Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.52K subscribers
10.2K photos
709 videos
138 files
3.1K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Bilim #IT

“IT BILIM” MAKTABIMIZDA! 💻

📣Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda soha yetakchilardan biri “IT Bilim” jamoasi mehmon bo‘ldi! 10-11-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Bilgi.uz platformasining imkoniyatlari hamda o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun platformaning ta’lim jarayonidagi muhim xizmatlari tanishtirildi. Shuningdek, IT-ta’lim uchun imtiyozli shartlar va muddatli to‘lov imkoniyatlari ham e’tirof etildi. Alohida e’tibor xalqaro sertifikatlash imkoniyatlarini taqdim etuvchi Pearson VUE test markaziga qaratildi. “IT Bilim” qoshida ochilgan mazkur test markazi o‘quvchilarga o‘z bilimlarini mustahkamlash, malaka oshirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida ustunlikka ega bo‘lish imkonini yaratadi.

📌Tadbir davomida mutaxassislar zamonaviy IT yo‘nalishlari, dasturlash, tarmoq texnologiyalari, kiberxavfsizlik, shuningdek, xalqaro IT sertifikatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga soha ustozlaridan qimmatli tavsiyalar olish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.

🎁Tadbir interaktiv tarzda o‘tkazildi! “IT Bilim” vakillari tomonidan berilgan savollarga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar! Bu esa, albatta, tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

💡Bunday tadbirlar yoshlarning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish hamda kelajak kasblari haqida tushuncha berish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

IT Bilim jamoasiga qiziqarli va foydali uchrashuv uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz! 🤝Kelgusida bu kabi tadbirlar yana tashkil etilishi rejalashtirilgan!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#al_khwarizmi #eco_union #eco_zakovat

EKO-ZAKOVAT

🟩 "Eco schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan “Eko-Zakovat” tadbiridan videolavha.▶️📺
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʻlon #tanlov #Navoiy #Bobur #конкурс

E’LON


🔈Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 5-11-sinflar o’rtasida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi!

📌 Tanlov shartlari:
1. Videorolik mavzusi: “Navoiyning betakror ijodiga nazar” va “Boburning tarixiy merosi”.
2. Rolik davomiyligi: 3daqiqa
3. Ishda ijodiy yondashuv, tarixiy faktlar va ma’naviy qadriyatlar aks ettirilishi kerak.
4. Videolar o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan tayyorlanishi lozim.

🗓 Ishlarni topshirish muddati:
2025-yil 8-fevral
soat 17:00 gacha.

🏆 Eng yaxshi ishlar orasidan 5-8 va 9-11 sinflar o’rtasida g’oliblar aniqlanadi!

📩 Ishlarni [+998 90 965 87 12 telegram raqam] orqali topshirishingiz mumkin.

O‘z mahoratingizni namoyish eting va tarixiy merosni yodga olishga hissa qo‘shing❗️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AdmissionsCommunity #SATMock #SATMakon

📣 Admissions Community: SAT Mock imtihoni endi BEPUL!

"Admissions Community" va "SAT Makon" hamkorligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari uchun bepul SAT mock imtihoni tashkil etilmoqda!

🗓 Sana: 8-fevral
🕚 Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
💻 Format: Kompyuterda test topshirish
✔️Kimlar qatnashishi mumkin? Istalgan sinf o‘quvchilari

Nima uchun bu muhim?
Real test muhiti – Haqiqiy SAT imtihoni muhitda test topshirish orqali tayyorgarlik darajangizni sinaysiz.
1520+ ball to‘plagan mentorlar bilan tahlil – Test natijalari yuqori ball to‘plagan mentorlar tomonidan tahlil qilinadi.
Bunda xatolar ustida ishlash imkoniyati va natijalarni yaxshilash bo‘yicha manfaatli maslahatlar!
Asl SAT savollari – Imtihonda haqiqiy SAT testlaridagi savollardan foydalaniladi. Bu esa haqiqiy testga tayyorgarlik ko'rish imkonini beradi.

📌 Maqsadingiz SAT dan yuqori natijaga erishish bo‘lsa, bu - Siz uchun eng yaxshi imkoniyat!
Ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!


📝 Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havoladan foydalaning:
https://forms.gle/eD36Xum9Kz5zmSWD9


📣 Admissions Community: SAT Mock Exam is now FREE!

A free SAT mock exam is being organized for students of Muhammad al-Khwarizmi Specialized School in collaboration with Admissions Community and SAT Makon!

🗓 Date: February 8
🕚 Time: 11 A.M.
📍 Location: Muhammad al-Khwarizmi Specialized School
💻 Format: Computer-based test
✔️Who can participate? Students of any grade level

Why is this important?
Real test environment – Take the test in conditions similar to the actual SAT and assess your preparation level.
Analysis with 1520+ score mentors – Your results will be reviewed by top-scoring mentors who will analyze your mistakes and provide guidance on improving your performance.
Authentic SAT questions – The mock exam includes real questions from past SAT tests, helping you better prepare for the actual exam.

📌 If your goal is to achieve a high score on the SAT, this is the best opportunity for you!
Don't miss your chance!


📝 Register now using the link below:
https://forms.gle/eD36Xum9Kz5zmSWD9

😎 Admissions Community
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#standartlashtirish #sayohat #sifat #nazorat #laboratoriya
#metrologiya

TEXNOLOGIYA DUNYOSIGA SAYOHAT


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-01 sinf va bir guruh 11-sinf o‘quvchilari hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun yetakchi ilmiy va texnik markazlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining “Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyasi”ga sayohat tashkil qilindi.🔍

💡Bu yerda o‘quvchilarimizga o‘lchov texnikasi va uning amaliy qo‘llanilishi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini tekshirish bo‘yicha ma’lumotlar olish imkoniyati yaratildi. Bunday ekskursiyalar o‘quvchilarning ilm-fan, texnologiya va sanoat sohalariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

Ushbu tashrif nafaqat o'quvchilarning nazariy bilimlarini kengaytirish, balki amaliy tajribalar orqali ularga yangi ko‘nikmalarni o‘rgatish maqsadida amalga oshirildi. Shubhasiz, bunday tajribalar yosh avlodni ilm-fan va texnologiya dunyosiga yaqinlashtiradi, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam asos yaratadi.🥼

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi jamoasiga samimiy qabul va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM