Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.7K subscribers
9.85K photos
692 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabida “ICT Fest” festivali bo'lib o’tdi. Mazkur festivalning boshida Prezident, ijod va ixtisoslashtrilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova hamda O‘zbekistondagi HUAWEI kompaniyasining direktori Liu Jiaxin so'zga chiqib, yoshlarning innovatsion g'oyalari doimiy qo'llab-quvvatlanishi lozimligi, ushbu tadbir ham ayni shu maqsadga xizmat qilishini ta'kidlab o'tdilar.

Maktab hovlisida, HUAWEI kompaniyasining maxsus axborot-texnologiyalari hamda innovatsiyalarga bag‘ishlangan qurilmalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, festival mehmonlari PIIMA tasarrufidagi maktablar ustoz va o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kitoblar, hamkor tashkilot va o’quvchi yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan robototexnik uskunalar (robot, dronlar) ko‘rgazmalarini ham katta qiziqish bilan kuzatishdi.

Kibersport bo‘yicha yoshlar orasida mashxur bo’lib ulgurgan “Yakudza” tomonidan maxsus master klass ham bo’ldi. Qatnashuvchilar o‘zlari ham PUBG mobil o‘yinlarida ishtirok etishdi va ayni shu damda yozgi ta'tilning ilk kunlari boshlanganini his etishdi.

Festival doirasida robototexnikaning 4 yo'nalishi:
-robosumo;
-robosoccer;
-linefollower;
-freestyle bo'yicha respublika turniri (kattalar va kichkinalar kategoriyasi) o‘tkazildi.

Festival yakunida g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
__________
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktabi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining Agentlik maktablari bitiruvchilariga tabrigi.
#Bitiruvchi_2021

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bitiruvchilariga bag'ishlab soʻnggi qoʻng'iroq tadbiri boʻlib oʻtmoqda.

Bu yilgi bitiruvchilar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktabning dastlabgi qaldirg'ochlari hisoblanadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Qabul_2021

❗️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabga hujjatlar 1-20 iyul kunlari portal.piima.uz sayti orqali topshiriladi.

🔹Nechanchi sinflarga qabul qilinadi?

▶️ 5-sinf hamda 10- sinfga o'quvchilar qabul qiladi.

Hujjatlar:
- elektron ariza;
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi elektron nusxasi;
- 3x4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan);
- 2020-2021 o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan elektron nusxasi;
- ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakillari) fuqarolik pasporti ma’lumotlari (qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi notarial hujjat); telefon raqamlari.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉🇺🇿Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi nomidan O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri - Shuxrat Muxamadjanovichni tavallud ayyomlari bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

Hurmatli Shuxrat Muxamadjonovich, Sizga mustahkam sog'lik, uzoq umr va oilaviy baxt tilaymiz. Yurt - millat kelajagi uchun jon kuydirib qilayotgan ishlaringizda kuch va shijoat sizni aslo tark etmasin! Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!
_____
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi axborot xizmati
Telegram|Instagram | Youtube | Facebook
#Imtihon_2021

Endi ixtisoslashtirilgan maktablarga ariza topshirgan nomzodlar o'z bilimlarini sinab ko'rish imkoniyatiga ega!

Agentlik tizimidagi:

▶️Abu Ali ibn Sino nomidagi Yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
▶️Muhammad al Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi;
▶️Mirzo Ulug'bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar kirish imtihonlari uchun namunaviy testlar
edu.piima.uz platformasida e'lon qilindi.

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarga ariza topshirib, arizasi tasdiqlanganiga 24 soat bo'lgan nomzodlar
edu.piima.uz platformasiga kirib, bilimlarini sinab ko'rishlari mumkin.

🔰edu.piima.uz platformasida o'z bilimini sinab ko'rmoqchi bo'lgan talabgorlar uchun:

🔸Login - har bir nomzodning ID raqami
🔸Parol - Demo#123

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Xushxabar!

27-Xalqaro matematika musobaqasi (IMC) natijalari e'lon qilindi.
Xalqaro matematika musobaqasida dunyoning 36 davlatidan yosh matematiklar ishtirok etdi. Bugun mazkur musobaqaning yakuniy natijalari e'lon qilindi.

🔷Musobaqaning yakka tartibda o‘tkazilgan bahslarida o’zbekistonlik yosh matematiklar 4 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Ular orasida Muhammad al Xorazmiy maktabi o’quvchisi, Axtamov Ozod - (Bronza) hamda Asilbek Sunnatovlar ham bor!

🔷Jamoaviy bahslarda esa kichik yoshlilar jamoamiz 3 o'rin (4 ta bronza) ni qo'lga kiritgan bo'lsa, katta yosh toifasida ishtirok etgan o'quvchilarimiz 2 o'rin (4ta kumush) ga munosib ko'rildi.

Ushbu g‘alaba bilan barcha ishtirokchilarni, ularning ustozlari hamda ota-onalarini tabriklaymiz.
📣📣 New Uzbekistan University invites talented youth for admission for the academic year 2021/2022!

A new innovative system, international standards and modern trends, as well as a unique educational system. All this is at the New Uzbekistan University. You have the opportunity to become the first student of this university.

🔖 Directions and admission quota:
🔹Mechanical Engineering (100)
🔹Chemical Engineering (100)
🔹Software Engineering (100)

📌 Documents:
• a copy of the passport (with a permanent address page);
• a certificate of completion of general secondary education (on the basis of the 11th grade) or an institution of secondary specialized education
• certificate of knowledge of the English language (minimum IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);
• an electronic version of a photo, taken in the last three months.

❗️ Applications for admission to the New Uzbekistan University will be accepted online through https://newuzbekistanuniversity.uz/ until August 15, 18:00.

Special 100% grants are also available for talented students!

Hurry up, you have a chance to become the first student of the New Uzbekistan University!
====================================
📣📣“Yangi O’zbekiston” Universiteti 2021/2022 o’quv yili uchun iqtidorli yoshlarni o'qishga taklif qiladi!

Yangi innovatsion tizim, xalqaro standartlar va zamonaviy tendentsiyalarga ega «Yangi O'zbekiston» Universitetning birinchi talabasi bo'lish imkoniyati mavjud!

🔖”Yangi O’zbekiston” Universiteti yo‘nalishlari va qabul kvotasi:
🔹Mexanika muhandisligi (100 o’rin)
🔹Kimyo muhandisligi (100 o’rin)
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi (100 o’rin)

📌Talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);
umumiy o'rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);
Oxirgi uch oy ichida olingan fotosuratning elektron varianti.

❗️ Universitetiga kirish uchun arizalar https://newuzbekistanuniversity.uz/ orqali 15 avgust soat 18:00 gacha onlayn tarzda qabul qilinadi.

Iqtidorli yoshlar uchun 100% grantlar ham mavjud!

Shoshiling, sizda «Yangi O'zbekiston»Universitetining birinchi talabasi bo'lish imkoniyati bor!
_______________________
New Uzbekistan University
📄2021/2022 o'quv yili uchun qabul natijalari!

Talabgorlarga sms-xabarnoma yuboriladi, Javoblarni ariza.piima.uz saytidagi "Shaxsiy kabinet" orqali yoki maktabning rasmiy veb sayti orqali bilib olish mumkin.

👉 https://ictschool.uz/qabul-natija/
_____
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi axborot xizmati
Telegram|Instagram | Youtube | Facebook