Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.73K subscribers
9.85K photos
694 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ayollar #spartakiadasi

GO'ZALLIK MUSOBAQASI

📹Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabda 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan 6-mart kuni o'tkazilgan "Ayollar spartakiadasi"dan videolavha.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.

O‘zim harbiy oilada tug‘ilganman. Bu sohaning naqadar mashaqqatli ekanini, Vatan uchun jonini tikib yashash nimaligini juda yaxshi bilaman.

Men dadam bilan, uning sharafli kasbi bilan hamisha faxrlanganman. Bolaligimdan dadam kabi Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilishni orzu qilganman.

Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda maktablarimizda ko‘plab loyihalarni amalga oshiryapmiz. Kelgusida ham rejalarimiz aniq.

Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amaliy ko‘mak berib kelayotgan Mudofaa vazirligi rahbariyatiga bugungi e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
📣📣📣📣📣

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari o‘tkaziladigan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Adigeya Respublikasiga yo‘l oldi.

😄 Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi joriy yilning 10-11-fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.

▶️ Ozod Axtamov — Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oquvchisi;

▶️ Madina Suyunova — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf oquvchisi;

▶️ Asadbek Boboqulov  — Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining 1-bosqich oquvchisi;

▶️ Elbek Zohidjonov — Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf oquvchisi.

⚡️ Mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik_targʻiboti

KITOBXONLIK TARG‘IBOTIDA SAMARADOR USULLAR

O‘quvchilarga bilim berishda, avvalo ularda umuminsoniy qadriyatlar, odob-axloq tushunchalarini shakllantirish muhimdir. Bu fazilatlar bilan bezangan bilim samarali va foydali bo‘ladi. Ulug‘ mutafakkir ajdodlarimiz ilmiy-ijodiy merosi, g‘oyalari asrlar oshsa-da hanuz dolzarb va qadrli ekanligi shundan. Kitobga oshnolik esa barcha bilimlarning kalitidir.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Sabohat Rahimova o‘quvchilarni kitobxonlikka o‘rgatishda qoʻllanilayotgan samarador usullar haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyati oshirish, kitobxonlikka rag‘bat uygʻotish maqsadida “Birgalikda o‘qiymiz” an’anaviy adabiy musobaqasini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Musobaqa ikki haftada bir marta o‘tkaziladi. Albatta, bu musobaqaning vaqti va o‘tkazilish tartibi o‘quv yili boshida tasdiqlanadigan maktab Ona tili va adabiyot fani uslubiy birlashmasining yillik ish rejasiga kiritiladi. O‘quv yili boshida o‘quvchilarga yil davomida o‘qilishi zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati berilganda qaysi sinf qaysi sanada musobaqada ishtirok etishlari ma’lum qilinadi.

Batafsil 👉 bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#CHSB

⚠️SINOVGA TAYYORLANING⚠️

📉📈Eng katta va asosiy hisoblangan 3-chorak ham poyoniga yetib bormoqda. Olingan bilimlarni sarhisob qilish kuni yaqinlashmoqda.

🔜Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 3-chorak CHSBlar o'tkazish kuni va vaqti belgilandi.

📣Quyida 3-chorak CHSBlar o'tkazish kuni va vaqti berilmoqda.

🖥Informatika:
7-sinf 13.03 kuni 14:30-15:30;
8-sinf 14.03 kuni 14:30-15:30;
9-sinf 14.03 kuni 13:30-14:30;
5-6-sinflar,15.03 kuni 10:00dan-11:00ga qadar.🔗

Matematika, fizika, ingliz tili:
5-6-sinflar hamda 11-01-sinf uchun  8:00dan 10:00ga qadar;
7-8-sinflar hamda 11-02-sinf uchun 11:10dan 13:40ga qadar;
9-10-11-04 hamda 11-05-sinflar uchun  13:50dan 16:20ga qadar online tarzda 15.03 kuni tashkil etiladi.🌐

📌Bu maskanning har bir o'quvchisi puxta ilm olib, chorak davomida o'rgangan bilimlarini amaliyotga tatbiq qilish konikmalarini ham egallashmoqda.

O'ylaymizki, har bir o'quvchimiz ustozlar bergan bilimlarni oqlab, choraklik sinovlarni muvaffaqiyatli topshiradilar❗️
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

JANUBIY KOREYA TAʼLIM TASHKILOTI VAKILLARI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA TASHRIF BUYURISHDI

Shu kunlarda Incheon Metropolitan City taʼlim boshqarmasi vakillari mamlakatimiz taʼlim tizimi bilan tanishish hamda ijodiy konvergensiya (Creative Convergence Education) boʻyicha xalqaro oʻquvchilar, oʻqituvchilar hamda talabalar almashish dasturi boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida respublikamizda boʻlib turibdi.

Delegatsiya vakillari bugun Muhammad al-Xorazmiy maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqotda  ta’lim yo‘nalishida hamkorlikni oshirish, tizimdagi o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, maktab direktorlari uchun treninglar, turli yoʻnalishlar boʻyicha onlayn va oflayn tarzda seminarlar tashkil qilish, shuningdek, maktablarga koreyalik oʻqituvchilarni jalb etish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Mehmonlar maktablarimizdagi taʼlim dasturlari, baholash tizimi, o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va robototexnika kabi yo‘nalishlarda yaratgan loyihalari bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya a’zolari va o‘quvchilar o’rtasida qiziqarli suhbatlar ham tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube