#xalqaro_hamkorlik
#tabiiy_fanlar_taʼlimi_festivali
"TABIIY FANLAR TAʼLIMI" FESTIVALI BOSHLANDI
✨ Festivalning ochilish marosimi tugagandan so‘ng o‘quvchilar o‘zlari uchun ajratilgan xonalarga kirib turli xil qiziqarli o‘yinlar va mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishdi. Jumladan, matematika faniga qiziquvchilar uchun ajratilgan xonalarda o‘quvchilar interaktiv metodlar orqali matematik bilimlarini mustahkamlashdi. “Uchburchakli shakl yuzalari bir bo‘lib bog‘lanadimi?” -degan savolga o‘zlari turli shakllar yordamida uchburchaklar yasab, javoblarni bilib olishdi, geometrik shakllar yasab o‘zlari uchun qoidalar tuzishdi.
➕ O‘quvchilar muntazam ko‘pburchakli Hesh plitkalarini Koreyaning matematik dasturi Rgeomath va Power Pointdan foydalangan holda yasashni o‘rganishdi. Matematika ixlosmandlari uchun Muhammad al-Xorazmiy bobomiz sharafiga musobaqalar tashkil etildi, topshiriqlarni bajarishdi. Shartni to‘g‘ri bajarib yuqori ball to‘plaganlarga maxsus sovg‘alar berildi. Maxsus qoidalarga asoslangan hamda matematik hisoblash orqali topiladigan labirint o'yinlar hamda matematik stol o‘yinlari tashkil etilgan bo‘lib, o‘quvchilarda juda qiziqish uyg‘otdi. 🎁 🎆
💡 O‘quvchilar tomonidan 3D ko‘zoynak va quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynaklarni yasash jarayonlari o‘tkazildi.
Maktab sport zalida esa o‘quvchilar o‘nga yaqin Koreya milliy o‘yinlarini o‘rganib o‘ynab ko‘rishdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar koreys xalqining milliy shirinliklari bilan mehmon qilindi. Yurt Nori, Tuho Nori, Bisok Chigi, Jegichagi, Dakji,Tumble wing o‘yinlarini, ayniqsa, bolajonlar juda qiziqish bilan o‘ynashdi.🔝
Bugungi kun o‘quvchilarimiz uchun juda qiziqarli va unutilmas onlarga boy bo‘ldi!
__________
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web 📹 Youtube 🌐 Linkedin
#tabiiy_fanlar_taʼlimi_festivali
"TABIIY FANLAR TAʼLIMI" FESTIVALI BOSHLANDI
Maktab sport zalida esa o‘quvchilar o‘nga yaqin Koreya milliy o‘yinlarini o‘rganib o‘ynab ko‘rishdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar koreys xalqining milliy shirinliklari bilan mehmon qilindi. Yurt Nori, Tuho Nori, Bisok Chigi, Jegichagi, Dakji,Tumble wing o‘yinlarini, ayniqsa, bolajonlar juda qiziqish bilan o‘ynashdi.
Bugungi kun o‘quvchilarimiz uchun juda qiziqarli va unutilmas onlarga boy bo‘ldi!
__________
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM