Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.62K subscribers
10.4K photos
724 videos
138 files
3.14K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Raqamli avlod qizlari"

📹 Emirates National School (BAA) o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan "Raqamli avlod qizlari" tadbiridan video lavha.



#XorijiyHamkorlik #BAA
#DigitalGenerationGirls
#UzEdu #IMA #OliyMajlis
____________________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#SAT #Math

🔥Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida bo'lib o'tgan SAT imtihoni bo'yicha birinchi test sinovimizda 20 nafardan oshiq o'quvchilar ishtirok etdi. Ularning bilimlari tekshirib olindi va guruhlarga ajratildi.

👆 Yuqorida o'z ism va familiyangizni topib darsingiz qaysi kunlari va qaysi vaqtlarda bo'lib o'tishini bilib olishingiz mumkin.

📍 Eslatib o'tamiz: darslarimiz 9.08.2024 kuni soat 9:00 dan boshlanadi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 114-xonada bo'lib o'tadi.

Barchani SAT darslarimizda kutib qolamiz.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Aziz va hurmatli Hilola Uktamovna!

🎆Sizni tug'ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, cheksiz baxt, ishlaringizga muvaffaqiyat va farovonlik tilaymiz! Sizning har bir kuningiz samimiy tabassum va yaxshi kayfiyat bilan boshlanishini, sevimli ishingiz esa sizga hamisha ilhom va zavq keltirishini tilab qolamiz! Siz faoliyat yuritgan jamoa faqat olg‘a qadam bosdi, o‘sdi, kamol topdi, yangi g‘oyalarni amalga oshirdi. Bunda, albatta, sizning mehnatlaringizning o‘rni beqiyos! Hayotda oldingizga qo‘ygan maqsadlarni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishingizga tilakdoshmiz!

Hurmat bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab o'qituvchilari va xodimlari!
__
🌐Telegram 📒Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_olimpiada
#ISO

🤩 Oʻquvchilarimiz 19-Xalqaro standartlar olimpiadasi (ISO - International Standards Olympiad)da ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga yetib bordi.

⚡️Xalqaro standartlar olimpiadasida oʻzbekistonlik yoshlar ilk marotaba ishtirok etmoqda.

📝 Yurtimiz sharafini himoya qiladigan oʻquvchilar bilan tanishing:

Umar Azimov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

Javlon Hasanov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

Islom Boyqobilov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi;

Diyoraxon Mahmudova, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

Ibrohim Ismoilov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi;

Asliddin Olimjonov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi.

🗣Ma’lumot uchun, Xalqaro standartlar olimpiadasi butun dunyo boʻylab oʻrta maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi. Turnir 2014-yilda sinov tariqasida xalqaro miqyosda oʻtkazilgan boʻlib, 2015-yildan boshlab rasman xalqaro olimpiada sifatida tan olingan.

💫 Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#tabiiy_fanlar_taʼlimi_festivali

🤩 "TABIIY FANLAR TAʼLIMI" FESTIVALI BOSHLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda “Tabiiy fanlar ta’limi” festivali oʻtkazilmoqda.

Mazkur festival tabiiy va aniq fanlarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish orqali yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash, yaratuvchanlik qobiliyatini shakllantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda tizimda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar orasida yaratuvchanlik g‘oyalarini shakllantirish va ularni amaliyot bilan bog‘lagan holda o‘quvchilarga yoritib berish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadlarini oʻz ichiga olgan.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilayotgan ushbu festivalning ochilish marosimida Agentlik rahbariyati, mas’ul xodimlari, Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan mehmonlar, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi vakillari hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Ochilish marosimda ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida ta’lim sohasida aloqalar kuchayib, hamkorlikda turli loyihalar, dasturlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning may-iyun oylarida Agentlik va Koreya ta’lim markazi tomonidan “Incheon ta’lim festivali” o‘tkazilgan edi. Hamkorlikdagi navbatdagi loyiha – “Tabiiy fanlar ta’limi” festivali ham yuqoridagi vazifalarning mantiqiy davomidir.

Festivalda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda umumta’lim maktablarining jami 1600 nafar 6-9-sinf o‘quvchilari qatnashmoqda. Amaliy mashg‘ulotlar va topshiriqlar o‘zbek tiliga tarjima qilingan holda  2 smenada olib boriladi. Har bir smenada 400 nafar o‘quvchi 21 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Bundan tashqari, Agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan 30 nafar aniq va tabiiy fan o‘qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etiladi.

“Tabiiy fanlar ta’limi” festivali ertaga, 14-avgust kuni oʻz ishini yakunlaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM