Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.68K subscribers
9.83K photos
691 videos
138 files
3K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Muhammadali #Eshonqulov #uchrashuv #motivatsiya

Muhammadali Eshonqulovdan "Muvaffaqiyatga erishishning 3 siri"!

☑️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktab
da 18-dekabr kuni Patronlar ligasi asoschisi, motivator Muhammadali Eshonqulov bilan qiziqarli uchrashuv bo'lib o'tadi.

✔️Treningda Muhammadali Eshonqulov o‘z muvaffaqiyati sirlari bilan o'rtoqlashar ekan, asosiy e'tibor qaratish kerak bo'lgan 3 jihatni eslatdi:

🔘 Maqsadni katta qo'yish (cho'chimaslik);

⚫️Maqsadga erishish muddatini uzoqroq qo'yish( toki maqsaddan og'ishib ketmaslik);

🔲 Nafaqat har bir kunni, balki har bir daqiqani rejalashtirish.

🔜Shuningdek, mehmon maqsadni to‘g‘ri qo'yish, hayotdagi vazifani aniqlab olish muhim ekanligini ta'kidlab, irodani chiniqtirish mavzusiga ham to'xtaldi.

❗️Muhammadali Eshonqulov har qanday maqsadga erishish yo'lida asosiy yordamchi -ko'p kitob o'qish ekanligini ham eslatib o'tdi.

🦾Uchrashuv o'quvchilarga o'z oldiga qo'ygan maqsadlari yo'lida harakat qilishlari uchun katta motivatsiya bo'lishiga ishonamiz!

Fotolavhalar

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
❗️21-dekabr kuni "Yoshlar forumi 2021" tadbiri doirasida tashkil etiladigan uchrashuvda "Ta'lim - taraqqiyot poydevori" mavzusida ma'ruza qilaman.

Ta'lim sohasiga befarq bo'lmagan faol yoshlarning barchasini ushbu tadbirga taklif etaman.

Albatta keling, ta'limning zamonaviy usullari barchamiz uchun muhim va dolzarb mavzu!

❗️Darvoqe, eng faol ishtirokchilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Tadbir joyi va vaqti: “Tashkent City Congress Hall”ning “Shosh” zali, 21-dekabr` soat 10:00.
#Yoshlar_forumi

🔰 Ayni paytda Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O'zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar o'quvchilari ishtirokida “Zamonaviy ta’lim bolalar nigohida – Z Avlod” a'lochilar forumi bo‘lib o'tdi.

🔹 Shu munosabat bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarovaning o'quvchilar bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va o'z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

📌 Ochiq muloqotda faol ishtirok etgan va eng yaxshi taqdimot egalari sovg'alar bilan taqdirlandilar.
#gdteam #itschool #web #it

GD TEAM LOYIHALARI DAVOM ETMOQDA

🤩Har dushanba va juma kunlari soat 15:00 da web yo'nalishiga qiziquvchilar uchun bepul darslar!

🌟 GD Team tomonidan tashkillashtirilayotgan ushbu darslarni 4 yillik tajribaga ega bo'lgan Maftuna Vohidjonovna olib boradi.

📌Guruhga havola

Telegram | | Instagram
#victory #exploring #good #time #relax

🗓 2021-yil 19 - dekabr kuni ‘’G‘alaba bog‘i’’ da Yoshlar festivali bo’lib o‘tdi.

🧑🏻‍✈️ Festivalda Mudofaa vazirligi taklifiga binoan al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab o‘quvchilari ham ishtirok etdi.

👨🏼‍✈️🦮Festivaldan maqsad, yoshlarning Vatanga bo’lgan muhabbat tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, vatan himoyasi, uning manfaatlari hayotining ajralmas bir qismi ekanligini ongiga singdirishdir.

🎺 Festival doirasida tashkil etilgan turli ko‘ngilochar tadbirlar harbiycha hayot haqidagi tasavvurlarini boyitish bilan birga vatanravnaqi uchun mas’ullik hissini tuyishga va ardoqlashga yo‘naltiruvchi g‘oya berishi bilan ham muhim. Harbiy dala oshxonasi, harbiy texnika namoyishi, vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar o‘quvchilar qalbida o‘chmas yorqin xotiralar qoldirdi.🎷

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida 19-20-dekabr kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan kelgan bolalar ishtirokida “Zamonaviy ta’lim bolalar nigohida – Z Avlod” forumi bo‘lib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
👉🏻 @yoshlarforumi
Veb-sayt | Facebook | Twitter
YouTube | Instagram | TikTok