Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.77K photos
687 videos
138 files
2.99K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI TOMON


Xabaringiz bor, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Xalqaro IB dasturini joriy etish bo‘yicha bir qancha bosqichlardan o‘tildi.

🗓Bugun 14-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB xalqaro dasturi ko‘nikmalarini o‘zlashtirish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab fan liderlari bilan birga Mirzo Ulug‘bek maktabi o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.

🔖Seminar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning IB koordinatori Umida Sabirova tomonidan “IB asosidagi o‘rta yosh dasturini joriy etishda qo‘shimcha resurslar va manbalardan foydalanish” mavzusida olib borildi.

Ma’lumotlar har bir fan kesimida, haqqoniy misollar yordamida tushuntirildi. Taqdimot tarzida berilgan ma’lumotlardan keyin o‘qituvchilar (guruhlarda) o‘rtasida musobaqa tashkil etildi. Berilgan ma’lumotlarni tez va to‘g‘ri tushungan guruhlar rag‘batlantirildi. ⬇️

💻Shuningdek, seminarda IB bo‘yicha topshiriqlarni yaratishda Sun’iy intellekdan oqilona foydalanish bo‘yicha ham yo‘riqnoma o‘tkazildi. Bugungi davr talabi bo‘lgan Sun’iy intellektlardan samarali foydalanish nafaqat o‘qituvchining ishini yengillashtiradi balki, moslashtirilgan o'quv materiallari va mashqlarini taklif qilishi mumkin. Sun'iy intellekt o'yinlar, simulyatsiyalar va boshqa interaktiv vositalar yordamida o'rganishni yanada qiziqarli va samarali qilishi mumkin. Bu esa o'quvchilarning motivatsiyasini oshiradi va ularning bilim olishga bo'lgan qiziqishini kuchaytiradi.

Seminar so‘ngida ishtirokchilar ushbu tadbirga ijobiy munosabat bildirdilar va kelgusidagi treningni qanday mavzuda tashkil etilish haqida taklif berdilar.💡
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TOP
#ingliz #tili

📣Ingliz tilini manfaatli o‘rganish istagida bo‘lgan barcha o‘rganuvchilar diqqatiga!

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar! Ingliz tilini o‘rganish tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan hozirgi kunda siz bilan o‘rganishni oson, samarali va qiziqarli qilish maqsadida o‘z tajribalarimiz bilan bo‘lishishga qaror qildik. Nafaqat mustaqil o‘qib o‘rganish istagida bo‘lgan o‘rganuvchilar uchun, shuningdek, anchadan beri o‘rganishni niyat qilib, vaqt topa olmayotgan band insonlar uchun ham quyida beriladigan manbalar qo‘l keladi.

⚠️Endilikda bu manbalar yordamida ixtiyoriy vaqt va makonda ingliz tilining barcha ko‘nikmalarini rivojlantirishingiz mumkin.

📎A 1 va A 2 daraja uchun mos keladigan sayt va platformalar:
O‘qish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun:
https://easystoriesinenglish.com
https://kids.nationalgeographic.com
https://learnenglishkids.britishcouncil.org
https://www.newsinlevels.com (bir matnni turli darajalarga moslab olish uchun o‘qituvchilarga ham qo‘l keladi)

🖥 Elektron o‌‌‌‎‘yinlar orqali ingliz tilidan bilimlarni boyitish uchun:
https://www.baamboozle.com
https://jeopardylabs.com
https://www.blooket.com
https://wordwall.net

Ingliz tilidan eshitish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun sayt va platformalar:
https://ed.ted.com (videolar orqali nafaqat ingliz tili balki umumiy IQ ni oshiruvchi bilimlarga boy videolar uchun sayt)
https://www.ted.com/talks (B1 + darajaga mos keladigan videolar)
https://www.bbc.co.uk/learningenglish/english/features/6-minute-english

💡IELTS test sistemasidan bilim va ko‘nikmalarni boyitish uchun:
https://ieltsliz.com/
https://www.examword.com/ielts-practice/speaking-exam-question

❗️Foydalaning, ingliz tilining sehrli va qiziqarli olamidan bahramand bo‘ling! Ingliz tilini o‘rganishdagi muvaffaqiyatlar sizni kutmoqda!

Tayyorladi: ingliz tili o‘qituvchisi Boybusinova Shirin.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
An’anaga ko‘ra, yil yakunida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida yurtimizning navqiron va bilimdon o‘g‘il-qizlari bilan uchrashdim.

2023/24-o‘quv yilida bu yoshlar – maktablarimiz o‘quvchilari nufuzli olimpiadalarda ajoyib natijalarga erishdi – 128 ta medal, jumladan, 15 ta oltin, 36 ta kumush va 77 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi! Ularning ko‘pchiligi asosan kimyo, matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha ustunlik qilib, e’tirofga sazovor bo‘lishdi. Bu O‘zbekiston tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘lib, bundan barchamiz cheksiz faxrlanamiz.

Yosh qahramonlarimizni chin qalbimdan tabriklayman, bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash uchun esa ustozlar hamda ota-onalarga minnatdorlik izhor etaman. Bu muvaffaqiyat g‘alabalarga to‘la katta yo‘lning boshlanishi bo‘lsin. O‘zbekiston kelajagi yoshlar qo‘lida!


По сложившейся традиции в конце года я встретилась в Администрации Президента Узбекистана с юными умниками и умницами страны.

В 2023/24 учебном году наши ребята достигли невероятных результатов на престижных олимпиадах, завоевав 128 медалей, включая 15 золотых, 36 серебряных и 77 бронзовых!
Многие из них были лучшими по химии, математике, физике и информатике. Это рекордный показатель в истории Узбекистана, которым мы все гордимся.

Сердечно поздравляю наших героев и благодарю учителей и родителей за их вклад, веру и поддержку. Пусть этот успех станет лишь началом большого пути. За молодёжью —   будущее Узбекистана!
#CHSB

II CHORAK CHSB NAZORATLARI

⚠️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining II chorak yakuni bo'yicha ixtisoslik fanlardan tashkil etiladigan CHSB nazoratlari 5-11- sinflar uchun 23-24 dekabr kunlari matematika, fizika hamda ingliz tili fanlaridan o'tkaziladi.

🗓23-dekabr:
5-6-sinflar 9:00dan 11:30ga qadar birinchi navbatda;
7-8-sinflar 11:30dan 14:00ga qadar ikkinchi navbatda;

🗓24-dekabr:
11-sinflar 9:00dan 11:30ga qadar birinchi navbatda; 9-10-sinflar 11:30dan 14:00ga qadar ikkinchi navbatda online tarzda test.appro.uz platformasi orqali tashkil etiladi.

🖥🔗Informatika fanidan CHSB nazorati esa 23- dekabrda 9-sinflar uchun 24-dekabr kuni 5-6-sinflar hamda 25-dekabr kuni 7-8-sinflar uchun darsdan so'ng 14:30da boshlanadi.

Barcha o'quvchilarimizga CHSB nazoratida omad tilab qolamiz❗️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❄️💻 “Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Qishki mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tishni boshladik!

Yangi yilni biz bilan texnologiyalar olamida boshlang! Loyiha 2025-yil, 3-yanvardan 7-yanvarga qadar onlayn va oflayn formatda bo'lib o'tadi.

🔵 Onlayn yo'nalishlar:
•Python
•.Net
•React
•SMM
•AI
•DevOps
•Mobile Flutter

🔴 Oflayn yo'nalishlar:
Robototexnika
CyberSport (Dota 2)
Digital Art
Dasturlash (nocode)
3D modellashtirish
AI (GPT)

📝Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz


Shoshiling! Qiziqarli darslar, zamonaviy texnologiyalar va o‘zgacha tajribalarni qo‘ldan boy bermang! 🙌

___

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB #imtihon #yakuniy_nazorat
#online #test #ethernet #time #computer #IT #school
#birinchi #navbat

NAZORAT IMTIHONLARINING BIRINCHI NAVBATIDAN FOTOLAVHALAR

📆CHSB(Chorak bo‘yicha summativ baholash) agentlik tasarrufidagi barcha maktablar qatori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham o‘tkazilyapti.

O'quvchilar CHSB imtihonlarini ikki navbatda, belgilangan jadval va nazoratchi o'qituvchilar hamrohligida ixtisoslik fanlaridan online, kompyuterda test sinovlarini topshirishadi. 🔗

💻 Imtihon o‘quvchilar bilim darajasini xolisona baholashda muhim ahamiyat kasb etib, ular uchun yangi texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasini ham oshirish, jumladan, vaqtni samarali boshqarishni o‘rgatadi.
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM