baholash markazi rahbari Dilrabo Davidova ochib berdi. Shuningdek, maktab ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Fazliddin Ismailov so’zga chiqqib, tadbirning muhim tamoyillarini uqtirib o’tdi.

🇺🇳Mazkur tadbir BMT Modeli - Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining rekreatsiyasi bo‘lib, tadbir davomida o‘quvchilar Bosh Assambleya, Xavsizlik Kengashi kabi qo‘mitalarda turli xil mamlakat vakillari sifatida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. BMT modelining maqsadi o‘quvchilarga interaktiv va zavqli ta'lim tajribasi orqali nafaqat BMT haqidagi, balki global muammolarga oid tushunchalarini kengaytirishda ko‘maklashishdir. Bu o’quvchilarni global muammolarni hal qilishga jalb qilish hamda ularga yechim topishda xalqaro yondashuv bilan ijodiy fikrlashga undaydi.

🌍Tadbir davomida 5 ta asosiy qo’mita simulyatsiyasini o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ular: Bosh Assambeya, Xavfsizlik Kengashi, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash hamda Inson Huquqlari bo‘yicha Kengash. O’quvchilar ushbu besh yo’nalish bo’yicha dunyo hamjamiyati misolida o’rgangan mamlakatlari asosida fikrlab o’z xulosalarini davom ettirishadi.

🇺🇿Hammamizga ma’lumki, yaqinda AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning “ECOSOC” Yoshlar forumida O‘zbekiston Respublikasi yoshlari delegatsiyasi ham munosib ishtirok etdi. Bunday tadbirlar ana shunday forumlarda ishtirok etadigan lider avlodlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
-
ДОСТОЙНЫЙ ИСТОЧНИК ОПЫТА ДЛЯ БУДУЩИХ ЛИДЕРОВ

📆29 апреля в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми было организовано мероприятия о деятельности Организации Объединенных Наций. В качестве гостя приняла участие Александра Набиева, менеджер по связям с общественностью организации Huawei в Узбекистане. Мероприятие открыла Дилрабо Давидова, руководитель Центра педагогического мастерства и международного оценивания. Также выступил заместитель директора школы по духовно-просветительской работе Фазлиддин Исмоилов, разъяснивший важные принципы мероприятия.

🇺🇳Это мероприятие представляет собой воссоздание модели ООН - деятельности Организации Объединенных Наций. Во время мероприятия у участников будет возможность участвовать в качестве представителей разных стран в таких комитетах, как Генеральная Ассамблея и Совет Безопасности. Цель «Модели ООН» — помочь учащимся расширить своё понимание не только про ООН, но и глобальных проблем посредством интерактивного обучения. Он побуждает студентов участвовать в решении глобальных проблем и творчески мыслить с международным подходом к поиску их решений.

🌍Во время мероприятия запланировано 5 симуляций главного комитета, это: Генеральная Ассамблея, Совет Безопасности, Всемирная организация здравоохранения, Экономический и Социальный Совет и Совет по правам человека. Учащиеся должны объяснить свои мнения на примере изученных ими стран мирового сообщества по этим пяти направлениям.

🇺🇿Как известно, делегация молодёжи Республики Узбекистан приняла участие в Молодежном форуме ООН "ECOSOC", состоявшемся недавно в Нью-Йорке, США. Такие мероприятия важны для воспитания будущего поколения лидеров.

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BUXORO BO'YLAB SAYOHAT
Bironta musulmon davlati yo'qki, Bunday XAZINASI bor...🇺🇿
Ruhoniy kuch ,ilohiy qadriyatlarimiz borligini, Mana shunday buyuk Avliyo bobolarimiz bir paytlar tinchlik, ilm ma'rifat olib kelganini xalqimiz tan olishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev

Buxoroyi Sharif Sharqning har qanday ma'noda o'ziga xos ilm-ma'rifat o'chog'i bo'lgan va hozirgacha shunday bo'lib qolmoqda.

📆29-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-04-sinf o'quvchilari ustozlari bilan qadimiy va tarixiy-me'moriy obidalarga boy, Sharq-u G'arbda "ochiq osmon ostidagi muzey, shavkatli tarixning jilvakor ko'zgusi" nomini olgan go'zal shaharlardan biri Buxoroda bo'lishdi.

🕌Sayohat davomida o'quvchilar Sharqning durdonasi sanalmish azim shaharning betakror tarixiy obidalarini ziyorat qilishdi. Ular Bahouddin Naqshband majmuasi hamda Xo'ja Sayid Amir Kulol Buxoriy yodgorlik majmuasi bilan yaqindan tanishdilar. Hayoti davomida "buyuk" degan ma'noni anglatuvchi "Kalon" nomini olgan , yuzdan ortiq izdoshlariga ega bo'lgan ulug' ustoz Sayid Amir Kulol sharfiga qurilgan bu majmuada yoshlar ushbu ajoyib insonning hayoti va faoliyati bilan bog'liq qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

‼️Kelajak davomchilari bo'lgan yoshlarimiz tarixi boy buyuk O'zbekiston farzandi hamda dunyoga mashhur ajdodlarning vorisi ekanligidan faxrlangan holda sayohatdan katta taassurotlar bilan qaytishdi.
-
ЭКСКУРСИЯ В БУХАРУ

Ни в одной мусульманской стране нет такого СОКРОВИЩА...🇺🇿
Наш народ должен признать нашу духовную силу и ценности, почувствовать гордость за прадедов, когда-то принёсших мир и просвещение.
Шавкат Мирзиёев

Бухараи-Шариф был во всех смыслах особым центром знаний Востока и остаётся им.

📆29 апреля учащиеся 9-04 класса специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми со своими учителями посетил один из красивых городов мира - Бухару, город с богатой древними и историко-архитектурными памятниками, ведь не зря назвали эти места на Востоке и Западе «музей под открытым небом, очаровательное зеркало богатой истории».

🕌В ходе поездки учащиеся посетили уникальные исторические памятники жемчужины Востока. Они познакомились с мемориальным комплексами Бахоуддин Накшбанд и Хожа Саид Амир Кулол Бухари. В этом комплексе, построенном в честь великого мастера Саид Амир Кулола, получившего при жизни имя «Калон» что означает «великий», и имевшего более сотни последователей, школьники получили интересную информацию о жизни и деятельностью этого человека.

‼️Наши учащиеся, наследники будущего, вернулись из поездки с большими впечатлениями, с гордостью за богатую историю и предков великого Узбекистана.

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«MONEDAN KANDINSKIYGACHA» MULTIMEDIA KO‘RGAZMASI

🧬Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tarbiyachi ustozlar bilan hamkorlikda Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz»da tashkil etilgan «Monedan Kandinskiygacha. San’atdagi inqilob» multimedia ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi. O‘quvchilar u yerda to‘qqiz nafar modernizm rassomlarining asarlarini tomosha qilishdi.

🪖Modernizmning 9 nafar namoyandalari — Klod Mone, Jorj Syora, Vinsent van Gog, Edvard Munk, Pol Sezann, Xuan Gris, Rober Delone, Paul Kleye va Vasiliy Kandinskiyning asarlari o‘quvchilarda juda katta qiziqish uyg‘otishiga sabab u yerdagi yuqori tiniqlikdagi tasvirlar, harakatlanuvchi surat va mumtoz musiqaning uyg‘unligi hamdir. Bu esa ko‘p axborot tarmoqli shakl modernistlarining rangtasvir va musiqani mujassam etgan orzusini ro‘yobga chiqara olgan.

❗️2023-yilning 1-martidan 1-iyuniga qadar bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan ushbu ko‘rgazmada XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi impressionizm, puantalizm, postimpressionizm, kubizm va ekspressionizm kabi eng e’tiborga molik badiiy oqimlar taqdim etilmoqda.

-
МУЛЬТИМЕДИЙНАЯ ВЫСТАВКА "ОТ МОНЕ ДО КАНДИНСКОГО"

🧬Учащиеся специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми совместно с педагогами посетили выставку «От Моне до Кандинского. Революция в искусстве» в Узэкспоцентра Ташкента. Здесь школьники увидели работы девяти художников-модернистов.

🪖Произведения 9 представителей модернизма - Клода Моне, Жоржа Сёра, Винсента Ван Гога, Эдварда Мунка, Поля Сезанна, Хуана Гриса, Роберта Делоне, Поля Клее и Василия Кандинского вызывают большой интерес у посетителей в сочетании с работами и классической музыкой. Это воплотило в жизнь мечту модернистов в мульти информационной форме, сочетающей живопись и музыку.

❗️Выставка, которая пройдет с 1 марта по 1 июня 2023 года, представляет наиболее знаменитые художественные течения конца 19 - начала 20 веков, такие как импрессионизм, пуантилизм, постимпрессионизм, кубизм и экспрессионизм.

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#audit #daraxtlar #soni #eco #union

ATROF MUHIT YAXSHILANISHI

🌳Muhammad al-Xorazmiy maktabi Eco-Union jamoasi maktab hududida o'tkazgan Barqarorlik Auditi doirasida choraklik daraxtlar sonini 2020-2021 o'quv yilining yanvar oyidan boshlab 2022-2023 o'quv yilining aprel oyigacha o'rganib chiqdi. Jamoa keltirgan natijalar yuqoridagi infografikada aks etgan.📊🔍

ОЗЕЛЕНЕНИЕ ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ

🌳Команда Eco-Union школы Мухаммада ал-Хоразми изучила ежечетвертное количество деревьев с января 2020-2021 учебного года по апрель 2022-2023 учебного года в рамках аудита устойчивого развития, проведенного на территории школы. Результаты Аудита показаны на инфографике выше.📊🔍

Telegram |🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM