Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.92K photos
695 videos
138 files
3.03K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев мактаб таълимини ривожлантириш ва сифатини оширишга оид режалар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией планов по развитию и повышению качества школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
“Raqamli avlod qizlari — 2024” respublika ko‘rik-tanlovining finali qizlarimiz raqamlar olamida ham naqadar kuchli ekanligini yana bir karra isbotladi.

Barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildiraman. Ularning qat’iyati, professionallikka intilishi gender stereotiplarini yo‘qqa chiqaradi.

-

Финал республиканского конкурса «Девочки цифрового поколения — 2024» ещё раз доказал, как изящно справляются девушки с миром цифр.

Я благодарю всех участниц. Их уверенность и стремление стать профессионалами разрушает гендерные стереотипы.
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TA’LIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDAGI ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o‘quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o‘qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi nihoyasiga yetdi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilgan ushbu tadbir ishtirokchilari uchun ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar professor jalb etildi.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligining yopilish marosimida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har biringizda noyob isteʼdod, o‘ziga xos qobiliyat borki, ular dunyoni o‘zgartirib yuborishga qodir. Shunday ekan, erishgan yutuqlaringizda to‘xtab qolmay, faqat olg‘a qadam bosing, ijod qiling, boshqalarni ham ilhomlantiring!

Qatʼiyatingiz, azm-u qaroringiz uchun tashakkur aytaman!

-

Ваш труд и достижения в мире технологий не только вдохновляют, но и демонстрируют, что мир IT может быть местом для всех, независимо от пола.

Спасибо за ваше стремление и решимость!
#Raqamli_avlod_qizlari

“RAQAMLI AVLOD QIZLARI -2024”


💻Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi o‘tkazildi.

💻💻Bundan maqsad ayol-qizlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan g‘oya va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashlan iborat.

🗓29-mart kuni “Yangi O‘zbekiston” universitetida tadbirning yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda eng faol ishtirokchilar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, tanlovning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritishdi. Ular ichida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilaridan Sevinchova Farzona, Mahkamova Maftuna hamda Po’latova Maftunalarning ham borligi quvonarli hol, albatta. ⚡️

💐🎈Biz ushbu qizlarimizga kelajakdagi faoliyatlarida yangi zafarlar tilab qolamiz!
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM