#TATU #sayohat
KELAJAK UCHUN POYDEVOR
📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari joriy yilning 15-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga ekskrsiya uyushtirishdi.
⚡️ Ustozlar hamrohligida borgan o’quvchilarimizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, Iqtisodiyot fanlari doktori, Professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich kutib olib, universitet va uning faoliyati haqida ma’lumotlar berdi.
🖥 Universitetning yangi rekonstruksiya qilingan binosi eng so’nggi texnologiyalar asosida jihozlangan bo’lib, bugungi axborot asrining eng yaxshi namunasi deyish mumkin. Shuningdek, amaliy laboratoriya xonalari va mobil operatorlari tizimi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangani o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi.
⚽️ ⚽️ Universitet ma’muriyati tomonidan o’quvchilarimiz uchun intellektual bellashuv va tosh ko'tarish, golf, “Quvnoq startlar” kabi sport musobaqalari tashkil qilindi. Unda ishtirok etib, g’olib bo’lgan o’quvchilarga esdalik sovg’alar topshirildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitet sport kompleksi o‘zida 10 dan ortiq sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyatini mujassam etgan, barcha zamon talablariga javob beradigan zamonaviy sport majmuasining mavjudligi o’quv dargohida talabalarning nafaqat chuqur bilim olishiga, balki, salomatligiga ham katta e’tibor qaratilishini anglatadi.
🔥 Maktabimiz o’quvchilari Universitetga qilingan ekskursiyadan juda xursand bo’lib, katta taassurotlar bilan qaytdilar.
✔️ Maktab ma’muriyati tomonidan uyushtirilgan ekskursiya bitiruvchi o’quvchilarimiz uchun manfaatli bo’lishiga ishonamiz.
__________
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web 📹 Youtube
KELAJAK UCHUN POYDEVOR
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitet sport kompleksi o‘zida 10 dan ortiq sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyatini mujassam etgan, barcha zamon talablariga javob beradigan zamonaviy sport majmuasining mavjudligi o’quv dargohida talabalarning nafaqat chuqur bilim olishiga, balki, salomatligiga ham katta e’tibor qaratilishini anglatadi.
__________
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM