Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.72K subscribers
9.89K photos
695 videos
138 files
3.02K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
🔴Prezident taʼlim muassasalari agentligi olimpiadasi davom etmoqda

Bugun, 4-mart kuni Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalarida STEAM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi davom etmoqda.

Toshkent shahrida:

✔️Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda soat 10:00 da kimyo, biologiya fanlaridan 8-sinflarda laboratoriya ishi, soat 14:00 da 9-sinflarda laboratoriya ishi.

✔️Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda soat 10:00 da fizika fanidan 8-sinflarda laboratoriya ishi, soat 14:00 da 9-sinflarda laboratoriya ishi.

✔️Ibn sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda matematika fanidan soat 14:00 da 5-8-sinflarda test.

✔️Prezident maktabida 14:00 da science fanidan 5-7 sinflarda test.

Hududlardagi Prezident maktablarida:

✔️ soat 09:00 da matematika fanidan 5-11-sinflarda va science fanidan 5-7-sinflarda test.

✔️ soat 14:00 da kimyo, biologiya fanlaridan 8-11-sinflarda test.

✔️ soat 14:00 da fizika fanidan 8-11-sinflarda test.
#Digital_generation_ladies
#Taqdirlash_marosimi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari va "Digital Generation Uzbekistan" tomonidan tashkil etilgan "Raqamli avlod qizlari-2022" IT oromgohining yopilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- O'z ustingizda tinimsiz ishlashga bo'lgan intilishingiz tahsinga sazovor, aziz qizlar. "Raqamli avlod qizlari" bu yil ikkinchi marta o'tkazilmoqda va quvonarlisi, biz bu yil yanada ko'proq ishtirokchilarni qamrab ololdik. Umid qilamanki, siz bu yerda o'rganganlaringizni boshqa qizlarga ham o'rgatasiz. Bu yo'lda barchangizga muvaffaqiyat yor bo'lsin.

✔️Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi va eng yaxshi loyiha mualliflari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

📌Eslatib o'tamiz, "Raqamli avlod-2022" IT tadbiri 28-fevral-4-mart kunlari bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar 5 ta yo'nalish bo'yicha tahsil olishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Bayram_tadbiri

Bugun, 5-mart kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan "Yaxshiyam borsiz" nomli bayram dasturi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik direktori Hilola Umarova ochib berib, bayram bilan samimiy tabrikladi:

- Bahor yangilanishlar, bayramlar fasli hisoblanadi. Hammangizni bahor ayyomi bilan, 8-mart bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ayol avvalo ona, ustozdir. Onajonlarimizga, ustozlarimizga, munis ayol-qizlarimizga bayram muborak bo'lsin!

Tadbirda maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan turli sahna ko'rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etilib, qatnashchilarga ko'tarinki ruh bag'ishladi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaroxotinqizlarbayrami #Yaxshiyam #borsiz #IT #school

YAXSHIYAM BORSIZ!

🎈Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 5- mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Yaxshiyam borsiz" nomli bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayramni Prezident ta‘lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

🎉Maktab o‘quvchilari ijrosidagi she‘rlar va raqslar tantanaga o‘zgacha ruh bag‘ilshladi.

🌸Bahor va go‘zallik bayrami barcha tashrif buyurganlarga ko‘tarinki kayfiyat berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bayram so‘ngida maktab ma‘muriyati tomonidan barcha ayol-qizlarga gullar hadya etildi!



ХОРОШО ЧТО ВЫ ЕСТЬ!

🎈5 марта в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразмий при Агентстве Президентских образовательных учреждений состоялось праздничное мероприятие, посвящённое Международному женскому дню.

🎉Праздник открыла руководитель Агентства Президентских образовательных учреждений Хилола Умарова.
Особый колорит церемонии придали стихи и танцы учеников школы.

🌸Не будет преувеличением сказать, что праздник весны и красоты подарил всем гостям приятное настроение.
В завершение праздника всем женщинам школы были подарены цветы!

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Bayram_shukuhi

⚡️Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tantanali marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jamiyat hayotining barcha sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan ayollar, Zulfiyaxonim qizlari, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan chet ellik diplomat ayollar, Xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari bor.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni ushbu ayyom bilan tabrikladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan “Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi” qabul qilinganini ma’lum qildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Agentlik_olimpiadasi
#Baholash_jarayoni

🔴Agentlik olimpiadasining baholash jarayonlari bo'lib o'tmoqda

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda joriy yilning 2-5-mart kunlari STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.

Hozirda olimpiada natijalari yuzasidan baholash jarayoni bo'lib o'tmoqda.

✔️Unda har bir fan bo‘yicha hakamlar hay’ati tashkil etilgan, jarayonlar yo‘riqnoma asosida shaffof, adolatli tarzda olib borilmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube