Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.62K subscribers
10K photos
698 videos
138 files
3.06K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#al_khwarizmi #eco_union #COP #FutureDiplomats #YouthEmpowerment #ChangeTheWorld #Debate #LeadershipDevelopment #InternationalRelations #photos

TADBIRDAN FOTOLAVHALAR

📸 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan COP modelining taqdirlash marosimidan fotolavhalar.
-

ФОТОРЕПОРТАЖ

📸 Фоторепортаж с церемонии награждения участников модели COP, организованной в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми.
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#al_khwarizmi #eco_union #COP #FutureDiplomats #YouthEmpowerment #ChangeTheWorld #Debate #LeadershipDevelopment #InternationalRelations #photos

BIZ YER SAYYORASIDA SOG‘LOM EKOLOGIYA TARAFDORIMIZ!


🇺🇿🇺🇳 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ECO faol yoshlari hamkorligida 10-fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim O‘zgarishi bo‘yicha namunaviy konferensiyasi tashkil etildi.

🌍 Tadbirni Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi maslahatchisi doktor Michele Gaddy hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ixtisos fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Fazliddin Ismailovlar ochib berishdi. Mazkur tadbir UNFCCC - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim O‘zgarishi faoliyatining rekreatsiyasi bo‘lib, tadbir davomida turli maktab o‘quvchilari COP (Conference of Parties) ya’ni Tomonlar Konferensiyasida turli xil mamlakat vakillari sifatida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarga nafaqat interaktiv va zavqli ta’lim tajriba orqali UNFCCC haqida, balki ularda ekologik madaniyatni shakllantirish, tushunchalarini kengaytirish hamda ularning e’tiborini ekologik global muammolarga jalb qilishdir.

❗️Shu maqsadda 4 ta asosiy ekologik muammolar: havoning ifloslanishi, ichimlik suvi muammosi, global ishish va daraxtlarning kesilishi bo‘yicha konferensiyalar bo‘lib o‘tdi.
_______
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport #stol #tennis

G'OLIBLARNI TABRIKLAYMIZ!


🏓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-9-10-11-sinf o'quvchilari uchun o'tkazilgan Ping Pong sport turniri o'z nihoyasiga yetdi. Ko'tarinki ruhga boy bo'lgan turnir so'ngida g'olib ishtirokchilar aniqlanib, rag'batlantirildilar.

🥇1-o'rin: 11-05 sinf o'quvchisi Doniyor Ziyodov;
🥈2-o'rin: 10-01 sinf o'quvchisi Toxirjonov Javoxir;
🥉3-o'rin: 8-03 sinf o'quvchisi Ne'matullayev Dilbek.

🎊G'olib bo'lgan o'quvchilarni g'alaba bilan tabriklaymiz va yutuqlari bardavom bo'lishini tilab qolamiz!
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat

O'ZLIKNI ANGLASH-TARIXNI O'RGANISHDAN BOSHLANADI


🇺🇿Tarixni o‘rganish orqali inson maʼnaviy jihatdan yetuk bo‘lib ulg‘ayadi.

📣Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 6-01 sinf o‘quvchilari  Amir Temur tarixi muzeyiga sayohat uyushtirdilar.

Bu tashrifdan asosiy maqsad o‘quvchilarga yurtimizning ko‘hna tarixini tanishtirish, ajdodlarimizning, xususan timuriylarning Vatanimiz tarixida tutgan o'rni to‘g‘risida tasavvur hosil qildirishdan iborat.🔥💥

⚡️O‘quvchilar muzeyda nafaqat Amir Temur haqida, balki yurtimiz tarixi to‘g‘risida, hozirgi kunda davlatimizda yuz berayotgan o‘zgarish va islohotlar haqida ham batafsil maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
_______
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ajdodlarga #ehtirom

TARIX QA'RIDAGI IKKI NUR

🖋Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 12-fevral kuni buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag'ishlab "Tarix qa'ridagi ikki nur" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Maktab o'quvchilari ishtirokidagi bayram tadbiri haqiqiy teatrga aylanib ketdi. "Navoiyning tug'ilishi'," Bola Alisher", "Navoiyning yigitlik davri", Zahriddinning Vatanni tark etishi", "Bobur va Ko'ykiy", "Gulbadanbegim monologi" va "Imom G'azzoliy" sahnalari namoyish etildi. 🖌

❗️Shuningdek, tadbirga Rajabiylar sulolasining vakili Aziz Rajabiy o'zining Hazrat Navoiy g'azallari bilan aytiladigan qo'shiqlari bilan fayz kiritdi.

Ulug'lar yodiga bag'ishlangan tadbir ustozlar va o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
_______
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM