Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.92K photos
695 videos
138 files
3.03K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Xon #atlas #festival

XON ATLAS”FESTIVALIGA MARHAMAT!

👧 Milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamlangan. 👨‍🏫

Bir necha yildirki, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish va yosh avlodning ularga bo’lgan hurmatini shakllantirish maqsadidaXon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylangan.

🇺🇿Ushbu an’anaga ko‘ra, joriy yilning 28-sentabr kuni respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, tashkilotlar va maktablarda Xon atlas” festivali o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mazkur festivalning o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlab, 28-sentabr kuni opa-singillarimiz va qizlarimizning atlas, adras kabi milliy liboslarda kelishlarini so’raymiz. Sinf rahbarlari o‘z sinfi qizlarini ushbu festivalda faol qatnashishlarini nazoratga oladilar.

Shuningdek, barchangizdan ushbu festival doirasida fleshmoblar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishida o‘z hissangizni qo‘shasiz deb umid qilamiz.👧
-

ДОБРО ПОЖАЛОВАТЬ НА ФЕСТИВАЛЬ «ХОН АТЛАС»!

👧 В наших национальных костюмах воплощены тысячелетнее прошлое, обычаи и традиции, вкусы, эстетические взгляды, а также уникальные особенности нашего народа.👨‍🏫

За несколько лет стало традицией проведение фестиваля «Хон Атлас» с целью обогащения наших национальных ценностей и формирования уважения к ним среди молодого поколения.

🇺🇿По этой традиции 28 сентября текущего года планируется провести фестиваль «Хон Атлас» во всех регионах, организациях и школах нашей республики.
Мы поддерживаем проведение этого фестиваля в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми и просим наших учениц прийти 28 сентября в национальных костюмах, таких как атлас и адрас.

Мы также надеемся, что все вы подготовите флешмобы в рамках этого фестиваля и поспособствуете его широкому освещению в социальных сетях.‌‌👧
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"XON ATLAS" FESTIVALIDAN FOTOLAVHALAR

👨‍🏫O‘zbek milliy matolari deganda ko‘z o‘ngimizda kamalak ranglarda tovlanuvchi atlas-u adraslar namoyon bo‘ladi. Azaliy qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan ushbu go‘zal matolarda xalqimizning uzoq hamda shonli o‘tmishi, qadimiy an’analari va o‘ziga xos xususiyatlari mujassamdir. Bu borada yosh avlodni milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda 28-sentabr kuni "Xon atlas" festivali o'tkazildi. An'anaga aylangan festivalda o'quvchilarimiz adras va atlas matolaridan tikilgan liboslarda milliyligimizni namoyish etdilar. 👧

#xon #atlas #festival
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM