Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.77K subscribers
9.65K photos
676 videos
138 files
2.96K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#CHSB #imtihon #yakuniy_nazorat
#online #test #ethernet #time #computer #IT #school

MAQSADLI SINOV


🗓28-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari uchun matematika, geometriya, fizika va ingliz tili fanlaridan 1-chorak yakuni bo'yicha CHSB nazorat sinovlari muvaffaqiyatli tashkil etildi! O‘quvchilarimiz belgilangan tartib va qat'iy nazorat ostida test.apro.uz platformasida onlayn tarzda test sinovlaridan o'tishdi.🖥

✔️CHSB imtihonlari turli sinflar uchun maxsus vaqt oralig‘ida o‘tkazilib, o'quvchilarimiz chorak davomida olgan bilim va ko'nikmalarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Test sinovlari orqali ko‘plab o‘quvchilarimiz yuqori natijalar ko‘rsatib, a'lo baholar bilan muvaffaqiyat qozonishdi.

Aziz o‘quvchilar, sizning intilishlaringiz va mehnatingizning samarasi barchamizni quvontirmoqda! Ilm-fan cho‘qqilarini zabt etishda hech qachon to‘xtamang, o‘zingizga va bilimlaringizga ishoning❗️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro #hamkorlik

XORIJDAN TASHRIF


🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini kuzatish maqsadida yurtimizga kelgan Polsha 🇵🇱 va Hindiston 🇮🇳 vakillaridan iborat xorijlik mehmonlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar maktabimizning zamonaviy infratuzilmasi, o'quv jarayoni va o'quvchilarimizning bilim darajasi bilan tanishishdi. Ayniqsa, Hindistondan kelgan vakil, dsaIB maktabi direktori, maktabimizning ta’lim tizimi va o‘quvchilarimizning bilim darajasi bilan qiziqdi. U kelajakda ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Yurtimiz ta’lim tizimida yo‘lga qo‘yilayotgan xalqaro hamkorlik va o‘zaro tajriba almashishlar taʼlim sifati va samaradorligida dolzarb ahamiyat kasb etadi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psixologik #trening

ART-TERAPIYA TRENING MASHG’ULOTI


👦👦Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab psixologi va pedagog-tarbiyachilar hamkorligida 5-sinf o‘quvchilari uchun art-terapiya mashg‘uloti o‘tkazildi.

👩👦Ushbu motivatsion jarayon o'quvchilarga ranglar orqali ruhiyatini o'rganish hamda o'z-o'zini anglashiga va o'z hissiyotlarini namoyon etishlariga yordam berdi. Mashg’ulot davomida o'quvchilardagi stress va ruhiy tushkunlikni ketkazish maqsadida yorqin, tinchlantiruvchi ranglar va bo'yoqlardan foydalanildi.

💡Trening o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘rtasida hayotga bo‘lgan rang-barang qarashlarni shakllantirish, hayot go‘zallikka to‘la ekanligini, o‘zligini namoyon qilish va o‘z-o‘zini bilish qobilyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uyg‘unlashtirish edi.🤝
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psixologik #trening

KASBIM-FAXRIM

🗓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab psixologi tomonidan oktyabr oyida o'quvchilar bilan "Halollik va axloqning kasb tanlashdagi ahamiyati" mavzusida davra suhbatlarii tashkil etildi.

💭Davra suhbatida o'quvchilar kasb tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligi va hozirgi kunda zamonaviy va milliy kasblarning ahamiyati haqida qizg'in bahs- munozaralar olib borildi.

📌Shuningdek, o'quvchilarga kasb tanlash to'g'risida zaruriy bilim va axborotlar berildi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM