Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.78K photos
687 videos
138 files
2.99K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#ona_tilim_faxrim

OCHIQ DARSLAR HAFTALIGI


🖊 Oktabr- ona tili va adabiyot fan oyligida rejalashtirilgan ishlardan biri -ona tili va adabiyot fanlaridan ochiq darslar tashkil etishdir. Bu an’anani Mavjuda Xamrayeva 2024-yil 16-oktyabr 5-01- sinfda adabiyot fanidan Hamid Olimjonning ”Oygul bilan Baxtiyor» ertak-dostonida obrazlar tahlili mavzusiga bag’ishlangan darsi bilan boshladi. Hafta davomida 11-01- sinf oʻquvchilariga ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Sabohat Rahimiova tomonidan "Nutqning sofligi" mavzusida, shuningdek, 9-04 sinfida Nilufar Raxmatovaning ”Farhod va Shirin” dostonida komil inson talqini mavzusidagi, 8-06 sinfida Malika Xasavovaning “Navoiy ruboiylari tahlili” mavzusidagi va 11-05-sinfda Muhayyo Mamatqulovaning Nasuriddin Rabg`uziyning “Qissasi Rabg’uziy” dostoni mavzusidagi ochiq darslari tashkil etildi.

✒️ Ochiq darslar yangi pedagogik texnologiyalar asosida noan’anaviy usulda olib borildi. Innovatsion metodlar va milliy qadriyatlar uyg’unligidagi darslar o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

Darslar tahlilida O‘quv ishlari bo’yicha direktor o‘rinbosari S. Utepov, maktabning Maxsus fanlar bo’yicha direktor o‘rinbosari F. Ismailov, Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o‘rinbosari U. Odiljonov, ustozlar ishtirok etishdi.

Ona tilimizga Davlat tili maqomining berilganiga 35-yil to’lgani munosabati bilan tilimizni asrab-avaylash, unga bo’lgan mehr-muhabbatni rivojlantirish yo’lida olib borilayotgan ishlar asosini tashkil etadigan ochiq darslar davom etadi.📖
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro #hamkorlik

St. Peter's School vakillarining tashrifi


🇺🇿🇬🇧Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktabida o‘ziga xos va muhim tadbir bo‘lib o‘tdi. St Peter's Schooldan mehmonlar, hurmatli vakillari maktabimizga tashrif buyurishdi.

🏫 St Peter's School – dunyoda ta’lim sohasida yuqori nufuzga ega bo‘lib, innovatsion o‘qitish metodlari va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha yetakchi dasturlari bilan mashhur.

Mehmonlar maktabimiz bo'ylab sayohati davomida o‘quv jarayonlarimiz bilan yaqindan tanishdilar. Ular o‘qituvchilarimiz bilan suhbat qurib, ta'lim jarayonini rivojlantirish bo‘yicha qimmatli maslahatlarini berishdi. 💬

Bu tashrif bizning jamoamiz uchun ta’lim samaradorligini oshishida yanada ko‘proq hissa qo‘shishimiz uchun ilhom manbai bo‘ldi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Davlatimiz rahbari 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qilgan edi.

Muloqotda Prezidentimiz “Yil oʻqituvchisi” tanlovi oʻtkazilib, 208 ta tuman va shahardan gʻolib boʻlgan oʻqituvchilarga sovgʻa sifatida uy-joy berilishini eʼlon qilgan va bu xabarni soha xodimlari katta xursandchilik bilan kutib olgan edi. Oldimizda ushbu tanlovni shaffof, adolatli oʻtkazish vazifasi turibdi. Shu sabab bizga jamoatchilik, ayniqsa hurmatli pedagoglarimiz fikr, takliflarini eshitish muhim.

Tanlov qanday boʻlishi kerak, adolatli boʻlishi uchun qanday jihatlarga eʼtibor berish kerak, ishtirokchilar qaysi mezonlar asosida baholanishi lozim? Takliflaringizni @uzedu_vazirbot manziliga yuboring.

Biz uchun har bir fikr, taklif qadrli.

@hilola_umarova
#Antikorrupsiya

HALOLLIK - MUVAFFAQIYAT KALITI

⚠️ Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olgan. Yurtimizda ham korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida yoshlar orasida targ'ibot va tashviqot ishlari, suhbatlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 🗓 22-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Bosh inspektori Rasulov Mironshox Rahimjon o'g'li tomonidan 9-11-sinf o'quvchilari bilan birgalikda “Korrurpsiyaga qarshi kurashning xalqaro huquqiy asoslari va xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzusida suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi olib borilayotgan amaliy ishlar va uning oldini olishdagi chora-tadbirlar haqida ma'lumotlar berib o'tildi.Har qanday jamiyat bu illatni yo'q qilish uchun eng avvalo inson o'zidan boshlab o'zgarishi lozimligi ta'kidlandi.

Suhbat jarayonida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va tayyorlagan kichik bir videorolik orqali o'z tushunchalarini ifoda etdilar.⚡️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM