Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.89K subscribers
10.5K photos
732 videos
138 files
3.15K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#ona_tilim_faxrim

Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!

Jonim, jahonimsan, aqlim ziyosi
Dillarni xush etar ranglar jilosi.
Taralar saboda tilim navosi,
Borimsan, bisotim, tanda jonimsan,
Oʻzbek tilim, mangu oqar qonimsan!

Til har bir millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir.
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil toʻlishi munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

🎙Tadbir maktab faollar zalida chiroyli, ko‘tarinki va bayramona ruhda o‘tkazildi. Tadbirni Pedogogik mahorat va xalqaro baholash markaz rahbari D.T.Davidova ochib berdilar. Milliy kuylarimiz sadosi ostida boshlangan tadbir o’quvchilar ijrosidagi she’r va qo’shiqlarga ulanib ketdi. Shuningdek, kechada qalbga yaqin zamonamiz shoirasi Sayyora To’ychiyeva barchani Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan tabrikladi.

🧷Ona tili va adabiyot fani ustozlari hamda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar,raqs va qo‘shiqlar barcha tomoshabinlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!


Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.

Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.

Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!

Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!

O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

Til - millat ruhi

🇺🇿Til - ko'ngilning oltin kaliti, nutq vositasi bo'libgina qolmay davlatning timsoli va mulkidir. U xalqning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi, tarixidir. Tilni rivojlantirish millat taraqqiyoti demakdir. Shuni aytish kerakki, o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi ham mustaqilligimiz va yuksalishimiz yo'lida muhim qadam edi.

❗️Til – millat yuzining bir bo'lagi. Dunyodagi barcha xalqlar ham o'zining davlat tiliga ega emas. G'urursiz millat o'z qiyofasini yo'qotadi, aksincha, milliy iftixor yuksak yurtda xalq tinch va hamjihat yashaydi.

Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi soʻzlarning zalvori ikki hissa ortadi.

Biz esa oʻz navbatida tilimizning pokligi va oʻziga xosligini saqlash, uni boyitish va takomillashtirishga oʻz hissamizni qoʻshmogʻimiz darkor.👍
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

Til – millat yuzining bir bo'lagi

Milliy tilimizga, ona tilimizga boʻlgan eʼtibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu oʻrinda bobolarimiz aytgan quyidagi purmaʼno fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yoʻqotmak millat ruhini yoʻqotmakdur” (M.Behbudiy).

🇺🇿 “Davlat tili haqida”gi Qonunning tarixiy oʻrni va ahamiyatini inobatga olgan holda davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning uzviy davomi sifatida 2020-yil 10-aprelda Prezidentimiz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonuni imzolandi. Unga muvofiq 21-oktyabr sanasi yurtimizda “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb belgilandi. Bu bilan davlat ramzlaridan biri sanalgan maʼnaviy qadriyatimiz – ona tilimiz qonun himoyasida ekanligi yana bir bor oʻz isbotini topdi.

Ushbu bayramning mamlakatimizda keng nishonlanishi ona tilimizga eʼtiborni yuksaltirish, uning mukammalligi va boyligini koʻrsatib bera olish, nafaqat oʻzbek xalqi, balki boshqa millat vakillarini ham bebaho boyligimiz hisoblangan tilimiz va madaniyatimizni oʻrganishga ilhomlantirishda xizmat qiladi.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

Milliy o‘zligimiz va davlatchiligimiz timsoli abadiy bo‘lsin!

Ona tilim!
Sendan boshlanadi aslida Vatan…

Til – millatning madaniy va ma’naviy boyligidir.

🇺🇿 1989-yil 21-oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. Millatimiz va xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz qadr topib, qaddini tikladi!

O‘zbek tiliga „Davlat tili“ maqomi berilganiga 34 yil to‘lishi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, jumladan ta’lim fidoyilari hamda tilimiz jonkuyarlarini bayram bilan muborakbod etamiz!

Tilimizga ehtiromda bo’ling va millatimiz ravnaqiga o’z hissangizni qo’shing, aziz yurtdoshlar❗️

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

📹Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil toʻlishi munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida bayram tadbiridan videolavha.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #voleybol #turnir

VOLEYBOL TURNIR📣

🏐Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkillashtirilayotgan voleybol turniriga maktabimiz o'quvchilarini taklif etamiz!

📍 Ushbu turnir 25-26-27-oktabr kunlari, soat 15:20 da maktabimizning sport zalida bo'lib o'tadi.

📌 Turnirda qatnashish uchun ishtirokchilardan quyidagilar talab qilinadi:
* 7-11-sinf o'quvchisi bo'lishlari;
* Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari;
* 6 ta ishtirokchidan iborat jamoa shakllantirish va belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari;
* Guruh a'zolari bitta sinfdan bo’lishi (bir sinfdan bir nechta jamoa qatnashishi mumkin)

🏆Turnirda ishtirok eting va g'alaba qozoning!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#yangi_loyiha #it_quiz #it_school

📣YANGI O'QUV YILI UCHUN YANGI LOYIHA

💬Maktabimiz o'quvchilarining ITga doir mavzulardagi tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tekshirish va darsdan tashqari vaqtlarini maroqli o'tkazish maqsadida sinflar kesimida "IT-Quiz" o'tkazishga qaror qildik.

📆5-6-sinflar uchun 23-oktyabr,
7-8-sinflar uchun 25-oktyabr,
9-10-11-sinflar uchun 27-oktyabr sanalarida bo'lib o'tadi.

🏁14:40
🔍Faollar zali

Har bir sinf 5 kishilik jamoa tuzishi va bellashuv kuni faollar zalida joylarini o'z vaqtida egallashlari talab qilinadi.

🎊G'olib bo'lgan sinflar sertifikat bilan taqdirlanishadi. 1-o'rin olgan sinf o'quvchilari uchun tayyorlangan sovg'a esa musobaqa vaqtida e'lon qilinadi⭐️

🚀Hammani "IT-Quiz"da kutib qolamiz!

"Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #geography #quiz

GEOGRAPHY QUIZ

🌍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tadigan "Geography quiz" viktorinasiga maktabimizning 7-8-9-sinf o'quvchilarini taklif etamiz. Ushbu viktorina sizga geografiya fanidan olgan bilimlaringizni sinab ko'rish imkoniyatini beradi.🌐🌞

📍 Ishtirokchilarni 24-oktabr sanasida, soat 15:00 da faollar zalida kutib qolamiz! Ma'lumot o'rnida, viktorinada 5 nafar o'quvchidan iborat guruh shakllantirgan sinflar ishtirok eta oladi.

❗️Viktorinada g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoa a'zolariga geografiya fanidan 1-chorak ballari uchun qo'shimcha ballar bilan mukofotlanadilar.

📌 Viktorinada qatnashing va bilimlaringizni tekshirib ko'ring!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#al_khwarizmi #eco_union #announcement

JAMOANING YANGI A'ZOLAR BILAN TANISHING

🎉Eco-Union jamoasining saralash natijalarini e'lon qilishdan xursandmiz!

Eco-Union oilasi bilan tanishing:

Adilov Abdumajid 11-05 - jamoa sardori
Axmedova Zaxro 8-01
Zokirova Diyora 8-01
Egamova Laziza 8-03
Amirova Sarvinoz 10-01
Akhmedov Behruz 8-02
To'ymurodova Nodirabegim 8-01
Yo’ldosheva Farziya 8-02
Hakimova Charos 8-03
Begmurodova Yasmina 8-03

Barcha tanlangan a'zolarni tabriklaymiz! Biz tanlov jarayonida namoyon bo'lgan g'ayrat, jamoadoshlar bilan hamkorlik qilish qobiliyati, yangiliklarni o'rganish va jamoa maqsadlariga muvofiq ish tutish, fidoiylikdan hayratga tushdik va so'ngida kimlarni jamoaga olish qarorini qabul qilishga anchayin qiynaldik. Uzoq vaqtlik tortishuvlardan so'ng biz sizlarni tanladik.

💚Biz bilan ishlagan barchaga katta rahmat!

——

ПОЗНАКОМЬТЕСЬ С НОВЫМИ ЧЛЕНАМИ КОМАНДЫ

🎉Мы рады объявить результаты отбора в команду Eco-Union!

Познакомьтесь с новыми членами семьи Eco-Union:

Адилов Абдумажид 11-05 - лидер команды
Ахмедова Захро 8-01
Зокирова Диера 8-01
Эгамова Лазизa 8-03
Амирова Сарвиноз 10-01
Ахмедов Бехруз 8-02
Туймуродова Нодирабегим 8-01
Йулдашева Фарзия 8-02
Хакимова Чарос 8-03
Бегмуродова Ясмина 8-03

Поздравляем всех избранных учеников! Мы были восхищены вашим энтузиазмом, способностью работать в команде, желанием развивать свои навыки и внести свой вклад в дальнейшее развитие команды. Нам было трудно принять окончательное решение.

💚Большое спасибо всем кто работал вместе с нами!

Telegram | Instagram | Infinity team | Volunteers
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM