Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.48K subscribers
10.3K photos
715 videos
138 files
3.11K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#al_khwarizmi #eco_union #eco_zakovat

EKO-ZAKOVAT G'OLIBLARI BILAN TANISHING!

Yurtimizning kelajagi yorqin bo'lishi uchun bizning har birimiz o'z hissamizni qo'shishimiz kerak!

🌲🌳"Eco schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Toshkent shahridan 20 ga yaqin maktablar uchun ekozakovat tashkil etildi!

Ekozakovatda ishtirok etgan maktablarimiz o'zlarining ekologik bilimlari va amaliy faoliyatlari bilan o'zaro bellashdilar. Natijalar quyidagicha:
1️⃣-o'rin: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab;
2️⃣-o'rin: Yashnobod tumani 61-maktab;
3️⃣-o'rin: Toshkent Prezident maktabi.

⚡️G'oliblarni chin dildan tabriklaymiz! Ularning ekologik faoliyatlari va g'oyalari bizni hayratga soldi! Barcha ishtirokchilarga o'zlarining harakatlari va ekologik ongiga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Kelajak avlodi uchun yashil va barqaror kelajak yaratishda hammamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak! "Eco schools Uzbekistan" loyihasi va ekozakovat tadbiri bizning bu maqsadga erishishda muhim qadamdir!🌱
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IELTS

OLIY MAQSAD SARI

Doimiy ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishga intilib, har bir imkoniyatdan maksimal darajada foydalanadigan o‘quvchimiz Sardorbek Abdumanabov  xalqaro IELTS imtihonidan 8.0 ball olishga muvaffaq bo‘ldi! 10-04 sinf o'quvchisi bo'lgan Sardorbekning bu yutug'i uning mehnatsevarligi, qat’iyati va intiluvchanligining natijasidir. 🔥

📌Bundan tashqari, SAT testidan 1500 ball qo‘lga kiritgan Sardorbek ijtimoiy loyihalarda ham faol ishtirok etib, "Al-Xorazmiy Volontyorlari" tashkilotining asoschisi sifatida ko‘plab yoshlarni ilhomlantirib kelmoqda. Ushbu loyiha doirasida u ko‘ngilli ravishda jamiyat rivoji uchun ko‘plab foydali ishlarni amalga oshirmoqda.

Sardorbekning yutuqlari nafaqat o‘z sinfdoshlari, balki barcha maktab jamoasi uchun namunadir. Ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan uni chin dildan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida yanada baland cho‘qqilarni zabt etishini tilab qolamiz‼️
__
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matematika #Fizika #Informatika

AL-XORAMIY IZDOSHLARI

🧮 Buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiyning jahon ilm-faniga qo‘shgan ulkan hissasini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, qolaversa, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy olimpiadasining birinchi maktab bosqichi maktabimizda tashkil etildi.

🔭Aniq va tabiiy fanlardan o’quvchilarning olgan bilimlari va mehnatini yuzaga chiqaradigan jarayonda maktabimizning 7-8 sinflari qamrab olindi. Bunda o ‘quvchilar orasidan eng iqtidorli va bilimdonlari saralanib olindi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra, matematika fanidan:
🥇-o‘rin: Tuliboyeva Lobar; (7-sinf)
🥈-o‘rin: Jonizokov Shohjahon; (7-sinf)
🥉-o‘rin: Abdisamatova Shaxlo; (7-sinf)
🥇-o‘rin: Jumanov Shavkat; (8-sinf)
🥈-o‘rin: Toxirov Fayzulloh; (8-sinf)
🥉-o‘rin: Ilhomov Akobir. (8-sinf)

Science fanidan:
🥇-o‘rin: Sharofov Diyorbek; (7-sinf)
🥈-o‘rin: To'lqinjonova Shahlo; (7-sinf)
🥉-o‘rin: Tohirjonov Bahodirjon; (7-sinf)
🥇-o‘rin: Rustamov Diyorbek; (8-sinf)
🥈-o‘rin: Suyumov Xojibek; (8-sinf)
🥉-o‘rin: Hasanov Mirzo Ulug'bek. (8-sinf)

Informatika fanidan:
🥇-o‘rin: Abduraupov Humoyun; (7-sinf)
🥈-o‘rin: Usmonov Muhammadaziz; (7-sinf)
🥉-o‘rin: Nematullayev Saidkamol; (7-sinf)
🥇-o‘rin: Xaydaraliyev Jahonali; (8-sinf)
🥈-o‘rin: Rahimboyev Behruzbek; (8-sinf)
🥉-o‘rin: Mahmudov Isomiddin. (8-sinf)

O‘quvchilarimizga keyingi bosqichlarda zafarlar yor bo ‘lishini tilab qolamiz. G‘olib bo‘lgan o‘quvchilarimizga, jumladan maktabimiz olimpiada jamoasiga keyingi turda omad va g‘alaba nashidasini tilaymiz.🎉
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hakaton

“Open Data Challenge 2025” natijalari

🚀Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-05-sinf o‘quvchilari Abdullayev Javohir va Egamberdiyev Muzaffar “Open Data Challenge” xakatonida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 🥈-o‘rinni qo‘lga kiritdilar!

An’anaviy tarzda o‘tkaziladigan ushbu yirik tadbir joriy yilda “Yangi O‘zbekiston” Universitetida bo‘lib o‘tdi. Tadbir yurtimizning turli hududlaridan kelgan yosh dasturchilarni birlashtirib, ularga o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish qilish imkoniyatini berdi.⚡️

👨‍💻Xakatonning asosiy maqsadi – ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda turli sohalardagi muammolarni hal qilish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashni rivojlantirishdir. O’quvchilarimiz xakaton davomida o‘zlarining innovatsion fikrlashi va texnologiyalarni samarali qo‘llash qobiliyatlari bilan ajralib turishib hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.

🏆Ushbu yutuqlari bilan ularni chin dildan tabriklaymiz! Kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz va maktabimiz nomini yuksaltirishda davom etishingizga ishonamiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM