Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.54K subscribers
10.4K photos
724 videos
138 files
3.13K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Xalqaro #hamkorlik

XORIJDAN TASHRIF


🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga kelgan Polsha 🇵🇱 va Hindiston 🇮🇳 vakillaridan iborat xorijlik mehmonlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar maktabimizning zamonaviy infratuzilmasi, o'quv jarayoni va o'quvchilarimizning bilim darajasi bilan tanishishdi. Ayniqsa, Hindistondan kelgan vakil, dsaIB maktabi direktori, maktabimizning ta’lim tizimi va o‘quvchilarimizning bilim darajasi bilan qiziqdi. U kelajakda ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Yurtimiz ta’lim tizimida yo‘lga qo‘yilayotgan xalqaro hamkorlik va o‘zaro tajriba almashishlar taʼlim sifati va samaradorligida dolzarb ahamiyat kasb etadi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psixologik #trening

ART-TERAPIYA TRENING MASHG’ULOTI


👦👦Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab psixologi va pedagog-tarbiyachilar hamkorligida 5-sinf o‘quvchilari uchun art-terapiya mashg‘uloti o‘tkazildi.

👩👦Ushbu motivatsion jarayon o'quvchilarga ranglar orqali ruhiyatini o'rganish hamda o'z-o'zini anglashiga va o'z hissiyotlarini namoyon etishlariga yordam berdi. Mashg’ulot davomida o'quvchilardagi stress va ruhiy tushkunlikni ketkazish maqsadida yorqin, tinchlantiruvchi ranglar va bo'yoqlardan foydalanildi.

💡Trening o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘rtasida hayotga bo‘lgan rang-barang qarashlarni shakllantirish, hayot go‘zallikka to‘la ekanligini, o‘zligini namoyon qilish va o‘z-o‘zini bilish qobilyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uyg‘unlashtirish edi.🤝
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psixologik #trening

KASBIM-FAXRIM

🗓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab psixologi tomonidan oktyabr oyida o'quvchilar bilan "Halollik va axloqning kasb tanlashdagi ahamiyati" mavzusida davra suhbatlarii tashkil etildi.

💭Davra suhbatida o'quvchilar kasb tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligi va hozirgi kunda zamonaviy va milliy kasblarning ahamiyati haqida qizg'in bahs- munozaralar olib borildi.

📌Shuningdek, o'quvchilarga kasb tanlash to'g'risida zaruriy bilim va axborotlar berildi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada #ingliz #tili

NAJOT-TA'LIMDA, NAJOT-TARBIYADA, NAJOT-BILIMDA

Hammamiz ko'rib turibmiz: bugungi shiddatli zamon oldimizga qanday og'ir va murakkab vazifalarni qo'ymoqda.

Ularni hal etish va ezgu maqsadlarimizga yetishda, avvalo, yoshlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirishimiz lozim.

Mana shu maqsadda Muhammad al-Xorazmiy nomli ixtisoslashtirilgan maktabida fan olimpiadalari bo'lib o'tmoqda. Joriy yilda Ingliz tili fanidan olimpiada o'tkazildi va uning natijalari bilan sizlarni tanishtiramiz:

9 sinf:
🥇-o'rin - 9-04 sinf - Ibragimova Parizoda;
🥈-o'rin - 9-01 sinf - Ismoilov Muhammadazim;
🥉-o'rin - 9-02 sinf - Sulaymonov Abdurahmon.

10-sinf:
🥇-o'rin - 10-04 sinf - Abdumanabov Sardorbek ;
🥈-o'rin -10-05 sinf - Olimjonova Shirina;
🥉-o'rin - 10-02 sinf - Abdurashidova Madina.

11-sinf:
🥇-o'rin - 11-02 sinf - Ahmedov Asadbek;
🥈-o'rin - 11-04 sinf - Xo'janiyozov Farxodjon;
🥉-o'rin - 11-02 sinf - Akbarov Izzatbeklar egallashdi.

Aziz o'quvchilarimiz, bu yo'lda sizlarga ulkan omadlar tilaymiz. Doim ilm nuri yo'llaringizni yoritsin❗️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Japan #Education #Fair

YAPONIYA- YUQORI INTELLEKT DIYORI


🇺🇿 🇯🇵O‘zbekistonlik abiturientlar va talabalarni Yaponiya universitetlarida ta’lim olish imkoniyatlari bilan tanishtirish, shuningdek, talabalar hamda akademik almashuv sohasida unjversitetlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida poytaxtimizda “Japan Education Fair 2024” ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

📍Ko‘rgazma International Business Centerning 9- qavatida “Urgench” va “Kokand” anjumanlar zallarida soat 9:30 da 17:00 gacha bo‘lib o’tadi.

Yaponiyaning nufuzli universitetlarida o’qish istagida bo’lgan va bu haqda batafsil ma’lumot olishni xohlaganlarni ko’rgazmaga taklif etamiz.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DiplomacyClub #TataristanUzbekistan #YoshDiplomatlar #XalqaroHamkorlik

🇺🇿🇷🇺Tatariston va O'zbekiston maktablari o'rtasida "Diplomacy Club" navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi!

🗺 Ta'til kunlariga qaramay, o'quvchilarimiz diplomatik muloqotlarda faol qatnashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro diplomatik bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan mavzularda qizg‘in muhokamalar olib bordilar. Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, dolzarb masalalarda tajriba almashdilar va madaniyatlararo aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida bir qadam yaqinlashdilar.

🔗 "Diplomacy Club" o'quvchilarimiz uchun xalqaro muloqot va jahon siyosati bo'yicha bilimlarni oshirishda noyob imkoniyat yaratmoqda. Keyingi sessiyalarda ko'rishguncha!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM