#ona_tilim_faxrim
#21_oktabr_Oʻzbek_tili_bayrami_kuni
ONA TILIM – ONAJONIM TILI BU!
🇺🇿 Til – xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Xalqning o‘zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish munim o‘rin tutadi.
Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 21-oktyabr-milliy til bayramimiz sanalgan “Davlat tili” kuni munosabati bilan “Muqaddasim, munavvarim – ona tilim“ nomli tadbir tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchilarimiz tomonidan aytilgan millatning ruhi hisoblangan ona tilimizni asrab-avaylash haqidagi maqol va kuy- qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi. Shuningdek, tilimizdagi bebaho xazinalarni qunt bilan o‘rganish va tilimizning sofligiga putur yetkazmaslik haqidagi sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha taassurot baxsh etdi.
Aziz o‘quvchi yoshlar! Barchamiz uchun eng qadrli va muqaddas bo‘lgan ona tilingizni seving, ardoqlang va uning rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Bir sado jahon bo‘ylab
Taraldi, tog‘lar oshdi.
Bu sado yangrar hamon,
Sira ado bo‘lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim o‘lmaydi!
_
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Web 🌐 Youtube 🌐 Linkedin

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik
IB XALQARO DASTURI
☄️ XXI asrning jadal rivojlanayotgan dunyosida bolalarni kelajakdagi muammolarga tayyorlashda ta’lim hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Xalqaro bakalavr dasturi (IB) – bu 21-asrning yuqori akademik qat’iyligi va ko’nikmalarini rivojlantirishga yo’naltirilganligi bilan butun dunyoda tan olingan o’rta ta’lim dasturi.
Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB xalqaro dasturi va bu dastur bo‘yicha maktab o‘quvchilarining maqsad va vazifalari xususida maktabning 8-9-sinf ota-onalari bilan seminar- tashkil etildi.
💬 💭 Bunda ota-onalar IB xalqaro dasturining MYP bosqichi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ushbu dastur o‘quvchilarga qanday imkoniyat va sharoitlar berishi haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishdi. O‘quvchilar, ota-onalar va maktab jamoasi birgalikda bu dasturda belgilangan vazifa va maqsadlar sari hamjihatlikda harakat qilishlari lozimligini ham bilib oldilar.
IB dasturi o‘quvchilarni yetakchi bo’lishga o’rgatadi. Shunday ekan, ular jamoada ishlashni, qaror qabul qilishni, xatti-harakatlari uchun javobgar bo’lishni, o’z nuqtai nazarini himoya qilishni o’rganadilar. O’quv jarayonida ular o’ziga ishonch, mustaqillik va stressga chidamlilikni rivojlantiradilar. Albatta, har bir ota-ona o‘z farzandining IB dasturi profilida ko‘rsatilgan har tomonlama yetuk va komil shaxs bo‘lib ulg‘ayishini istaydi. Bu esa ota-onalar tomonidan berilgan savol-javoblarda ham o‘z aksini topganligini ko‘rish mumkin.✨
_
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Web 🌐 Youtube 🌐 Linkedin
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik
IB XALQARO DASTURI
Xalqaro bakalavr dasturi (IB) – bu 21-asrning yuqori akademik qat’iyligi va ko’nikmalarini rivojlantirishga yo’naltirilganligi bilan butun dunyoda tan olingan o’rta ta’lim dasturi.
Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IB xalqaro dasturi va bu dastur bo‘yicha maktab o‘quvchilarining maqsad va vazifalari xususida maktabning 8-9-sinf ota-onalari bilan seminar- tashkil etildi.
IB dasturi o‘quvchilarni yetakchi bo’lishga o’rgatadi. Shunday ekan, ular jamoada ishlashni, qaror qabul qilishni, xatti-harakatlari uchun javobgar bo’lishni, o’z nuqtai nazarini himoya qilishni o’rganadilar. O’quv jarayonida ular o’ziga ishonch, mustaqillik va stressga chidamlilikni rivojlantiradilar. Albatta, har bir ota-ona o‘z farzandining IB dasturi profilida ko‘rsatilgan har tomonlama yetuk va komil shaxs bo‘lib ulg‘ayishini istaydi. Bu esa ota-onalar tomonidan berilgan savol-javoblarda ham o‘z aksini topganligini ko‘rish mumkin.
