Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.74K subscribers
9.85K photos
694 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#developers #team #algorithms #DT #contest 

DT CONTEST #2 NATIJALARI

🗓1-mart, haftaning juma kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda "Developers Team" tomonidan maktabning 6-7-8-9-10-11-sinf o'quvchilari uchun DT Contest #2 tashkil etildi.

🏆 DT Contest #2 - bu yoshlar uchun haqiqiy muammolarning innovatsion yechimlarini ishlab chiqish orqali o'z mahoratlarini va ijodlarini namoyish etish, shuningdek, dasturlash sohasidagi shu kungacha o'rganib kelgan bilim va ko'nikmalarini tekshirishning ajoyib imkoniyati.

💻Contesda 40 dan ortiq o'quvchilar faol qatnashib, 3 soat davomida dasturlashga oid qiziqarli masalalarni yechishdi va o'zlarining bor mahoratlarini, bilim va malakalarini namoyish etishdi.

📈📉 Ushbu tanlovning umumiy natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin!

G'oliblar:
🥇-Sardorbek Saidqosimov (9-03);
🥈-Diyorbek Sharofov (6-02);
🥉-Ravshan Rahmiddinov (8-sinf, Odil school).

🎁 DT Contest #2 g'oliblari maktab ma'muriyati va "Developers Team" tashkilotchilari tomonidan maxsus sertifikat va informatika fanidan qo'shimcha ballar bilan taqdirlanishadi.

🤫 G'oliblar sirli mehmon tomonidan taqdirlanadilar ❗️

🚀 Taqdirlash marosimi va sirli mehmonimiz haqidagi ma'lumotlarni bilish uchun bizni kuzatib boring!

®️ "Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sirius #Sochi
#Butunjahon_yoshlar_festivali

Butunjahon yoshlar festivalidan Sirius yangiliklari
_

📣 Xabaringiz bor, Butunjahon yoshlar festivalida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabdan maktabimiz Prezidenti Almurotov Dilbek ishtirok etmoqda.

📚 📚Festival doirasida Sirius kutubxonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida nashriyotlar vakillari, xorijiy delegatsiyalar, viloyatlar rahbarlari va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etdi. Ochilishda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Sergey Kiriyenko ham so‘zga chiqdi.

👾Sirius universiteti tomonidan festival ishtirokchilari uchun «Большие вызовы» xakatonini o‘tkazishdi.

🏒Bundan tashqari, ishtirokchilar “Льдинка” muz saroyiga sayohat qilishib, sportning hokkey turida ham o‘zlarini sinab ko‘rdilar. Tadbirda Kozlov Oleg Nikolayevich tomonidan o'tkazilgan mahorat darslarida ishtirok etishdi. 🥶

🌴Festival ishtirokchilari birgalikda Sirius eko-yo‘li bo‘ylab piyoda sayohatga chiqishdi. 300 metr balandlikdagi tog'lar bo'ylab olti kilometr va milliy bog'ning eng go'zal joylari bo'ylab to'rt soatdan ortiq piyoda yurish davomida ishtirokchilar yetarlicha taassurotlarga ega bo'ldilar!

🤩🤩Ishtirokchilar Sirius universiteti tomonidan ishlab chiqilgan ekoturizmni rivojlantirish loyihasining bir qismi bo‘lgan ushbu eko-yo'lning bir qismini birinchi bo'lib sayohat qilishga muyassar bo‘ldilar.
____
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM