Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.5K subscribers
10.3K photos
713 videos
138 files
3.1K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #Tashrif

Bugun, 14-oktabr kuni Hindistonning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Manish Prabhat va ikkinchi kotib Aditi Walunch Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lib, Agentlik faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlarga Investitsiya vazirligi vakillari hamrohlik qilishdi.

🔸Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, xususan Agentlik tasarrufidagi maktablarga grantlar ajratish, mazkur maktablarda maxsus laboratoriyalar faoliyatini yo'lga qo'yishda ko'maklashish, o'zaro almashinuv dasturlari hamda Hindistondan malakali kadrlarni jalb qilish masalalarini muhokama qildilar.

⚡️Tashrif so'ngida mehmonlarga Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga ekskursiya tashkil etilib, maktab faoliyati hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab ekoqo'mita a'zolariga seminar - treninglar o'tkazildi.

🌳Bugun, 15-oktyabrda "Eko-Zamin" dasturi doirasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarga 102-ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 🥗"To'g'ri ovqatlanish" va🪴 "Tuproqdan oqilona foydalanish" mavzularida seminarlar bo'lib o'tdi.

☀️Tadbir ko'tarinki kayfiyatda, musobaqalar hamda qiziqarli o'yinlar tarzida o'tkazildi.

🍀«Zamin» fondi eko-ta’limni zamonaviy turmush tarzining muhim asosi deb hisoblaydi va atrof-muhit borasida mas’uliyatli avlodni tarbiyalashni maqsad qilgan.

Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Huawei

🦾Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari "Huawei" tashkilotiga kognitiv sayohat.

👨🏽‍💻Bugungi kunda katta imkoniyatlar taqdim etgan fan yangiliklari go‘yo ertangi kungacha yanada yangi qirralarini ochib, boyib bormoqda. Kechagi yangiliklar esa asta tarix zarvaraqlaridan joy olib, o‘tmishga aylanmoqda. Zamonaviy axborot tashuvchi qurilmalar va gadjetlar bilan tanishish maqsadida “Huawei” bo‘ylab sayohatimizni davom ettiramiz.

💻“Huawei” tashkilotining transport va logistika💡, turizm sohalari hamda oziq-ovqat, quyosh, shamol va suv energiyasi sanoatida, xavfsiz shahar🖥 va so'nggi AT sohasidagi qurilmalarni📱⌚️ ishlab chiqarishdagi erishilgan yutuqlar namoyishi tashkil etildi.

🏆Mazkur tashrif "Seeds for the future" dasturi doirasida amalga oshirilgan bo'lib, 8-noyabrda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabida mazkur dasturning final bosqichi hamda hakaton o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍏16 oktabr - Butunjahon oziq-ovqat kuni.

Nima uchun bu kunni nishonlash butun sayyora uchun juda muhim? Chunki oziq-ovqat mahsulotlarini qanday ishlab chiqarishimiz, iste'mol qilishimiz va afsuski, tashlab yuborishimiz atrof-muhit va iqlimga katta zarar keltiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish ko'p hollarda tabiiy yashash muhitining degradatsiyasi yoki yo'q qilinishiga va biologik turlarning yo'q bo'lib ketishiga olib keladi.

Butunjahon oziq-ovqat kunini qo'llab-quvvatlash maqsadida shu kunlarda butun O'zbekiston bo'ylab "Zamin" fondi FAO, Xalq ta'limi vazirligi va Prezident muassasalari agentligi bilan hamkorlikda to'g'ri ovqatlanish va yerdan oqilona foydalanish bo'yicha ochiq darslar, seminarlar, treninglar, mahorat darslari tashkil etadilar.

🌱Esingizda bo'lsin: bizning kelajagimiz o'z qo'limizdadir!

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🍏16 октября – Всемирный день продовольствия.
Почему празднование этого дня так важно для всей планеты? Потому что то, как мы производим, потребляем и, к сожалению, выбрасываем продукты питания, наносит большой ущерб окружающей среде, климату. Производство продовольствия слишком часто приводит к деградации или разрушению естественной среды обитания и к вымиранию биологических видов.

В эти дни по всему Узбекистану в знак поддержки Всемирного дня продовольствия Фонд Zamin совместно с ФАО, МНО и АПУ проведут открытые уроки, семинары, тренинги, мастер-классы по правильному питанию и рациональному использованию почв.

🌱Помните: наше будущее в наших руках!

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram
#ochiqdars

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab “Adiblar xiyoboni”da bo'lishdi.

🗽Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga oid fanlarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktabi ona tili va adabiyot o’qituvchilari o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan fan oyligi doirasida bugun 2021-yil 16-oktabr kuni 6-sinf o’quvchilari bilan “Adiblar xiyoboni”da “Til-millat ko’zgusi”mavzusida ochiq darslar tashkil qilishdi.

📚Ochiq darsda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi O’zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O’zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim G’afurov, shoir G’ayrat Majid va uyushmaning boshqa a’zolari ishtirok etib, o‘quvchilarning adabiyot haqidagi fikr-mulohazalarini, yodlagan she’rlarini tinglab, ijodiy maslahatlar berishdi.

Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web