Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.68K subscribers
9.83K photos
691 videos
138 files
3K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eco_union #al_khwarizmi 

“MINBAR” DA EKOLOGIK TA’LIM - TARBIYA


Tabiatni asrash uchun ekologik ta’lim kerak. Ekologik ta’lim -tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. 💚

📺 “Minbar” dasturida ekologiyani asrash ko‘nikmalarini maktab dasturida aks ettirish zarurligi va ekologik ta’limni singdirishdagi oldimizga qo‘yilgan vazifalarni qay tarzda amalga oshirish borasida mavzuga aloqador mutaxassislar ishtirokida suhbat bo‘lib o‘tdi.

🎞 Mutaxassislar tomonidan ekologik madaniyat va savodxonlik avvalo oiladan boshlanishi , shuningdek , maktab dasturida ham ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga , uni muhofaza qilishga o‘rgatib borish masalalari haqida atroflicha fikr yuritildi.

🟩“ Yashil bayroq” unvoniga ega bo‘lgan maktab pedagoglari tomonidan ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o‘qitiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, geografiya kabi fanlarni o‘qitishda umumlashtirilishi kerakligi haqida va bu yo‘nalishda maktabda amalga oshirilgan ishlar borasida ma’lumot berishdi.

Ekologik muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish zarur va bunga har birimiz mas’ulmiz.
_
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#eco_union #announcement #qabul

🎉 "Eco-Union" jamoasining yangi a’zolarini qarshi oling! 🎉

Qabuldan muvaffaqiyatli o'tgan jamoamizning yangi ishtirokchilari:

- Abdulloh Zikrullayev
- Abdukarim Khakberdiev
- Benazir Abdulakimova
- Behruzmuhammad Komiljonov
- Doniyor Kamoldinov
- Sarvarbek Muxitdinov
- Shohrux Mirshomilov
- Shabnam Abdulakimova
- Charos Yusufjonova

💚☺️ "Eco-Union" oilamizga xush kelibsiz!



🎉 Поприветствуем новых участников команды "Eco-Union"! 🎉

Новые члены нашей команды успешно прошедшие отбор:

- Абдуллох Зикруллаев
- Абдукарим Хакбердиев
- Беназир Абдулакимова
- Бехрузмухаммад Комилджонов
- Дониёр Камолдинов
- Сарварбек Мухитдинов
- Шохрух Миршомилов
- Шабнам Абдулакимова
- Чарос Юсуфджонова

💚☺️ Добро пожаловать в семью "Eco-Union"!

Telegram | Instagram | Volunteers | Infinity team
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#audit #eko #green #flag
#Zamin #fondi #Eco #school #Eco #Union #Infinity #team

EKOLOGIK FAOLIYAT AUDITI


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Zamin xalqaro jamoat fondi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi vakillaridan tuzilgan delegatsiya tashrif buyurdi.Ishchi guruh tomonidan "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida “Yashil bayroq” mukofotini qo’lga kiritgan ushbu maktabning eko-faoliyati auditi oʻtkazildi.

🌿🌱Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab eko qo'mitasi ko’plab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Maktabga tashrif buyurgan ishchi guruh a’zolari maktabning eko jamoasi tomonidan amalga oshirilgan loyihalar va tashabbuslar, o'quv va yotoqxona binolarida yaratilgan sharoitlar hamda issiqxona faoliyati, ajratilgan yer maydonlaridagi holat bilan tanishdilar.

📗Tashrif buyurgan delegatsiya a’zolariga maktab eko jamoasi o'z faoliyati yuzasidan tayyorlagan taqdimotni ham namoyish etdilar.✔️

💚 O’rganishlar natijasini kelgusi xabarda bilib olamiz. Bolalarga muvaffaqiyat tilab, maktabimizning “Xalqaro yashil maktab” maqomini himoya qilishda o'z hissasini qo'shgan maktab ma’muriyatiga, eko qo‘mita a’zolariga, barcha o'quvchilar, ustozlar, texnik xodimlarga, o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Green #flag
#eco #schools
#YoungFarmer #EcoSchoolsUzbekistan #WorldFoodDay #RightToFoodsForABetterLifeAndABetterFuture #LeaveNoOneBehind

💚Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab eko qo‘mitasi “Xalqaro yashil maktab” maqomini himoya qilishgani haqida habar bergan edik!

"Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Ekologik ta’lim fondi (FEE) 7 qadam dasturining oliy mukofoti — Yashil bayroqni tantanali ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi.🟩

Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan "Daladan dasturxongacha" ekologik ta’lim festivali doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning "Eco Union" jamoasi "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining asosiy ramzi bo‘lmish Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarish marosimida onlayn tarzda qo‘shildilar.

Ziroat Mirziyoyeva o‘quvchilarni mukofot bilan samimiy qutladi. Bu mukofot yoshlarning barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan sadoqatining ramzi hamda yosh avlodning global muammolarni hal etishda faol ishtirok eta olishining isbotidir. Qutlov so‘zlarini FAO bosh direktori o‘rinbosari Viorel Gutsu va FEE ta’lim masalalari bo‘yicha katta direktori Pramod Kumar Sharma ham bildirdilar.💚
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#al_khwarizmi #eco_union #eco_zakovat

EKO-ZAKOVAT G'OLIBLARI BILAN TANISHING!

Yurtimizning kelajagi yorqin bo'lishi uchun bizning har birimiz o'z hissamizni qo'shishimiz kerak!

🌲🌳"Eco schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Toshkent shahridan 20 ga yaqin maktablar uchun ekozakovat tashkil etildi!

Ekozakovatda ishtirok etgan maktablarimiz o'zlarining ekologik bilimlari va amaliy faoliyatlari bilan o'zaro bellashdilar. Natijalar quyidagicha:
1️⃣-o'rin: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
2️⃣-o'rin: Yashnobod tumani 61-maktab;
3️⃣-o'rin: Toshkent Prezident maktabi.

⚡️G'oliblarni chin dildan tabriklaymiz! Ularning ekologik faoliyatlari va g'oyalari bizni hayratga soldi! Barcha ishtirokchilarga o'zlarining harakatlari va ekologik ongiga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Kelajak avlodi uchun yashil va barqaror kelajak yaratishda hammamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak! "Eco schools Uzbekistan" loyihasi va ekozakovat tadbiri bizning bu maqsadga erishishda muhim qadamdir!🌱
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#al_khwarizmi #eco_union #eco_zakovat

EKO-ZAKOVAT

🟩 "Eco schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan “Eko-Zakovat” tadbiridan videolavha.▶️📺
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM