Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.77K photos
687 videos
138 files
2.99K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
🎓 Maktabimiz kelajagini qurishga tayyormisiz?
Sardorlik qobiliyatlaringizni ko‘rsatish vaqti keldi! Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yangi partiyalar ochilishini rasman ochiq deb e’lon qilamiz!

🏆Siz o‘z partiyangizni ochib, “IT-School Presidency” jamoasiga qo‘shilib, maktab prezidenti jamoasi bilan birgalikda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Dekabr oyida rejalashtirilgan maktab prezidenti sayloviga qadar o‘zingizning qobiliyatlaringizni ko‘rsatishingiz mumkin bo‘ladi.

‼️ Eng muhimi, keyingi maktab prezidentligiga saylov yangi ochilgan partiyalar o‘rtasida o‘tkaziladi.

📌O‘z partiyangizni ochmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi havola orqali to‘liq talablarni ko‘rib chiqib, ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Agar partiyalar haqida savolingiz bo‘lsa, maktabimizning 214-xonasiga (VR) kelishingiz yoki @ispresidencybot ga yozishingiz mumkin.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#grafika
#psixologiya
#ranglar
#dizayn

🎨 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-05-sinf oʻquvchilari bilan maktab psixologi Sh.Sultanova va grafik dizayn fan o'qituvchisi N.Salimova bilan "Grafik dizaynda ranglar va shakllar psixologiyasi" mavzusida hamkorlik psixologik dars mashg'uloti tashkil qilindi. Ushbu darsda o‘quvchilarga:

🖼Ranglar va shakllar psixologiyasi ularni inson ruhiyatiga ta'siri, rang va shakllar- inson xarakterini belgilaydi kabi savollarga ma'lumotlar berish orqali dars mavzusi tushuntirildi. O'quvchilar darsda ko'plab yangi ma‘lumotlarga ega bo'lishdi.
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IOI_2024

⚡️36-Xalqaro Informatika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida
tantanali tarzda kutib olindi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda tizimdagi ta'lim muassasalari mas'ullari ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.

Eslatib oʻtamiz, Misrda 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida oʻtkazilgan 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2024) da Oʻzbekiston terma jamoasi sovrinli oʻrinni egalladi.

Xususan, Agentligimiz tizimidagi Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabasi Mardon Hazratov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston terma jamoasining yana bir aʼzosi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Asilbek Sunnatov o‘zining ajoyib bilimlarini namoyish etib, "honorable mention" (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor boʻldi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Kelajak Bunyodkorlari
📢 Tadbir e’loni: Al-Xorazmiy maktabida UZ IT Community bilan tanishuv! 🚀

Hurmatli al-Xorazmiy o‘quvchilari,
Sizni IT olamining cheksiz imkoniyatlariga sho‘ng‘ishga ilhomlantiradigan “UZ IT Community bilan tanishuv” tadbiri e’lon qilinadi! Ushbu tadbir texnologiya sohasiga qiziquvchan yoshlarni yangi imkoniyatlar bilan tanishtirish uchun tashkil etiladi.

🗓 Sana: 25 - Sentabr
🕑 Vaqt: 14:00
📍 Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

🎤 Asosiy spiker: UZ IT Communityning yetakchi vakili Shavkat Karimovni asosiy spiker sifatida taklif qilinadi. U O‘zbekiston IT sohasining hozirgi holati va yoshlar qanday qilib global ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

‼️Maxsus mehmon spiker – TANLOV SIZGA BOG‘LIQ! Bundan tashqari, biz quyidagi mavzulardan birida mutaxassis bo‘lgan mehmon spikerni taklif qilamiz:

1️⃣ Veb dizayn;
2️⃣ O'yinlarni dasturlash; (GameDev)
3️⃣ Mobil ilovalar yaratish;
4️⃣ IT sohasida muvaffaqiyatli karyera;
5️⃣ Kiberxavfsizlik;
6️⃣ O‘rganishni o‘rganish; (Effektiv o'rganish usullari)

Lekin eng qiziqarli jihati shundaki: Qaysi yo‘nalishda ma’ruza bo‘lishini SIZ hal qilasiz! Biz sizni qiziqtirgan mavzu bo‘yicha ovoz berishingiz mumkin bo‘lgan so‘rovnoma o‘tkazamiz. Eng ko‘p ovoz to‘plagan yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis tadbirimizda mehmon spiker sifatida ishtirok etadi va bu yo‘nalishda o‘z bilim va tajribasini siz bilan bo‘lishadi.

🔖 So‘rovnomada ishtirok etish:
Yuqoridagi so‘rovnomada sizni qiziqtirgan mavzuga ovoz berishni unutmang. Tanlovingiz tadbirning qiziqarli va foydali bo‘lishiga ta’sir qiladi!

Sanoat yetakchilari bilan bevosita suhbatlashish va IT sohasidagi qiziqishlaringizni chuqurlashtirish uchun ajoyib imkoniyat. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Keling, Al-Xorazmiy maktabida IT hamjamiyatini birgalikda rivojlantiraylik! 💻💡

Batafsil ma’lumotlar uchun rasmiy sahifamizni kuzatib boring va yangiliklardan xabardor bo‘ling.

#AlXorazmiyMaktabi #UZITCommunity #ShavkatKarimov #ITCareer #Cybersecurity #GameDev #WebDesign #MobileProgramming #StudytoStudy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matematika
#olimpiada
#math

📣DIQQAT❗️ E’LON❗️📣

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5-6-7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 16-17- sentyabr 🗓 kunlari matematika fanidan maktab olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Olimpiada 2 turdan iborat yozma ish shaklida (har bir turda beshtadan masala, har bir masala uchun 10 balldan jami 100 ball) tashkil etiladi.

Batafsil ma'lumot uchun 👈

Aziz maktabimiz o‘quvchilari! Olimpiada sinovida ishtirok eting! O‘z bilimingiz va salohiyatingizni sinab, iste’dodingizni namoyon qiling‼️
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IELTS

G'ALABA SARI YANA BIR ISHONCHLI QADAM


📣IELTS imtihoni yildan yilga butun dunyo bo'ylab ingliz tili o'rganuvchilarining til bilish darajasini tekshirish uchun ishonchli test tizimiga aylanib bormoqda. Yiliga millionlab nomzodlar topshiradigan bu imtihonda o'quvchilarimiz ham yuqori natijalarni qo'lga kiritmoqda.

🔥Maktabimizning 11-sinf o'quvchisi Akbarov Izzatbek 7,5 ball natija ko'rsatib yuqori marralar sari yana bir ishonchli qadamni bosib o'tdi.

Bunday o'quvchilarimiz safi yanada kengayaversin, deb qolamiz.
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IELTS

KUTILGAN NATIJA

☄️Maqsadlari sari dadil qadam tashlayotgan iqtidorli o'quvchimizning erishgan yana bir yutug'i hammamizni quvontirdi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-02 sinf o'quvchisi Sharifov Ayubbekning tinimsiz qilgan sa'y -harakatlari o'z samarasini berdi. U IELTS sertifikatini 7,5 ball bilan qo'lga kiritdi.

Biz Ayubbekning kelgusidagi ishlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab, bundanda yuqori marralar sari olg'a deb qolamiz.
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️UZOQ KUTILGAN Zakovat Club O'Z FAOLIYATINI BOSHLAYDI!

O'z nodir qobiliyatingizni namoyon qilish fursati yetdi!
Ajoyib viktorina va bilimlar o'chog'ida dostlaringiz bilan toblaning! 🎮

👑 Intellektual salohiyatingizni sinab ko'rishga tayyormisiz?
Unda Muhammad al-Xorazmiy maktabida o'z faoliyatini boshlayotgan ZAKOVAT CLUBga marhamat!

ZAKOVAT CLUB-BU... ⬇️
- Bilimingizni sinab ko'rish uchun qiziqarli, interaktiv viktorinalar;
- Hamfikr o'quvchilar bilan tanishish va birga rivojlanish;
- Eng yaxshi ishtirokchilar uchun qimmatbaho sovg'alar;
- Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish yo'lida qobiliyatni rivojlantirish!

⭐️ ZAKOVAT CLUB kimlar uchun? Klub barcha o'ziga ishongan iqtidorlarni o'z bag'rida birlashtiradi!

Bunda har biringizni ko'rishdan xursand bo'lamiz!

O'z mahoratingizni ko'rsatishga tayyormisiz? Keling, boshlaymiz 📌

Bizga qo'shiling va o'z bilmingizni oshiring!

➡️ @zakovat_alxorazmiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IELTS

MAQSAD SARI ILDAM QADAM...


📣Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari har doimgidek o'z maqsadi sari ildam qadamlarini tashlamoqda.

☄️"Intilganga tole yor" deganlaridek, mana shunday o'quvchilarimizdan biri 11-02 sinf o'quvchisi Adnayev Asilbek ham hozirgi kunda til bilish darajasini tekshirish uchun ishonchli test tizimiga aylanib qolgan IELTS imtihonidan 7,5 ballni qo'lga kiritdi. O'quvchimizning olgan bilim va ko'nikmalari hayoti davomida o'z o'rnini egallashiga asos bo'lib xizmat qiladi. 🔥

Asilbek, hayotingiz hamisha yorug' va kelajagingiz porloq bo'lsin. Mustaqil hayotda yetuk shaxs va professional jihatdan yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassis bo‘lib yetishishingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz❗️
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqs #toʻgarak

“AFSONA" RAQS TO'GARAGI

💃O‘quvchilarning ma’naviy barkamollikka erishishlari uchun jismoniy salomatligi muhim o‘rin tutadi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchi qizlarimizning sog‘ligini mustahkamlash va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Afsona" raqs to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, u yangi o‘quv yili bilan bir vaqtda o‘z faoliyatini boshladi. Raqs to'garagiga rahbarlik qilayotgan Muqimiy nomidagi O'zbekiston Davlat musiqali drama teatrining balet artisti Barziyeva Nozigulxon qizlarga o‘zbek milliy va jahon raqs san’ati sirlarini o‘rgatmoqda.

📌To‘garak mashg‘ulotlari seyshanba hamda payshanba kuni soat 14:30 dan - 16:00 ga qadar olib borilayapti.

‼️To'garak bepul tarzda tashkil etilgan.

Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun ssilka.
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏕📹Raqamli Avlod Respublika inklyuziv IT oromgohi.

#UzEdu #IMA #IHMA #ZaminFoundation #OliyMajlis #RaqamliAvlod
___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook