Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.64K subscribers
10K photos
698 videos
138 files
3.05K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Taqdirlash_marosimi

Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida oʻquvchilarimiz 30 ta medalni qoʻlga kiritdi

Poytaxtimizdagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oʻtkazilgan tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev ishtirok etdi.

14-15 yoshli oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur olimpiada musobaqasi Oʻzbekistonda ikkinchi marta oʻtkazildi. Unda 15 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon davlatlari vakillari (120 nafardan ortiq) ishtirok etdi.

⚡️ Olimpiadada bahslari yozma ish shaklida boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilarga 2 turdan iborat bahslarda 4 tadan, jami 8 ta masala berildi. Har bir masala 10 ball, umumiy 80 ball bilan baholandi.

Hakamlar hayʼati qaroriga binoan, jami 55 nafar, jumladan:

10 nafar ishtirokchi — oltin medal;

19 nafar ishtirokchi — kumush medal;

26 nafar ishtirokchi — bronza medallari
bilan taqdirlandi.

❗️ Oʻzbekistonlik oʻquvchilar 2 ta oltin, 13 ta kumush, 15 ta bronza, jami 30 medalni qoʻlga kiritishdi.

👉 Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi gʻoliblarining toʻliq roʻyxati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ibrat Debate
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarning tarbiyasiga maktab ham ma’sulmi ?

Barchangizni xuddi shu mavzuda bo‘lib o‘tadigan debatimizga taklif qilamiz.

Debate orqali ingliz tilida gapirish qobiliyatingizni rivojlantirish va yangi do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

📍 Toshkent Yoshlar Ijod Saroyida, 2-iyun kuni soat 13:00 da

*Qatnashish mutlaqo bepul, hoziroq @ibratdebate_bot orqali ro’yxatdan o‘ting.

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar!

Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi…

Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi.

Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi.

Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin.

Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Forwarded from Digital.uz
🎮 Xalqaro O'yin va Animatsiya Festivali

📌Sizni O'zbekistonda birinchi Xalqaro O'yin va Animatsiya festivaliga taklif qilamiz. Ushbu festival butun dunyodan o'yin ixlosmandlari, Animatsiya va IT mutaxassislari hamda kiber sportchilarni bir joyga to'playdi. Tadbir dasturiga esa quyidagilar kiradi:

O’yinlar va animatsiyalar ko’rgazmasi:
O'yinlar va animatsion kompaniyalar tomonidan eng so'nggi ishlanmalar taqdimotida qatnashing, virtual va kengaytirilgan haqiqat olamlarini o'rganing va yetakchi dasturchilar bilan tanishing.

O'yin va Animatsiya Forumi:
O'yin va animatsiya industriyasining kelajagi va uning jahon iqtisodiyotiga ta'siri haqida ekspertlar bilan dinamik munozaralar olib borish imkoniyatini qo'ldan boy bermang. So'nggi tendensiyalar, ishlab chiquvchilar va investorlar uchun imkoniyatlar haqida jonli muhokamalarda qatnashib, bilimlaringizni orttiring.

Musiqiy Festival:
Top DJ va musiqachilar tomonidan o'tkaziladigan ajoyib shouda ritm va festival muhitini his qiling. Butun kecha davomida vaqtingizni zavqli tarzda o'tkazing va ajoyib tomoshadan bahramand bo'ling.

Kospley-Shou:
Sevimli qahramonlaringizning obraziga kirib sovrinlar yutib olishni istaysizmi? Unda, albatta, kospley-shouda qatnashing!

Kibersport Turniri:
Chaqiruvga tayyormisiz? PUBG, FIFA 24, CS2 va boshqa mashhur o'yinlarda o'z kuchingizni sinab ko'ring. Eng zo'rlar bilan kurashing, o'z mahoratingizni ko'rsating va chempion bo'ling!

Vizual san’at Ko’rgazmasi: An'anaviydan Raqamligacha:
Klassik asarlardan zamonaviy raqamli asarlargacha bo'lgan san'at olamiga sho'ng'ing. Iqtidorli rassomlarning ishlaridan ilhomlaning va ijodkorlikning yangi ufqlarini kashf eting.

📅 Sana: 2024-yil 3-4-Iyun
📌 Manzil: IT Park majmuasi
🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:

❗️Eslatib o'tamiz tadbirda ishtirok etish bepul, lekin oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Game Festda ko'rishguncha!

⚠️ Musiqa festivali biletlari Iticket.uz da

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#APIO #bronza

🏆APIO (Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi)da BRONZA MEDAL🥉

Joriy yilning 18-may kuni Xitoy davlati tomonidan tashkillashtirilgan 🏆 Asia-Pacific Informatics Olympiad 2024 olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi.

Unga ko'ra:
🔥Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi Asilbek Sunnatov -🥉bronza medalini qo'lga kiritdi!

Tabriklaymiz! Bu natija 🇺🇿 O'zbekiston jamoasi uchun mazkur olimpiadadagi 3-bronza medali bo'ldi.

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi natijalari bilan quidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. 👉https://apio2024.org/ranking

O'quvchilarimizga Xalqaro Informatika Olimpiadasida ham munosib natija ko'rsatishlarini tilab qolamiz.

olympiad.uzedu.uz
_____
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

MUHAMMAD AL_XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGA 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI
⚠️

📣Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂Talabgorning:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi;
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
_____
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Turkiya #AQSH #Malayziya #South #Florida #Bilkent #Xiamen

OLIY MAQSADLAR SARI

☄️Har bir o'quvchi uchun yuksalishning asosiy qadami bo‘lgan IELTS imtihonidan 7 ball, SAT dan 1420 ballni qo‘lga kititgan Muhammad al- Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 11-04 sinf o‘quvchisi  Aknazarova Sadoqat ushbu yutuqlari bilan barchamizni quvontirdi.

U Turkiyaning Bilkent Universitetiga 100 foizlik grantni qo'lga kiritdi.

Shuningdek:

🇺🇿O'zbekistondagi Yangi O'zbekiston Universiteti, Westminster Universiteti, British Management Universiteti.

🇹🇷Turkiyaning Özyegin, Altinbas Universiteti, Atlas hamda Kadir Has Universitetlaridan.

🇺🇸AQSHning Florida International University, Stetson University, University of South Florida va
University of Mississippidan

🇲🇾 Malayziyaning Xiamen Universitetidan

Umumiy 581600$ hisobda grant sovrindorlari qatoridan bo‘lishga ulgurdi.

🤩Shijoatli, doimo muvaffaqiyat sari harakat qiladigan o‘quvchimiz bilan faxrlanamiz.

Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, Sadoqat
❗️
_____
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM