Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.62K subscribers
10K photos
698 videos
138 files
3.06K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#football #sport #final

⚽️Eslatib o'tamiz, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda maktab ma'muriyati tomonidan "Direktor kubogi" uchun futbol musobaqasi tashkil qilingan edi.

🏆 Ayni paytda musobaqa avj pallasida. Uzoq kutilgan va shov-shuvlarga sabab bo’layotgan final uchrashuvi 9-dekabr kuni soat 15:00da maktabning futbol maydonida bo’lib o’tadi. Finalda 10-01 sinfi 11-04 sinfiga qarshi bahs olib boradi.

🥇🥈🥉G’olib jamoani tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan “Direktor kubogi” va qimmatbaho sovg’alar kutmoqda.

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#corruption #december9th

‼️9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni!

Korrupsiya bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir.

⛔️ Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

🚫 Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#cloud #girls #comunity

LOYIHA G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI!

👩🏻‍⚖️
Avvalroq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchi qizlar uchun yangi loyiha tashkil etilgani haqida xabar bergandik.

📢 Bugun 9-dekabrda maktab tashkiliy bo'lim sardori Umarova Kifoyat muallifligidagi "Cloud Girls" klubi a‘zolarining raqamli texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishgan ayollar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🙋🏻‍♀️ Klubning qisqa vaqt ichida raqamli texnologiya bo‘yicha o‘z loyihasini yaratgan va bu orqali qizlar "community"sini shakllantirishga erishgan a‘zolari sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

👩🏻‍💼 Sovg‘alarni Prezident ta‘lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova topshirdi.

💻 Raqamli texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishgan ayol-qizlar qatorini kengaytirish yo‘lida olib borilayotgan bu kabi loyihalar albatta o‘z samarasini beradi, deb o‘ylaymiz!

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#sport

⚽️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda Futbol musobaqasining final bosqichi g‘oliblari taqdirlandi!

🏃🏻🏃🏻‍♂️ Maktabimizning jismoniy tarbiya va sport boʻlimi tomonidan “Biz yoshlar doimo sport bilan” shiori ostida "Direktor kubogi" uchun o‘tkazilgan futbol musobaqasining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Murosasiz bo'lgan uchrashuvda 10-01 jamoasi 11-04 jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etdi.

🏆 Taqdirlash marosimida maktab direktori Hilola Umarova g‘olib jamoaga "Direktor kubogi" ni topshirdi. Shuningdek, musobaqaning barcha qatnashchilari qimmatbaho sovg'a va sertifikat bilan taqdirlandilar.

🤸‍♀️ Taqdirlash marosimi so‘ngida Hilola Umarova jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yoʻnalishlaridan biri ekanligini, sport aholi salomatligini mustahkamlash va yosh avlodni sogʻlom hamda barkamol etib tarbiyalashda asosiy omil ekanligi haqida gapirdi.

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#National #Anthem #Uzbekistan #Proud

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 MADHIYANGNI KUYLAYMAN, VATAN! 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🤩 10-dekabr – O‘zbekiston madhiyasi qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan o‘quvchi-yoshlarimizning qalbida, ong-u shuurida Vatan tuyg‘usini yuksaltirish, oilasiga va xalqiga sadoqatli farzandlar bo‘lib voyaga yetishishi hamda davlatimiz ramzini milliy g‘urur timsoli sifatida ulug‘lash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy maktabida “Vatanimni madh etaman!” nomli tanlov o’tkaziladi. Tanlov 2 yo‘nalishda tashkil etiladi:

-Davlat madhiyasini sinflar kesimida kuylash; 📹

-mavzuga oid rasm va maqolalar tanlovini o‘tkazish.🖊📷

🗓 Tanlov muddati 11-dekabr.
🎁 Tanlov g‘oliblari maktab ma’muriyati tomonidan rag‘batlantiriladi.

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Anthem #10dec

MADHINGNI KUYLAYMAN, VATAN!

🇺🇿Xabar berganimizdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 10-dekabrO‘zbekiston madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “MADHINGNI KUYLAYMAN, VATAN!” nomli tanlov tashkil etilgandi.

🔍Bugun shu tanlovning birinchi- davlat madhiyasini sinflar kesimida kuylash bosqichi hay’at a’zolari tomonidan baholandi.

🕰Shuningdek, har bir sinfda o‘tkazilgan ma’naviyat soati ushbu qutlug’ sanaga bag’ishlandi. Darsda o‘qituvchilar yurtimiz madhiyasi qabul qilinish tarixiga doir ma'lumotlarni o'quvchilarga yetkazish bilan birga madhiyani ham birga kuyladilar.

🇺🇿O‘quvchi-yoshlarning qalbida eng oliy tuyg’u -Vatan tuyg‘usini shakllantirishda, ularni xalqimiz uchun munosib farzand sifatida tarbiyalashda bunday tanlovlar o‘z samarasini albatta berajak!

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web