Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.84K photos
692 videos
138 files
3K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#viktorina #tarix #bilimdoni #milliy #iftixor #buyuk #sohibqiron #Amir #Temur #kitobxonlik #5muhimtashabbus

📢VIKTORINA G'OLIBLARI ANIQLANDI!

🥳Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab e-class platformasida 9-aprel - buyuk bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan o'quvchilar uchun “Jahon tamaddunida Sohibqiron Renessansi “ ruknida Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid viktorina savollari e’lon qilinganidan xabaringiz bor.

Viktorina g'oliblarini qarshi oling:

🥇- Temur Nurimov (8-sinf);
🥈- Shohruh Abduqahhorov (9-sinf);
🥉- Javohir Tohirjonov (8-sinf);

🎁Tanlov g'oliblarini tabriklaymiz!



📢 ПОБЕДИТЕЛИ ОПРЕДЕЛЕНЫ!

🥳На платформе e-class специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми, в связи с 686-летием со дня рождения нашего великого предка Сахибкирана, была объявлена викторина о жизни и наследии Амира Темура под идеологией "Ренессанс Сахибкирана в мировой цивилизации".

Встречайте победителей викторины:

🥇- Нуримов Темур, ученик 8го класса;
🥈- Абдукаххоров Шохрух, ученик 9го класса;
🥉- Тохиржонов Жавохир, ученик 8го класса;

🎁 Поздравляем победителей!


Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Kitobxonlik #Xudoyberdi #Toʻxtaboyev #Mungli #koʻzlar

Ota-onaga farzandining baxtidan bo‘lak ne’mat kerak emas. Xuddi shuningdek, farzand ham eng ‎baxtiyor damlarida ota-ona yonida bo‘lgisi, baxtini ular bilan birga baxam ko‘rgisi keladi. Ota-‎ona diydori, ota-ona mehrini ular har narsadan aziz biladilar. ‎

📚Qimmatli kitobxon! Sevimli adibimiz Xudoyberdi To‘xtaboyevning siz, aziz kitobsevar ‎do‘stlarimiz uchun taqdim etilayotgan "Mungli ko'zlar" kitobida ana shu mavzu qalamga olingan. ‎Asarning yozilganiga oradan ancha fursat o‘tgan bo‘lishiga qaramay, u badiiy qimmatini hamon ‎yoqotmagan, aksincha, har bir kitobxon ushbu asarni har gal qo‘liga o‘zgacha mehr va iztirob ila ‎oladi. ‎

Mol dunyoni har narsadan ustun bilgan va oxir oqibatda guldak farzandlarining achchiq ‎qismatiga sabab bo‘lgan ota-ona haqida hikoya qiluvchi mazkur asar umid qilamizki, yana bir ‎karra o‘zining yangi o‘quvchilarini kashf etadi. ‎



Родителям не нужно ничего, кроме счастья своих детей. Точно так же ребёнок хочет всегда быть со своими родителями, делиться с ними своим счастьем. Больше всего на свете дети ценят родительскую любовь.

📚Уважаемый читатель! Книга нашего любимого писателя Худойберди Тохтабоева "Грустные глаза" для наших дорогих друзей книголюбов, где отображена тема детей и родителей. Хотя со времени написания произведения прошло много времени, оно не утратило своей художественной ценности, наоборот, каждый читатель воспринимает это произведение с особой любовью и болью.

Мы надеемся, что эта книга, рассказывающая историю семьи и родителей, ставших причиной горькой участи своих детей, станет одной из любимых произведений для читателей.‌‌

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#kitobxonlik #besh #bolali #yigitcha #Xudoyberdi #Toʻxtaboyev

📚X.To'xtaboyevning "Besh bolali yigitcha " asari og'ir urush yillari...Yosh-u qari barcha urushning tashvishi bilan yashaydi. Ular orasida biroz quv, sho'x-shaddod, biroz latifago'y, ammo juda ham sodda va samimiy Orifjon ismli yigit ham bor edi. O'zbekiston xalq yozuvchisi X.To'xtaboyevning "Besh bolali yigitcha " asarida Orifjonning qiziqarli, ammo juda mashaqqatli hayot yo'li tasvirlanadi. Bu asarni o'qir ekansiz gohida beixtiyor jilmayasiz, gohida qah-qah otib kulasiz, gohida og'ir urush yillarida tinimsiz mehnat qilgan vatanparvar insonlarning buyuk ishlariga tasannolar aytasiz. Barchangizga ushbu romanni o'qishni tavsiya qilamiz.



📚Произведение Х. Тохтабоева "Юноша с пятью детьми" Годы войны… От мала до велика живут заботами войны. Среди них был молодой человек по имени Орифжон, немного озорной, немного шутливый, но очень простой и искренний. Народный писатель Узбекистана Х.Тухтабоев "Юноша с пятью детьми" описывает интересную, но очень непростую жизнь Орифжона. Читая это произведение, иногда невольно улыбаешься, иногда громко смеёшься, а иногда восхваляешь великие дела патриотического народа, неустанно трудившегося в трудные военные годы. Всем рекомендуем прочитать этот роман.‌‌

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#kitobxonlik #otamdan #qalgan #dalalar #Murod #Togʻay

📖"Otamdan qolgan dalalar". Tog'ay Murod ushbu asarini: "Ozod O'zbekiston uchun bitdim... Ko'nglimda nimaiki dardim bor - barini ushbu romanimda to'kib soldim", - deydi. Haqiqatdan ham shunday. Bu asarda uch avlod taqdiri haqida so'z borar ekan o'zbek xalqining mustabid tuzum davrida boshidan kechirgan mislsiz xo'rliklar-u aytib ado bo'lmas qiynoqlari oshkora, keskin fosh etilganligiga guvoh bo'lamiz. Muallif o'z romanida sobiq sho'rolar davrida yashab, umri dalada ketmon chopib, serquyosh yurtda yelkasi oftob ko'rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis o'zbek xalqi siymosini Dehqonqul timsolida badiiy talqin etadi. "Otamdan qolgan dalalar" romanini mutolaa qilar ekansiz, bu romanning chindan ham yozuvchi o'zi e'tirof etgandek "O'zbek xalqiga qo'yilgan haykal" ekanligiga amin bo'lasiz.

〰️〰️〰️

📖"Поля, оставленные моим отцом". Тогай Мурод об этом произведении сказал: "Я написал это для свободного Узбекистана… что у меня было в сердце - всё описано в этом романе". В самом деле, рассказывая в этом произведении судьбу трёх поколений, мы становимся свидетелями того, что беспрецедентные унижения и неописуемые пытки узбекского народа в годы диктатуры были открыто рассказаны в романе. В своём романе автор изображает образ узбекского народа в советское время. Прочитав роман "Поля, оставленные моим отцом", можно убедиться, что это произведение действительно является "памятником узбекскому народу".

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#kitobxonlik #halqa #Akrom #Malik

Navoiyshunos olim, shoir va yozuvchi Akrom Malikning “Halqa” qissasi

📖Qissasidagi voqealar oxirgi yuz yillikda boʼlib oʼtadi. Qahramonlar qismati sizni goh Malayziya, goh Hind ummoni, goh Hind oʼlkasi, Аfgʼon sahrolari, qadim Turkiston zamini, Bolqon yarimoroli va Uygʼur diyorlariga yetaklaydi.

🌙Butun dunyodagi musulmonlar uchun og'riqli gaplar, voqealar va nuqsonlar hech bir ko'ngli ochiq musulmonning dilini og'ritmasdan qo'ymaydi. Ayniqsa, Abdulloh Yorginning iymoni, e'tiqodi har bir mo'minga xos bo'lgan kuchli irodaga ega. U ayovsiz kaltaklandi, tig' bilan to'la, har qadamida joniga azob beruvchi kameraga tashlandi, bu qiyinchiliklar uning iymonini yanaqa sayqalladi, Olloh bilan o'rtasidagi masofa qisqarib bordi. Bu orqali bir iymonli insonning hayot mashaqqatlarini yengib g’olib bo’lishi, matonatning yuksak mukofoti ekanligini bilib olish mumkun.

Bu asar iymon va kufr, moʼmin va shayton orasidagi kurash, zolimning halokati, mazlumning saodati haqida hioya qiladi.

Hurmatli kitobxon, bu asarni o'qishni Sizga tavsiya qilamiz va qissasidan bugungi kuni uchun ibrat ola bilishingizdan umidvormiz.

〰️〰️〰️

Рассказ "Кольцо" поэта и писателя Акрома Малика.

📖События рассказа происходят в последнем столетии. Судьба героев занесёт вас то в Малайзию, то в Индийский океан, то-ли в Индийский континент, и в афганские пустыни, и в земли древнего Туркестана, Балкан и Уйгуров.

🌙Для мусульман всего мира болезненные слова, события и недостатки не оставят без сердечной боли ни одного с открытым сердцем. В частности, вера Абдуллох Йоргина обладает сильной волей, уникальной для каждого верующего. Его жестоко избили, бросили в заключение, мучили на каждом шагу, эти невзгоды шлифовали его веру, а расстояние между ним и Аллахом сокращалось. Таким образом можно узнать, что победа верующего над жизненными невзгодами есть высшая награда стойкости.

В нём рассказывается история веры и неверия, борьбы между верующим и дьяволом, уничтожения угнетателя и счастья угнетённых.

Дорогой читатель, мы рекомендуем вам прочитать это произведение и надеемся, что вы сможете извлечь уроки из истории главного героя.‌‌

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#5tashabbus #kitobxonlik #tashviqot

📖Qush uyasida ko'rganini qiladi. Siz bolangizga: "Kitob o'qi!" deb do'q urmang. O'zingiz o'qing, shunda ular sizga taqlid qiladi.

📚"Kosmonavtlar" metro bekati yaqinidagi bog'da Ichki ishlar organlarining kitobxon oilasi tasvirlangan haykal o'rnatildi. Ota qo'lidagi kitobda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Zulfiya Mo'minovaning "Bolaga kitob bering" sh'eri yozilgan. Borib ko'ring.

Fozil Farhod, Muhammad al-Xorazmiy maktabining Ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchisi



📖Птица делает то, что видит в своем гнезде. Не заставляйте ребёнка читать книгу, сами не делая этого. Читайте сами, и они будут брать с вас пример.

📚В сквере возле станции метро «Космонавты» от имени Органов внутренних дел установлен памятник в образе семьи книголюбов. В книге написаны строки из стихотворения Зульфии Моминовой о важности проявления любви к чтению среди молодёжи. Советуем вам посетить это место.

Фозил Фарход, лидер клуба творческого и культурного продвижения школы Мухаммада ал-Хоразми.‌‌

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#kitobxonlik #birgalikda #oʻqiymiz

📣📣E’LON

Hurmatli ustozlar va sinf rahbarlari!

📕Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Birgalikda o‘qiymiz” adabiy-ma’rifiy tanlovini tashkil qildik.

🍁Oktyabr oyidan boshlab har bir oyning so’nggi juma kunida berilgan kitoblar borasida belguilangan sinflar o’zaro bahslashadilar.

❗️E’tibor bering va belgilangan sanada guruhingiz bilan madaniy-ma’rifiy tanlovda faol ishtirok eting!

📌Tanlovda ishtirok etadigan sinflar va tanlov o’tkaziladigan sanalar e’lon qilinadi!



📣📣ОБЪЯВЛЕНИЕ

Уважаемые учителя и классные руководители!

📕В рамках Пяти Инициатив, выдвинутых Президентом, мы организовали литературно-просветительский конкурс "Будем читать вместе" в целях повышения читательской культуры школьников.

🍁Начиная с октября, в последнюю пятницу каждого месяца назначенные классы будут обсуждать между собой просчитанные книги.

❗️Проявите ответственность и активно участвуйте в культурно-познавательном конкурсе со своей группой в указанную дату!

📌Классы, участвующие в конкурсе, и даты проведения конкурса будут объявлены дополнительно!‌‌

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#kitobxonlik #birgalikda #oʻqiymiz

KITOB KAMOLOTGA CHORLAYDI!

📚Xabaringiz bor, Muhammad al-Xoprazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus” doirasida o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Birgalikda o‘qiymiz” adabiy-ma’rifiy tanlovi e’lon qilingan edi.

📢Ushbu tanlovning ilk navbati 5-sinflar o‘rtasida 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda 5-sinf o‘quvchilari “Men bilgan 10 asar” loyihasi bo‘yicha uch shart asosida kitobxonliklarini namoyish etadi.

🤩Barcha ustoz-pedagoglarni kitobxonlik bellashuviga chorlaymiz!
Keling, ko‘ring, baho bering!

▫️▫️▫️

КНИГА ПУТЬ К СОВЕРШЕНСТВОМ!

📚Как известно, в специализированной школе имени Мухаммада аль-Хоразми в рамках «Пяти важных инициатив», выдвинутых Президентом, в целях совершенствования навыков чтения объявлен литературно-познавательный конкурс «Будем читать вместе».

📢Первый тур этого конкурса пройдет 19 ноября среди пятиклассников. В нем учащиеся 5-х классов продемонстрируют навыки чтения на основе проекта «10 произведений, которые я знаю» по трем условиям.

🤩Приглашаем всех учителей-педагогов на конкурс чтецов!
Приходите, смотрите, оценивайте!

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#radio #kitobxonlik

KITOBXONLIK BOLALIKDAN BOSHLANADI

📢Maktabimizning “Kelajak ovozi” radioeshittirishi bugungi dasturida yana inson uchun har doim qadrli bo’lib kelgan kitob va uning inson hayotidagi o’rni haqida ma’lumot berdi. “O’qishdan to’xtagan odam fikrlashdan ham to’xtaydi” degan edi donishmandlardan biri.

📖Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, badiiy asar o’qigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuyg’ularini yaxshi tushunar ekan. Emori universiteti olimlari kitob o’qigan odam insonning aqliy salohiyati bir necha oy davomida yuqori holatda bo’lishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob o’qish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini ta’kidlashmoqda.

-

ЧТЕНИЕ ФОРМИРУЕТСЯ С ДЕТСТВА

📢В сегодняшней программе радиопередачи нашей школы «Голос будущего» была дана информация о пользе чтения, которое всегда было ценно для человека, и его месте в жизни человека.
Один из мудрецов сказал: «Человек, который перестает учиться, перестает думать».

📖Согласно исследованиям, человек, прочитавший произведение искусства, лучше понимает чувства других людей в жизни. Ученые Университета Эмори доказали, что человек, читающий книгу, на несколько месяцев будет обладать более высокими умственными способностями. Авторы исследования отмечают, что чтение книги увеличивает количество нервных волокон в головном мозге.‌‌

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#kitobxonlik

KITOBNI SEVING

📚Xabaringiz bor, Muhammad al-Xoprazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oquvchilari ortasida “Birgalikda o‘qiymiz” adabiy-ma’rifiy tanlovi e’lon qilingan edi.

📝Ushbu tanlovning ikkinchi bosqichi navbati 6-sinflar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda 6-sinf o‘quvchilari “Men bilgan 10 asar” loyihasi bo‘yicha uch shart asosida kitobxonliklarini namoyish etishdi. “Asar haqida taqdimot”, “Savol-javob”, “Sahna namoyishi” bo’yicha oquvchilar bellashib, o'z bilimlarini va sahnada aktyorlik mahoratlarini ko'rsatishdi.

🥇-orin 6-03 va 6-05 sinf o'quvchilari;
🥈-orin 6-06 sinf o'quvchilari;
🥉-orinni 6-01 sinf o'quvchilari qolga kiritishdi.

❗️📝Aziz oquvchim! O’qing, tafakkur qiling va donolar xazinasi bolmish kitobga oshno bo’ling! Kitobxonlik estafetasini 7-sinflar davom ettiradi.

🔵🔵🔵

ЛЮБИТЕ КНИГУ

📚Как известно, среди учащихся специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми объявлен литературно-просветительский конкурс «Мы будем учиться вместе».

📝Второй тур этого конкурса прошёл среди шестиклассников. В нем учащиеся 6-х классов продемонстрировали навыки чтения по трём условиям в рамках проекта «10 произведений, которые я знаю». Ученики соревновались в «Презентации о работе», «Вопрос-ответ», «Сценическое шоу» и показали свои знания и актерское мастерство.

🥇 место 6-03 и 6-05 классы
🥈 место 6-06 класс
🥉 место 6-01 класс.

❗️Читайте, думайте и любите книгу, ведь она клад мудрости! Данный конкурс чтения будет продолжен среди учащихся 7 классов.‌‌

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM