Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.75K photos
687 videos
138 files
2.98K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#olimpiada_STEAM_qutlaymiz

G‘OLIBLAR SARALANDI

Bolaning iste’dodsizi bo’lmaydi, iste’dodi kashf etilmagani bo’ladi. Muhammad al-Xorazmiy maktabi - ana shunday iste’dodi kashf etilganlar maskani!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida 2024-yilning 23-24-fevral kunlari STEM fanlari bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu olimpiadada maktab bosqichi olimpiadasining g‘oliblari bo’lgan o’quvchilarimiz ishtirok etib,ularning 27 nafari faxrli o’rinlarni egallashdi.
Quyida g’oliblarimiz bilan tanishing:

💻Informatika fani bo’yicha
🥇-o‘rin sovrindorlari:
6-02-sinf o‘quvchisi Abduraupov Humoyun;
7-06-sinf o‘quvchisi Xaydaraliyev Jahonali;
11-04-sinf o‘quvchisi Sayfitdinov Sarvarbek;

🥈-o‘rin sovrindorlari:
5-02-sinf o‘quvchisi Babayev Nurmuhammad;
6-02-sinf o‘quvchisi Karimov Erkin;
8-01-sinf o‘quvchisi Xaydaraliyev Ozodbek;
9-03-sinf o‘quvchisi Komilov Anasxon;
10-03-sinf o‘quvchisi Sunnatov Asilbek.

🥉-o‘rin sovrindorlari:
6-06-sinf o‘quvchisi Usmonov Muhammadaziz;
7-03-sinf o‘quvchisi Odilov Odil;
8-02-sinf o‘quvchisi Maxamadov Muxammadqodir;
9-01-sinf o‘quvchisi Xamidullayev Dilshod;
11-05-sinf o‘quvchisi Muxtorov Ibrohim.

🧮 Matematika fani bo’yicha

🥇-o‘rin sovrindorlari:
5-sinf o'quvchisi Ibrohimov Ulug'bek;
9-sinf o'quvchisi Zohidjonov Elbek;
10-sinf o'quvchisi Axtamov Ozodbek;
11-sinf o'quvchilari Bo'ronov Xasanboy.

🥈-o‘rin sovrindorlari:
6-sinf o'quvchisi Jonuzoqov Shohjahon;
8-sinf o'quvchisi Radjabov Abdulaziz;
9-sinf o'quvchisi G'afforov Rasulbek;
11-sinf o'quvchisi Usmonov Muhammadziyovuddin.

🥉-o‘rin sovrindorlari:
7-sinf o'quvchisi Ilhomov Akobir

🔭Fizika fani bo’yicha

🥇-o‘rin sovrindorlari:
9-02-sinf o’quvchisi Xolmatov Shavkat Farhodivich;
8-03-sinf o’quvchisi Abdurasulova Mohinur Mansur qizi;

🥈-o‘rin sovrindorlari:
10-01-sinf o’quvchisi Olimjonov Asliddin Anvarjon ogli.

🥉-o‘rin sovrindorlari:
8-05-sinf o’quvchisi Jumanazarov Asilbek Mansurbekovich;
9-02-sinf o’quvchisi Bahodirov Afzal Ravshan o'g'li.

🎖Ma’lumot o’rnida, ushbu ro’yxatda nomlari kelgan 27 nafar o’quvchilarimiz Agentlik tizimidagi olimpiadaning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

🏆Barcha muzaffar o’quvchilarimizni g’alaba bilan qutlab, ularga olimpiadaning keyingi bosqichida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#al_khwarizmi #eco_union #issiqxona

ISSIQXONA FAOLIYATI BILAN TANISHING!

🌍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quvchilarning Ona tabiat va atrof-muhitga bo‘lgan muhabbatini oshirish va ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida “Yashil makon” loyihasi doirasida issiqxona tashkil etilganidan xabaringiz bor. Unda vitaminga boy turli sabzavot ko‘katlar yetishtirilmoqda.

🧊 Hozirgi kunga kelib maktabimiz issiqxonasida rediska, loviya, salat bargi, ukrop, kashnich kabi mahsulotlar yetishtirilmoqda. Bundan tashqari issiqxonada lemon va qulupnay ko‘chatlari ekilgan va ular meva berish arafasida.

Ushbu mahsulotlar maktab oshxonasida o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanish ratsionini yana-da foydali vitaminlar bilan boyitishga xizmat qilmoqda.

Yuqori sinf o‘quvchilari hamda "Eco Union" jamoasi a'zolari bo‘sh vaqtlarida issiqxonada ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanadilar. Bu esa ularning kelajakda yerga ishlov berish ko‘nikmalariga ega bo‘lib, o‘z tomorqasidan unumli foydalanish tajribalarini o‘zlashtirishlariga zamin yaratadi.
-

ПОСЛЕДИТЕ ЗА ТЕПЛИЧНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬЮ!

🌍 В специализированной школе имени Мухаммада ал-Хорезми для развития любви учеников к матери природе и окружающей среде в рамках проекта "Зеленый уголок" была организована кафетерия с использованием тепличного хозяйства. Здесь выращиваются различные овощи, богатые витаминами.

🧊На сегодняшний день в нашей школе в теплицах выращиваются редис, фасоль, лук, салат, укроп, петрушка и другие продукты. Кроме того, в теплице высажены саженцы лимона и клубники, которые вот-вот начнут плодоносить.

Эти продукты служат для обогащения здорового рациона учащихся школьной столовой более полезными витаминами.

Старшие ученики школы и члены команды «Eco Union» в свободное время занимаются общественно полезным трудом в теплицах. Это способствует их будущему трудоустройству и позволяет им приобрести ценный опыт для последующего использования.

Telegram | Instagram | Infinity team | Volunteers
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Hammaga salom!

🗓 Eng namunali maktab tomorqasi bo‘yicha birinchi xalqaro chempionatga ro‘yxatdan o‘tish uchun bor-yo‘g‘i 3 kun qoldi!

🏆 World Vegetable Garden Cup — bu butun dunyo maktablari uchun ochiq bo‘lgan tanlov bo‘lib, unda 3 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar qatnashishi mumkin.

🍅 Ushbu loyiha maktablarda sabzavot bog‘larini tashkil etishni targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, bioxilma-xillik va resurslarni asrash, tuproqdan oqilona foydalanish, mahsuldorlik, estetika kabi jihatlarni ilgari suradi. Bu shuningdek, ishtirokchilar uchun butun yil davom etadigan ta’lim dasturi hamdir. Tanlov ishtirokchilarini tashkilotchilardan masofaviy ko‘mak, bog‘bon qo‘llanmasi, onlayn konferensiyalar, mutaxassislar bilan muhokamalar, oyma-oy vazifa beriladigan tadbirlar, tomorqada tadbir o‘tkazish bo‘yicha g‘oyalar kutmoqda.

🫑 Biz qatnashmasak, kim? Axir eng xushbo‘y ko‘katlar, eng mazali pomidorlar, eng chiroyli uzum bizda o‘smaydimi? Bundan tashqari, bizda yil bo‘yi 300 kun quyosh charaqlab turadi, shunday emasmi?

👉 Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting!

🥇 G‘oliblarni Landestini kompaniyasi aniqlaydi.

Omad!

Zamin | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Всем привет!

🗓 Всего 3 дня осталось до завершения регистрации по Первому международному чемпионату на самый лучший школьный огород!

🏆 World Vegetable Garden Cup — это соревнование, открытое для школ по всему миру, для ребят от 3 до 18 лет.

🍅 Проект направлен на продвижение создания садов овощей в школах, продвигая различные его аспекты: сохранение биоразнообразия и ресурсов, грамотное использование почвы, продуктивность, эстетика. Это также образовательная программа участников в течение всего года. Участников конкурса ждут удаленная поддержка организаторов, гид садовника, онлайн-конференции, дискуссии с экспертами, мероприятия с ежемесячными заданиями, идеи для проведения мероприятий в огороде.

🫑 Кому, как не нам участвовать? Разве не у нас растёт самая ароматная зелень? Самые вкусные помидоры? Самый красивый виноград? И разве не у нас 300 солнечных дней в году?

👉 Проходим по ссылке и регистрируемся!

🥇 Определять победителей будет компания Landestini.

Удачи!

Zamin | Facebook | Instagram
📣MAKTAB O'QUVCHI-QIZLARI DIQQATIGA!

🌺Navro'z - o'zbek xalqining qadimiy va azaliy qadriyatlar bayramidir!

Bu bayramning eng chiroyli va shukuhli tomoni -go'zal qizlarimizning sharqona liboslaridir. Katta ko'lamda o’tqiziladigan Navro’z bayramiga model sifatida ishtirok etish uchun yangi chehralarni izlayapmiz.

🇺🇿Agar siz madaniyatimiz nishonasi bo'lgan milliy liboslarimizni namoyish etishni istasangiz, sizni kastingga taklif qilamiz❗️
Bu modellik sohasida tajriba orttirish va mo'jizaviy bayramning bir qismiga aylanish uchun ajoyib imkoniyatdir.

👍Kasting uchun hozir roʻyxatdan oʻting va goʻzalligingiz hamda nafosatingiz bilan barchani hayratda qoldiring!

Sizni kutib qolamiz!
💐

IT-School Presidency | GPA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Girls #in #Tech

TECHNO GIRLS

🆕💖 Yurtimizda kundan-kun IT sohasida faoliyat olib borayotgan qizlar soni oshib bormoqda. Qizlarimizning axborot-texnologiyalari yo'nalishidagi faoliyatini oshirish, ularning innovatsion g'oyalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida maktabimizda o'quvchi qizlarimiz uchun dasturlash, robototexnika, dizayn bo'yicha musobaqalar tashkil etilmoqda.

👍 Musobaqalar ayni damda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tadi. Musobaqa ishtirokchilari dasturlash, grafik dizayn, robototexnika yo'nalishlarida o'z bilimlarini sinab ko'rishlari mumkin.

Tanlov shartlari:
1️⃣Robototexnika yo'nalishida:
🟣 Tanlov ishtirokchilari soni 2 kishidan oshmasligi kerak;
🟣 Har qanday sohadagi loyiha va ixtirolar qabul qilinadi;
🟣 G’oliblar loyihalarning foydaliligi, eng chiroyli dizaynga egaligi, innovatsionligi, dolzarbliligiga ko’ra tanlab olinadi. (IT, Ekologiya, Robototexnika sohalari tavsiya qilinadi).

🔜Robototexnika yo'nalishi bo'yicha batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun!

2️⃣Dasturlash yo'nalishida:
🟡Tanlov ishtirokchilari yakka tartibda ishtirok etadi.
🟡Robocontest.uz da 5 ta masala beriladi 2 soat davomida ixtiyoriy dasturlash tilda yechim kodini yuborishi kerak.
🟡G’olib sinflar kesimida (5-6 sinflar, 7-8 sinflar 9-11-sinflar) yuqori o’rinni egallagan o’quvchilar tanlab olinadi.

🔜Dasturlash yo'nalishi bo'yicha batafsil!

3️⃣Grafika yo'nalishida:
Mavzusi: “Music Festival” uchun poster tayyorlash.
Talablar:
🔵Kreativ yondashgan holda musiqa atmosferasiga oid elementlar (musiqiy asboblar, audio-tarmoqlar, musiqa obrazlari va h.k.)ni ishlatish.
🔵Shriftlarni to’g’ri tanlash, hamda ranglar uyg’unligiga alohida e’tibor berish.
🔵Posterni tayyorlashda sifatli rasmlardan foydalanish.
🔵Mavzudan tashqari rasmlar va elementlar bilan ishlamaslik.
🔵To’g’ri fonlarni tanlash, matnlarni kreativ joylash.
🔵Elementlar orasidagi masofaga rioya qilish, ma’lumotlarni tartibli holda joylash.

➡️Grafika yo'nalishida batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun!

🎁 Darvoqe, go'liblarni qimmatbaho sovg'alar va katta imtiyozlar kutadi.
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_olimpiada
#matematika_fizika_informatika

XALQARO FAN OLIMPIADALARI: TAJRIBA VA IMKONIYAT

Joriy yilning 7-13 - yanvar kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan XX Xalqaro Jautikov olimpiadasida mamlakatimiz yoshlari 2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza medalga sazovor
bo‘lgan edi.

Ular orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi Asilbek Sunnatov ham bo‘lib, u olimpiada tarixida informatika fanidan oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlikdir.

Asilbek Sunnatovning ustozi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining informatika fani o‘qituvchisi Xurshida Zanjirova Xalqaro Jautikov olimpiadasi misolida jahon miqyosidagi bilimlar bellashuvlari o‘quvchi yoshlar salohiyatini oshirish, shuningdek boshqa mamlakatlarning fizika-matematika va axborot texnologiyalari maktablari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Batafsil 👉 bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#e #class #demo

NAMUNAVIY CHSB SAVOLLAR


🔒Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda uchinchi yildirki Baholashning yangi tizimi amalda. Shu qisqa davr ichida nafaqat o’qituvchilar, balki o’quvchilar bu tizimning afzalliklarini anglab yetdilar.

🌐 🖥 Bugun maktabimiz o’quvchilari ko’p bilishga emas, chuqur va atroflicha bilishga harakat qilmoqdalar. Chorak yakunida o’quvchilarga olgan bilimlarini eslash, takrorlash va o’z ustida yetarlicha ishlashlari uchun barcha fanlar kesimida CHSB savollari tuzilmoqda. Quyidagi ssilkalar orqali namunaviy CHSB savollari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

🔗 Informatika:
5-sinf; 6-sinf; 7-sinf; 8-sinf;
9-sinf - Web; 9-sinf -Grafik dizayn;
9-sinf -Tarmoq; 9-sinf- Mobil;
10-sinf- Web dasturlash;
10-sinf- Grafik dizayn;
10-sinf- Tarmoq;
10-sinf- Mobil dasturlash;
11-sinf- Grafik dizayn;
11-sinf- Tarmoq; 11-sinf- Mobil dasturlash;

🔗 Matematika:
5-sinf; 6-sinf; 7-sinf; 8-sinf;
9-sinf; 10-sinf; 11-sinf.

🔗Fizika:
7-sinf; 8-sinf;
9-sinf; 10-sinf; 11-sinf.

🔗Ingliz tili:
5-sinf; 6-sinf; 7-sinf; 8-sinf;
9-sinf; 10-sinf; 11-sinf.

❗️Maktabimizning iqtidorli, zukko va ilg'or o'quvchilari! Biz sizga omad tilaymiz! Maktabimiz bag'rida olgan bilimlaringiz sizlarga madadkor bo'lsin!
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#developers #team #programming #DT #contest #algorithm

🚀DT CONTEST #2🚀

📢Kutib oling, "Developers Team" tomonidan eng kutilgan yana bir tanlov - "DT CONTEST #2" o'tqazilishini e'lon qilamiz!

👨‍💻Siz dasturlashga qiziqishi katta va algoritmlar dunyosidan boxabar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning 7-8-9-10-11-sinf o'quvchi yoshlaridanmisiz? Unda bu musobaqa aynan siz uchun!

🤖DT CONTEST #2 - haqiqiy muammolarga innovatsion yechim ishlab chiqish orqali kodlash mahoratlaringizni oshirish uchun imkoniyat. Tanlovda dasturlash bo'yicha bilimlaringizni bir-biridan qiziq topshiriqlar orqali sinashga taklif qilamiz!

Yaqinlashib kelayotgan tanlovda g‘alaba sari yo‘lingizni kodlashga tayyormisiz? Unda havola orqali hoziroq ro'yxatdan o'ting va "DT CONTEST #2" qatnashuvchilaridan biriga aylaning!

Ro'yxatdan o'tish uchun havola

🎁Eng yaxshi natija ko'rsatgan o'quvchilar maktab va jamoamiz tomonidan maxsus esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishadi.

📍4-qavat
🕔 1-mart 15:20


❗️Contestda informatika fan olimpiadasi ishtirokchilari qatnashishlari mumkin emas.

®️ "Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
Bilimingizga ishonasizmi? O‘zingizni sinab ko‘rmoqchimisiz?

🍀 Agar javobingiz: “Albatta” bo‘lsa, bugungi viktorinamiz siz uchun.

Savollarga javob bering va bilimingizni mustahkamlab oling)
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
Qaysi brend o'zining saqichdan qayta ishlangan krossovkalar kolleksiyasini ommaga taqdim etgan?
Anonymous Quiz
28%
dirol
39%
orbit
33%
turbo
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
Konserva bankalarni qayta ishlash orqali rezina hosil qilsa bo‘ladimi?
Anonymous Quiz
63%
Ha
37%
Yoq
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
Plastik paketlarni ishlab chiqarish qog‘oz ishlab chiqarishga nisbatan ekologik manfaatlimi?
Anonymous Quiz
38%
Ha
62%
Yo'q
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
Sayyoramizda atrof-muhitni muhofaza qilish va toza havo uchun kurashish bilan qaysi tashkilot shug'ullanadi?
Anonymous Quiz
31%
O'zbekiston ekologik partiyasi
40%
Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF)
29%
Ekologiya vazirligi
#eʻlon_adabiy_kecha_qodiriy

ABDULLA QODIRIY QOLDIRGAN XAZINA
                                                                     
Ulug’larni eslash, ularning qoldirgan merosiga hurmat bilan qarash azaliy an’analarimizdan. Ayniqsa, ularning sulolasi davomchilari bilan munosabat o’rnatish, hamkorlik qilish  qutlug’ ishdir.

Xalqimiz sevgan adib, romanchiligimiz otasi-Abdulla Qodiriy qoldirgan ma’naviyat sarchashmalari xalqimizning milliy boyligidir. Ularda millatimizning o’zi, o’zligi va qadriyatlari mujassamdir.

Muhammad al-Xorazmiy maktabiga 2024-yining 29-fevral kuni soat 14:30 da adibimiz Abdulla Qodiriyning avlodlaridan-nevarasi Sherkon Qodiriy taklif etilgan.

Adabiy kechada Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi borasida siz bilmagan  qiziqarli ma’lumotlar beriladi.

Barcha ustozlar va o’quvchilarni adabiy kechaga taklif etamiz.
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM