#PIIMAMUN2025 #ModelUN
#FutureDiplomats #Debate #LeadershipDevelopment #InternationalRelations
#PIIMA #MUN #ModelUnitedNatuons
KELAJAK LIDERLARI UCHUN MUNOSIB TAJRIBA MANBAI
🇺🇿 🇺🇳 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 26-yanvar kuni BMT Modeli - Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining 2-mavsum simulyatsiyasi tashkil qilindi. Mazkur tadbirda Toshkent shahridagi maktablardan ikki yuzga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdilar. Tadbir BMT Modeli (Model United Nations, MUN) - Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining rekreatsiyasidir. Bu o‘quvchilarni global muammolarni hal qilishga jalb qilish hamda ularga yechim topishda xalqaro yondashuv bilan ijodiy fikrlashga undaydi.
🌍 Tadbir davomida asosiy qo’mita simulyatsiyasini o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O’quvchilar ushbu yo’nalish bo’yicha dunyo hamjamiyati misolida o’rgangan mamlakatlari asosida fikrlab o’z xulosalarini davom ettirishadi.
O‘quvchilar o‘zlarining mamlakatlari nomidan ishtirok etib, xalqaro miqyosdagi muammolarni hal qilish uchun yechimlar ishlab chiqadilar. Bu jarayon ularni ijodiy fikrlashga, muammolarni turli nuqtai nazardan ko‘rishga va xalqaro hamkorlikda ishlashga o‘rgatadi. Eng asosiysi,tadbirda ishtirok etish o‘quvchilarda jahon siyosati va global muammolarni tushunish, ijtimoiy va siyosiy masalalarga yondashuv, kommunikatsiya hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berdi. 🗺
_
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Web 🌐 Youtube 🌐 Linkedi
#FutureDiplomats #Debate #LeadershipDevelopment #InternationalRelations
#PIIMA #MUN #ModelUnitedNatuons
KELAJAK LIDERLARI UCHUN MUNOSIB TAJRIBA MANBAI
O‘quvchilar o‘zlarining mamlakatlari nomidan ishtirok etib, xalqaro miqyosdagi muammolarni hal qilish uchun yechimlar ishlab chiqadilar. Bu jarayon ularni ijodiy fikrlashga, muammolarni turli nuqtai nazardan ko‘rishga va xalqaro hamkorlikda ishlashga o‘rgatadi. Eng asosiysi,tadbirda ishtirok etish o‘quvchilarda jahon siyosati va global muammolarni tushunish, ijtimoiy va siyosiy masalalarga yondashuv, kommunikatsiya hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berdi. 🗺
_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AKITA #Korea
AKITA UNIVERSITETIGA MAQSADLI TASHRIF
📣 28-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchilari AKITA universiteti kampusiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif davomida o‘quvchilar universitetning ilg‘or infratuzilmasi, zamonaviy o‘quv jarayonlari va innovatsion texnologiyalar bilan tanishib, ta’lim sohasidagi yangi yondashuvlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🇺🇿 🇰🇷 Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, AKITA O‘zbekistonda global IT iqtidorlarini yetishtirib chiqarish maqsadida tashkil etilgan. AKITA taʼlim dasturi “Koreyaning KOSA IT taʼlimi dasturi sertifikati”ga ega bo‘lib, o‘quvchilarga Koreyaning IT sohasidagi universitetlarida o‘qish va malaka oshirish , shuningdek, Koreya IT bozorida faoliyat yurituvchi kompaniyalarga ishga joylashish uchun turli imkoniyatlar yaratib beradi.
Tashrif davomida o‘quvchilar turli laboratoriyalarni, kutubxonalar va ilmiy markazlarni ko‘rishdi, shuningdek, universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan maxsus seminarlar va taqdimotlar orqali zamonaviy ilmiy yutuqlar va kelajakdagi ta’lim imkoniyatlari haqida yangi bilimlarga ega bo‘lishdi.🔭
Bizning maqsadimiz o‘quvchilarni dunyo miqyosida yetakchi bo‘lgan ta’lim muassasalarining imkoniyatlari bilan tanishtirish, ularning ilmiy yutuqlarga erishish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashdir.
🤝 Bunday tashriflar kelajakda ham ilmiy tadqiqotlar, yangi texnologiyalar va loyihalar bo‘yicha hamkorlikka asos bo‘lib, o‘quvchilarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi, degan umiddamiz.
_
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Web 🌐 Youtube 🌐 Linkedi
AKITA UNIVERSITETIGA MAQSADLI TASHRIF
Tashrif davomida o‘quvchilar turli laboratoriyalarni, kutubxonalar va ilmiy markazlarni ko‘rishdi, shuningdek, universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan maxsus seminarlar va taqdimotlar orqali zamonaviy ilmiy yutuqlar va kelajakdagi ta’lim imkoniyatlari haqida yangi bilimlarga ega bo‘lishdi.