_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NOBEL MUKOFOTI SOVRINDORI BILAN UCHRASHUV
🇺🇿 🇫🇷 O‘zbekistonga ilk marotaba kelgan fransiyalik olim, iqtisodiyot sohasida Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan Jan Tirol Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi.
“Jahon iqtisodiy tafakkur elitasi”ga kirgan olim iqtisodiyotning sanoat boshqaruvi, moliya, makroiqtisodiyot va bank boshqaruvi sohalarida chuqur bilim va boy tajribaga ega bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda keng ko‘lamli tadqiqotlar olib boradi.
Dunyo tan olgan fransiyalik iqtisodchi Jan Tirol 2014-yilgi Nobel mikofotining Iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha sovrindori sanaladi. Tirolning ilmiy faoliyati 100 dan ortiq nashr etilgan asarlarni qamrab oladi, ularning aksariyati Nobel mukofotini olishdan oldin ham mashhur boʻlib ketgan. Uning darsliklari dunyoning koʻplab universitetlarida, jumladan Fransiya, AQSH va Buyuk Britaniyada qoʻllaniladi. Uning iqtisodiyotga qoʻshgan hissasi nafaqat ilmiy jamoatchilik, balki raqobat siyosati bilan shugʻullanuvchi amaliyotchilar tomonidan ham eʼtirof etiladi.
🇺🇿 «Al-Xorazmiy volontyorlari» maktab bo‘ylab "campus tour" o‘tkazish orqali Nobel mukofoti sovrindoriga maktab hayoti, ta’lim jarayoni, o‘quvchilar amalga oshirgan ijodiy loyihalari va bo‘sh vaqtlarida qanday mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari haqida tanishtirib o‘tishdi.
Maktab haqida ijobiy taassurotlar olgan Jan Tirol bu yerdagi o‘quvchilarning shijoati va o‘qishga bo‘lgan qiziqishi uni hayratga solgani haqida ta’kidladi.
_
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Web 🌐 Youtube 🌐 Linkedin
“Jahon iqtisodiy tafakkur elitasi”ga kirgan olim iqtisodiyotning sanoat boshqaruvi, moliya, makroiqtisodiyot va bank boshqaruvi sohalarida chuqur bilim va boy tajribaga ega bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda keng ko‘lamli tadqiqotlar olib boradi.
Dunyo tan olgan fransiyalik iqtisodchi Jan Tirol 2014-yilgi Nobel mikofotining Iqtisod yo‘nalishi bo‘yicha sovrindori sanaladi. Tirolning ilmiy faoliyati 100 dan ortiq nashr etilgan asarlarni qamrab oladi, ularning aksariyati Nobel mukofotini olishdan oldin ham mashhur boʻlib ketgan. Uning darsliklari dunyoning koʻplab universitetlarida, jumladan Fransiya, AQSH va Buyuk Britaniyada qoʻllaniladi. Uning iqtisodiyotga qoʻshgan hissasi nafaqat ilmiy jamoatchilik, balki raqobat siyosati bilan shugʻullanuvchi amaliyotchilar tomonidan ham eʼtirof etiladi.
Maktab haqida ijobiy taassurotlar olgan Jan Tirol bu yerdagi o‘quvchilarning shijoati va o‘qishga bo‘lgan qiziqishi uni hayratga solgani haqida ta’kidladi.
_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro #hamkorlik
MUVAFFAQIYATLI ISLOHOTLAR – YUQORI NATIJALAR
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida katta yutuqlarga erishilmoqda. Ta’lim tizimidagi bu yangilanishlar, zamonaviy sharoitlar yaratilishi va o‘quvchilarning muvaffaqiyatlari bu islohotlarning samarali ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda.
🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga Xitoyning Zhejiang Shuren University vakillari va Tojikiston Respublikasi Dushanbe Innovatsiya Institutidan (DII) qadrli mehmonlar tashrif buyurishdi! 🇨🇳 🇹🇯
Uchrashuv davomida biz mehmonlarimizga maktabimiz haqida batafsil ma'lumot berdik va ular bilan akademik hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qildik.
📸 Mehmonlar maktabimizda ekskursiya qilib, o‘quv jarayonlarimiz bilan yaqindan tanishdilar. Ular o‘qituvchilarimiz bilan samarali suhbatlar o‘tkazib, ta'lim jarayonini rivojlantirish bo‘yicha qimmatli maslahatlar berishdi. Xorijiy ekspertlar maktab mas'ullariga hamkorlikdagi o'z istiqbolli rejalari haqida bildirishdi.