Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.79K photos
688 videos
138 files
2.99K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#nafosat #haftalik

NAFOSAT HAFTALIGI


📸 Bahor fasli kirib kelishi bilan insonlar yuziga samimiylik va tabassum yuguradi.

🌷Bu faslning go’zalligi, nafosati ayol-qizlarga o’xshatiladi. Bu bejizga emas. Chunki bahorning ilk tashrifidayoq eng nafis, eng latif bayram-Ayol-qizlarimiz bayrami nishonlanadi. 

🌷 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham bahorning ilk kunidan bu ajoyib bayramga start berildi. Mart oyining ilk haftasi “Nafosat” bayram haftaligi deb e’lon qilindi va har kun bir sinf o’rtasida “Balli, qizlar” ko’rik-tanlovi tashkillashtirilmoqda.

“Balli, qizlar” musobaqasi 4️⃣ ta shart asosida tashkil qilinib, bunda o’quvchilarning intellektual salohiyati, oila va ro’zg’or ishlaridagi qobiliyati hamda ijodiy mahorati baholanadi.

📚1-4-martda 5-6-7-sinf qizlari 6 ta guruh bo’lib bellashdilar. Sinflar kesimida g’olib bo’lgan jamoalar 7-mart kuni e’lon qilinadi va g’oliblar maktab ma’muriyati tomonidan baholanadi.
_____
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#developers #team #algorithms #DT #contest 

DT CONTEST #2 NATIJALARI

🗓1-mart, haftaning juma kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda "Developers Team" tomonidan maktabning 6-7-8-9-10-11-sinf o'quvchilari uchun DT Contest #2 tashkil etildi.

🏆 DT Contest #2 - bu yoshlar uchun haqiqiy muammolarning innovatsion yechimlarini ishlab chiqish orqali o'z mahoratlarini va ijodlarini namoyish etish, shuningdek, dasturlash sohasidagi shu kungacha o'rganib kelgan bilim va ko'nikmalarini tekshirishning ajoyib imkoniyati.

💻Contesda 40 dan ortiq o'quvchilar faol qatnashib, 3 soat davomida dasturlashga oid qiziqarli masalalarni yechishdi va o'zlarining bor mahoratlarini, bilim va malakalarini namoyish etishdi.

📈📉 Ushbu tanlovning umumiy natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin!

G'oliblar:
🥇-Sardorbek Saidqosimov (9-03);
🥈-Diyorbek Sharofov (6-02);
🥉-Ravshan Rahmiddinov (8-sinf, Odil school).

🎁 DT Contest #2 g'oliblari maktab ma'muriyati va "Developers Team" tashkilotchilari tomonidan maxsus sertifikat va informatika fanidan qo'shimcha ballar bilan taqdirlanishadi.

🤫 G'oliblar sirli mehmon tomonidan taqdirlanadilar ❗️

🚀 Taqdirlash marosimi va sirli mehmonimiz haqidagi ma'lumotlarni bilish uchun bizni kuzatib boring!

®️ "Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM