Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.73K subscribers
9.87K photos
694 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
Vazirlik rahbariyati Xorazmdagi ta’lim tashkilotlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda uning birinchi o’rinbosari Agrippina Shin Xorazm viloyatidagi ta’lim tashkilotlarida bo‘ldi.

Dastlab, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida bo‘lib, viloyatda joriy qilingan APro platformasi imkoniyatlari bilan tanishdi.

So‘ngra Xiva shahridagi 18-son umumta’lim maktabida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida qilingan ishlarni kuzatib, o‘quvchilar bilan tanlagan kasblari hamda maktabda yaratilgan sharoitlar haqida suhbatlashdi.

Keyingi manzil Xiva shahar 15-son maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Vazir bu yerda jajji bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

So‘ngra Xiva pedagogika kolleji oshxonasining yangi binosining ochilish marosimida qatnashdi. O‘qituvchi hamda o‘quvchilarning kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tashrif

📆Bugun, 31-mart kuni Toshkent shahar Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida faoliyat olib boruvchi matematika fani oʻqituvchilari Xaydarov Baxodir boshchiligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi.

Mehmonlar uchun maktabimizda sayohat tashkil etilib, ular maktab hayoti, o‘quvchilarning loyihalari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Uchrashuv yakunida mehmonlarga maktab metodikasi bo'yicha ma'lumotlar berilib, hududiy markaz va maktab o‘qituvchilari bilan hamkorlik qilish masalalariga kelishib olindi.

🔗🔗🔗

📆Сегодня, 31-марта учителя по математике регионального центра по переподготовке и повышению квалификации педагогов народного образования Ташкента посетили специализированную школу имени Мухаммада ал-Хоразми под руководством учителя Хайдарова Баходира.

Для гостей была организована экскурсия по нашей школе, где они ознакомились со школьной жизнью, проектами учащихся, и созданными для них условиями.

В течении встречи гостей ознакомили с методикой нашей школы, а также согласовали вопросы сотрудничества с областным центром и учителями нашего образовательного учреждения.

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#taqdirlash

🔲Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Spring Hackaton" ishtirokchilari uchun taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu marosimda maktabning informatika fani ustozlari bilan birgalikda "Developers Team" tashkilotchilari go'lib va sovrindorlarga ushbu hackatonda faol ishtirok etganlari uchun diplom va IT park vaucherlari taqdim etildi.

⚠️O'quvchi yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning bilimlarini oshirish maqsadida hackatonda faol ishtirok etgan va o'zining IT sohasidagi mahoratini yaxshi ko'rsatib bergan bir nechta o'quvchi yoshlar "Developers Team" jamoasiga qo'shilish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

G'olib jamoalarni g'alaba bilan yana bir bor muborakbod etamiz!

"Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast
__________
⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#eco #code

MAKTABIMIZNING EKOLOGIK KODEKSI

Muhammad al-Xorazmiy maktabi Eco-Union jamoasining 2022-2023 o'quv yili uchun ekologik kodeksi ishlab chiqildi va tasdiqlandi!

Ushbu 5 ta bob va 18 ta qoidadan iborat kodeks o'quvchilarning huquq va mas'uliyatlarini belgilab beradi.

🌍 Ekologik kodeks bilan batafsil tanishing.

-

ЭКОЛОГИЧЕСКИЙ КОДЕКС ШКОЛЫ

Разработан и утверждён Экологический кодекс команды Eco-Union школы Мухаммада ал-Хоразми для 2022-2023 учебного года!

Этот кодекс из 5 глав и 18 правил определяет права и обязанности учащихся.

🌍 Подробно ознакомьтесь с Экологическим кодексом здесь.

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Wingate #TEXAS #Arizona #Suffolk #UTAH #Michigan #Denver

IZLAGAN IMKON TOPAR

📣Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Alisherov Foziljon nufuzli xorijiy universitetlar grantlari sohibi bo‘ldi.

Jumladan:
😂Wingate University -108 000$;
😂Texas state University- 120 000$;
😂University of Arizona - 88 000$;
😂Suffolk University merit based scholarship -120 000 $;
😂American University of Paris - 48000$;
😂University of UTAH - 51.200$;
😂Michigan Tech. University - 44 000$;
😂Colorado Denver - 40000$.

❗️Shuningdek, o‘quvchimiz xalqaro SAT imtihonidan 1300 ballni qo‘lga kiritgan. Mobil guruhda o‘qishi davomida bir necha dasturlar yaratgan. Tasbeh (salovotlar aytish uchun) va Game 15. (ko‘ngilochar va miyani dam oldirish uchun) lar shular jumlasidandir. Cambridje International university tomonidan Respublikamiz miqyosida tashkil etilgan “Millat Umidi Granti” tanlovida faol ishtiroki uchun taqdirlangan.

Shijoatli,doimo muvaffaqiyat sari harakat qiladigan o‘quvchimiz bilan faxrlanamiz. Yutuqlaring bardavom bo‘lsin, Foziljon!

-

ПЛОДЫ СТАРАНИЙ

📣Алишеров Фазилжон, учащийся 11 класса специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми при Агентстве специализированных образовательных учреждений, стал обладателем грантов престижных зарубежных вузов.

Включая:
😂Wingate University -108 000$;
😂Texas state University- 120 000$;
😂University of Arizona - 88 000$;
😂Suffolk University -120 000 $;
😂American University of Paris - 48000$;
😂University of UTAH - 51.200$;
😂Michigan Tech. University - 44 000$;
😂Colorado Denver - 40000$.

❗️Также он набрал 1300 баллов на международном экзамене SAT. За время учёбы в направлении мобильного программирования он создал несколько программ. Среди них Tasbeh (для произнесения благословений) и Game 15. (для развлечения). Также он участник конкурса грантов "Millat Umidi", организованном международным университетом Кембридж.

Мы гордимся нашим учеником, всегда стремящийся к успеху. Желаем нашему выпускнику удачи на пути к совершенству!‌‌

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉Exciting news everyone! 🎉

🗣We are thrilled to announce the launch of our brand new project, StudentSphere! Our mission is to create a comfortable and stimulating learning environment for students like you, where you can expand your knowledge in various fields and connect with other motivated individuals.

🎯Our platform offers a range of learning opportunities that will suit your needs. We believe that learning is best achieved in a supportive community of like-minded individuals, which is why we are dedicated to bring students together to learn and grow alongside one another.

👥 Our team is also excited to offer tutoring services for those who need extra support in their studies. Our tutors are experienced and knowledgeable in their fields, and are committed to helping you achieve your academic goals.

We will be launching our learning groups soon, so stay tuned for updates!

Let's work together to reach our full potential ! 🔥

Join us here
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩Introducing to you our first study group Digital SAT English

📌The group is dedicated for Digital SAT english.You will learn some new strategies to deal with reading and writing questions and improve your comprehension skills.

Club leader : Sadriddin Saloxiddinov 1420
Schedule : Tuesday , Thursday 2:30 p.m

Want to be part of our club?
Fill this form.

P.S Hurry up, spots are limited.

Telegram ✈️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Fransiya

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Fransiya Respublikasi Prezidentining Kontinental Yevropa va Turkiya bo‘yicha maslahatchisi Izabel Dyumon va Fransiya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aureliya Bushez bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bo‘ylab kampus-tur tashkil qilinib, unda maktab faoliyati hamda o‘quvchilar erishgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi.

✔️ Ikki tomonlama uchrashuvlar davomida vazir Hilola Umarova mamlakatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar hamda vazirlik tomonidan fransuz tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

❗️O'z navbatida Izabel Dyumon O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida e'tirof etdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Fransiyaning “Didier FLE” nashriyotining fransuz tilidagi darsliklar to‘plami Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan fransuz tili ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladigan maktablar uchun taqdim etildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram