Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
6.38K subscribers
10.6K photos
747 videos
138 files
3.2K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#NYUAD #Abu #Dhabi #Uzbekistan #ITSchool

NYUAD UNIVERSITETI BILAN YAQINDAN TANISHUV


⚡️ 1-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda New York universiteti Abu Dhabi filliali qabul bo‘yicha direktori Valentina Lopez hamda New York universiteti qabul hay’ati O'rta Osiyodagi vakili Shakhrukh Makhkamdjanovlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

💬 Uchrashuv davomida mehmonlar NYUAD universitetiga hujjat topshirish jarayoni, universitet ichki hayoti va Abu Dhabi shahri haqida o’quvchilarimizga qimmatli ma’lumotlar ulashishdi.

🇺🇿🇦🇪 O‘quvchilar o’zlarini qiziqtirgan turli savollariga javob olishdi hamda uchrashuv so‘nggida NYUAD universiteti mutaxassislari uchun maktabimiz bo‘ylab sayohat tashkil etilib, mehmonlar maktabimizdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

📌Ma’lumot o‘rnida, Nyu-York universiteti Abu-Dabi (NYUAD) - Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan jahon darajasidagi universitet bo‘lib, ushbu universitet bakalavr, magistratura va professional dasturlar, shuningdek, tadqiqot imkoniyatlarini taklif etadi. Universitetda 115 dan ortiq mamlakatdan kelgan talabalar va 40 dan ortiq mamlakatdan kelgan o'qituvchilar bilan kuchli xalqaro e'tibor mavjud.

❗️NYUAD dunyodagi eng yaxshi 25 ta universitet orasida joylashgan va akademik mukammallik va innovatsion tadqiqotlar bilan mashhur. NYUAD to'rtta asosiy bo'limga bo'linadi: san'at va gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, fanlar va muhandislik. Universitetda shuningdek, talabalarga eng yaxshi ta'limni taqdim etishga bag'ishlangan bir nechta fakultet va tadqiqot markazlari ham mavjud.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1232🤩2🔥1
#IELST

14 YOSHIDA
IELTS 7.0 BALL❗️

📣 Zamon talablaridan biri, albatta, xorijiy tillarni bilishdir, bugungi kunda nafaqat maktab bitiruvchilarimiz, balki kichik sinfda tahsil olayotgan o'quvchilarimiz ham bunga astoydil intilmoqda.

🔥 Muhammad-al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan mabtabning 8-02 sinfi o'quvchisi Ilyosov Mirmaxmud IELTS xalqaro imtihonidan 7 ballni qo'lga kiritdi.

⭐️Shundan bo'lsa kerak, nafaqat bitiruvchilar, balki kichik sinf o'quvchilari ham yutuqlar sari bo'y cho'zmoqda. Mirmaxmudni chin qalbdan muborakbod etib, yangi yutuqlar sari olg'a deb qolamiz.

‼️Boshqalarga esa unga ergashing, vaqtni bekor o'tkazmang, har bir ishning o'z mas'uliyati bor deya eslatib o'tamiz.
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2412👏5🔥4🏆4
#Osiyo #taraqqiyot #banki

HAMKORLIK-MUVAFFAQIYAT UCHUN YO‘LDIR


🗣️Osiyo taraqqiyot banki — xalqaro moliya tashkilotlarining ko’p tarmoqli banklaridan biri bo’lib,1966-yilda tashkil etilgan,bank faoliyatining asosiy maqsadi mintaqalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar ajratish, iqtisodiy, moliyaviy va texnik yordamlar ko‘rsatish orqali Osiyoning, ya’ni Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirish va tashqi savdosiga koʻmaklashish hisoblanadi. Shuningdek, bank tegishli mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga, maorif sohasiga samarali hissa qo‘shadigan va mamlakat strategiyasiga muvofiq uning ravnaqiga eng katta ta'sir ko‘rsatadigan loyihalarni moliyalashtiradi.


Shu maqsadda tashkil etilgan uchrashuvlardan biri Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda bank mutaxassisi Navbahor Sharipova ishtirok etib har ikki tomon uchun muhim bo‘lgan istiqbolli rejalar tuzib olindi. Unda fan, ta‘lim sohasini rivojlantirishga, mintaqaviy hamkorlik va atrof muhit tozaligini saqlashga alohida eʼtibor qaratilish masalalarini muhokama qildilar.

O'ylaymizki, bu uchrashuv ikki tomon uchun ham muhim ahamiyat kasb etadigan manfaatli tashrif bo'ladi!
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102🔥1
#itschool #presidency #gpa #fashion #show #Navruz

NAVRUZ FASHION SHOW G‘OLIBLARI BILAN TANISHING!


🌷 Bahorni inson umrining eng go‘zal lahzalariga qiyoslaydilar. Darhaiqat, bahor go‘zallik va yoshlik mavsumidir. Bu mavsumga ayniqsa, qizlarimiz o‘z go‘zal liboslari bilan oro beradi!

💗Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” nomli bayram dasturidan milliy va zamonaviy liboslar tanlovi 🌷 “NAVRUZ FASHION SHOW” ham joy oldi. Shouda maktabning 7-11-sinf qizlaridan 30 nafari ishtirok etishdi.

🪄Qizlar ikki nominatsiya "O‘zbegoyim" va "Yangi asr yulduzi" nominatsiyasi uchun bellashdilar.

📸 8-03-sinf o‘quvchisi Hakimova Charos “O‘zbegoyim” nominatsiyasi va 8-01 sinf o‘quvchisi Abdumalikova Nilufar “Yangi asr yulduzi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘dilar.

G'oliblarni chin ko'ngildan muborakbod etamiz va ularga kelgusida yangi zafarlarni tilab qolamiz

IT-School Presidency | GPA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🤩42🥰2🔥1
#eco_union #hamkorlik

MANFAATLI TASHRIF

📆2-aprel kuni Shirin Abidova - O'zbekiston volontyorlar Assotsiatsiyasi direktori va Sug'diyona Xushnudbekova - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi - ekologiya loyihalar boʻyicha yetakchi mutaxassis boshchiligida vakillar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurishdi.

📌Tashrifdan ko'zlangan maqsad - maktabda o'quvchilar tomonidan yashil tabiatni asrashga qaratilgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishish va ular bilan o'zaro fikr almashish bo'ldi.

Tashrif davomida har ikki tomon o‘zlarining kelajakdagi rejalari bilan yaqindan o‘rtoqlashishdi va maktab faollarini bu ishda asosiy tayanch bo‘lishlariga chorlashdi.🚀

Vakillar uchun Eco-Union jamoasi aʼzolari school tour tashkil qilishda o‘z faolligini ko‘rsatishdi. Ko‘zdan kechirish paytida ular jamoa faoliyati haqida to‘liq maʼlumotga ega bolishdi hamda ularning kelajakdagi rejalari bilan tanishishdi.
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤‍🔥33🥰1🌚1