Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.83K subscribers
9.57K photos
673 videos
138 files
2.94K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#USAID #Nukus #seminar #Xalqaro_hamkorlik #ekotizim

XALQARO HAMKORLIK

🗓 Joriy yilning 16-may kuni Nukus shahrida AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan Markaziy Osiyo hududida ekotizimni yaxshilash bo'yicha seminar o'tkazildi.

Mazkur xalqaro seminarda qatnashgan 400 ta jamoa orasida saralab olingan TOP-10 talik jamoa safida Muhammad al-Xorazmiy maktabining Alpha jamoasi ham qatnashdi. Xalqaro seminar davomida har bir jamoaning loyihalari va stratuplari bilan tanishildi hamda ularning amaliy ahamiyati haqida fikr almashildi.

📍17-may kuni seminar tashkilotchilari bilan birgalikda Orol bo'yiga sayohat qilindi, mutaxassislar tomonidan loyiha hamda startuplar uchun kerak bo'lgan ma'lumotlar berildi hamda loyihalarni sinab ko'rish uchun o'quv va tajriba maydonlari taqdim etildi. 🪧

💧Maktabimiz jamoasining ekotizimni yaxshilash bo'yicha boshlangan bunday loyihalarda o'z hissasini qo'shayotgani tahsinga loyiq va bu ishlar o'z natijasini berishiga ishonamiz hamda maktabimiz jamoasining kelajakdagi ishlarida omad tilaymiz!
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#qabul #JoinUs #imkoniyat #announcement

💻 "DEVUNITY" JAMOASIGA QO'SHILING

Muhammad al-Xorazmiy maktabining 7-8-9-10-sinf o'quvchisimisiz? IT sohasida tadbir va tanlovlar tashkil etishga, loyihalar ustida ishlashga ishtiyoqingiz bormi?

🫵Biz SMM va tashkiliy jamoalarimizga yangi o'quv yilida yangi loyihalar uchun aynan sizdek shaxslarni qidirmoqdamiz!

Nega bizga qo'shilishingiz kerak?

🟣Tengdoshlaringiz uchun qiziqarli musobaqalar va tanlovlar tashkil qiling.
🟣 Tadbirlarni boshqarish va ijtimoiy media marketingida qimmatli tajribaga ega bo'ling.
🟣 Kreativ va shijoatli jamoa bilan ishlang.
🟣 LIderlik va tashkilotchilik mahoratlaringizni oshiring.

🗓Ariza topshirishning oxirgi muddati: 22-may, 2024
🔗Ro'yxatdan o'tish

🚀 Kuchli jamoaga qo'shilish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.
Keling, birga rivojlanamiz va ilhomlantiramiz
💡🌐

"DevUnity" - Make it work, make it right, make it fast

📱 Telegram | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI EʼLON QILINDI!

🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli 2024-yilning 1-iyun sanasidan 20-iyun sanasigacha davom etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

#Prezident_maktablari
#Ijod_maktablari
#Ixtisoslashtirlgan_maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hacknovation #Alpha #IT #USAID

“Alpha” guruhi Hacknovation hakatonida katta muvaffaqiyatga erishdi⭐️

Hacknovation –2024 hakatoni O'zbekiston IT-hamjamiyati va O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Sun'iy intellekt bo'yicha maslahat kengashi bilan hamkorlikda, shuningdek, Fido-Biznes, TBC Bank Uzbekistan, Payme va Cloupard kabi kompaniyalar ko'magida tashkil etildi. Hakatonning maqsadi O'zbekistondagi texnologik rivojlanishni qo'llab-quvvatlash va innovatsiyalarni rag'batlantirish edi.

📆18-19-may kunlari bo'lib o'tgan ushbu hakatonda jamoa o'simliklar uchun qishloq xo'jaligida kasalliklarni diagnostika qiluvchi sun'iy intellekt deep learning Convolutional Neural Network modelini taqdim etishdi. Ushbu loyiha USAID tomonidan ham tanlangan bo'lib, jamoa bu loyiha ustida ikki oydan beri ishlamoqda.

🏆 Jamoa hakatonning birinchi kunida 120+ loyihalardan top 50 talikka kirishdi va ikkinchi kunda hakamlar hay'atidan o'tib, top 3 talikka kirdi. Yakuniy bosqichda “Alpha” birinchilikka chiqa oldi va musobaqaning oliy sovrini - 500 dollar mukofot bilan taqdirlandi.

👏Shuni e'tirof etish lozimki, bu muvaffaqiyat jamoaning mehnati va innovatsion yondashuvining natijasidir. Jamoa qishloq xo'jaligida sun'iy intellekt va dron texnologiyalarini qo'llash orqali samaradorlikni oshirish va agrar sohada yangi imkoniyatlar yaratishni maqsad qilgan.

🌌🚀 “Alpha” jamoasiga kelajakdagi faoliyatlarida omad tilaymiz! Yutug'ingiz bardavom bo'lsin❗️
______
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TasIMO_2024
#xalqaro_olimpiada

BARCHANGIZGA YUTUQLAR MUBORAK BO'LSIN!


Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi yakuniy natijalari e'lon qilindi. Maktabimiz o‘quvchilari 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarini qo'lga kiritishdi. Tashkilotchilar tomonidan g‘oliblar 🥇-o`rin oltin medal 1000$ va 🥈-o‘rin kumush medal 600$ dan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Olimpiada g'oliblari bilan tanishing:

⭐️ Axtamov Ozodbek To‘lqinovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi – Oltin medal;

⭐️G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - Oltin medal;

⭐️Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - Kumush medal.

❗️Bundan tashqari matematika fanidan o‘tkazilgan Agentlik olimpiadasida maktabimiz o‘quvchilari ham ishtirok etishib faxrli o‘rinlarni egallashdi.

Ibrohimov Ulug'bek 🥇- o'rin (5-sinf);
Radjabov Abdulaziz 🥉- o'rin (8-sinf);
Zohidjonov Elbek 🥇- o'rin (9-sinf);
G'affarov Rasulbek 🥉- o'rin (9-sinf);
Axtamov Ozodbek 🥈- o'rin (10-sinf).

🤩Barchangizni tabriklaymiz!Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.

Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!
______
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖Xorijiy mutaxassisdan mahorat darsi.

🔹101,102 va 106-ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilariga "Yangi O'zbekiston" universiteti proffesori Sanghyuk Lee tomonidan Robototexnika bo'yicha kasbiy mahorat darslari o'tkazildi.

📌Mahorat darslarida "Al-Xorazmiy" ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari online tarzda qatnashishdi.

___
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Ta'limda yuqori natijalarga erishish hamda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy tajriba hamda hamkorlikning ahamiyati katta.

O‘qituvchilar va o‘quvchilarimiz uchun yangi imkoniyatlarni yaratish, ularga jahon standarti asosida ta'lim berish yo‘lida tizimli ravishda xalqaro darajada muzokaralar olib bormoqdamiz.

Xususan, shu kunlarda vazirligimiz mas'ullari bilan birga Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etdik.


Ushbu forum doirasida bir qator manfaatli kelishuvlar imzoladik. Xususan:

Dunyo oliygohlari xalqaro reyting agentligi — Times Higher Education bilan "Yangi O‘zbekiston” universiteti hamkorligida mintaqada ilk marotaba Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo universitetlari forumi”ni o‘tkazishga kelishdik.
Mazkur forum ta'lim va ilm-fan borasidagi dolzarb masalalar yechimini topishda global muloqot platformasi bo‘ladi.

Portsmouth universiteti rahbariyati bilan shartnoma imzoladik.
Endilikda vazirligimiz tizimidagi oliy ta'lim muassasalarida pedagogik ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha Portsmouth bilan hamkorlikda double degree (ikki diplom) loyihasi joriy etiladi.
Ushbu loyiha talabalarimiz uchun ustoz kasbini chuqurroq o‘rganishlariga turtki bo‘ladi, deb umid qilaman.

Bundan tashqari, Norvich til instituti bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu tashkilot bilan "School champions" — uzluksiz malaka oshirish loyihasi doirasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga kelishib oldik.
Endilikda 65 ta maktabda nafaqat ingliz tili, balki boshqa fan ustozlari hamda maktab direktorlarining ham malakasi oshiriladi.

Forum davomida “Quality Assurance Agency for Higher Education” bilan shartnoma imzolandi.
Unga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” universiteti QAA tomonidan 1 yil davomida o‘rganilib, akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Natijada, ta’lim sifati va bitiruvchilarimizga topshiriladigan diplom dunyoning eng ilg‘or universitetlari bilan mos tarzda bo‘lib, oliygoh diplomi butun dunyoda tan olinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X