Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.78K photos
687 videos
138 files
2.99K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#itschool #presidency #chess #tournament #final

🏫Muhammad al-Xorazmiy maktabining 5-8-sinf o'quvchilari uchun "Shaxmat" turniri tashkillashtirilgani haqida xabar bergan edik. 2023-yil 18-dekabr sanasida esa maktabimizning amfiteatrida turnirning FINAL o'yinlari bo'lib o'tadi.

6-01 sinf o'quvchisi Shermatov Abror
• 6-02 sinf
o'quvchisi Urolov Azizbek
• 6-02 sinf
o'quvchisi Bekmirzayev Elshod
• 7-01 sinf
o'quvchisi Toirov Nurmuhammad
• 8-01 sinf
o'quvchisi Mirpulatov Mirabror

8-02 sinf o'quvchisi Ilyosov Mirmahmud

Yuqorida sanab o'tilgan o'quvchilar haftaning dushanba kuni, soat 15:20 dan boshlab, turnirning final bosqichida ishtirok etishadi.

📢 Barchangizni "Shaxmat" turnirining final bosqichida kutib qolamiz!

IT-School Presidency
#SAT #record #score

DAVOMLI MUVAFFAQIYAT


Bugungi farovon yurtimizda ta’lim tizimidagi yangilanishlar, yaratilgan imkoniyatlarga javoban o’zining ilmdagi yorqin natijalari bilan munosib hissa qo’shayotgan yoshlarimiz borki, bugun ular erishayotgan natijalarni e’tirof etish o'rinlidir.


‼️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-04 sinf o'quvchisi Xo'jayev Sunnatillo SAT imtihonidan 1540 ballni qo‘lga kiritdi.

📌Darvoqe, o’quvchimiz SAT imtihonida ilk bor qatnashganda 1470 ball olgan edi. Bilim cho’qqisiga o’z maqsadlari sari dadil qadam tashlayotgan Sunnatillo navbatdagi urinishda 1540 ball bilan yuqori natijani qo’lga kiritdi.

🥳 O'quvchimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilab qolamiz!
-
ПРОДОЛЖАЮЩИЙСЯ УСПЕХ

У сегодняшней молодёжи, когда уделяется огромное внимание развитию образования в нашей стране, есть большие возможности для достижения значимых результатов в этой сфере.

‼️Ходжаев Суннатилло, ученик 9-04 класса специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми, набрал 1540 баллов на экзамене SAT.

🥳 Мы искренне поздравляем нашего ученика с этим достижением и желаем ему дальнейших успехов!
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kim ilmlarda ilg‘or bo‘lsa, lekin axloqda ortda qolsa, oldinga qaraganda ko‘proq orqaga ketadi. (Aristotel)

Bugungi ta’lim jarayonini tarbiyadan alohida tasavvur etib bo‘lmaydi. Ma’naviy va tarbiyaviy jihatlari bilan e’tibor qozongan IB ta’lim dasturi tarkibida ham tarbiya eng muhim omil sifatida e’tirof etilgan. Har qanday ta’lim jarayoni har tomonlama mukammal, ya’ni ham ma’naviy, ham psixologik tomondan to‘g‘ri tashkil etilishi lozim. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda barcha sinflar o‘rtasida tashkil etilgan bugungi yig‘ilish ham aynan shu maqsadga yo‘naltirildi.

‼️Tadbir davomida o‘quvchilar o‘rtasida o‘zgalar shaxsiy buyumlariga hurmatda bo‘lish, suhbat odobi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shuningdek, o‘quvchilik mas’uliyati kabi psixologik mavzularda suhbat olib borildi.

💬 Bundan tashqari, turli ma’naviy-ma’rifiy  masalalar, jumladan, diqqat-e’tiborli bo‘lish, vatqdan unumli foydalanish, sog‘lom turmush tarzi hamda  odob-axloq qoidalari yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

✔️ O‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiladigan bunday tadbirlar ularning  kelajakda o‘z orzu-maqsadlariga erishishlarida asosiy zamin hozirlasa, ajab emas. Zero, tarbiyaning asosiy maqsadi yoshlarni baxt-saodatli, o‘z zamonining aziz, hurmatli va fidoyi kishisi qilib tarbiyalashdan iborat.
-
Whoever is advanced in science, but lags behind in morals, will go further back than forward. (Aristotle)

Today's educational process cannot be imagined separately from upbringing. Education is recognized as the most important factor in the IB educational program, which has gained attention for its spiritual and educational aspects. Any educational process should be perfect in all aspects, that is, it should be properly organized both spiritually and psychologically. Today's meeting, which was organized among all classes at the specialized school named after Muhammad al-Khorazmi, was aimed at this very goal.

‼️During the event, a discussion was held among students on psychological topics such as respect for other people's personal belongings, conversation etiquette, compliance with safety rules, as well as student responsibility.

💬 In addition, explanatory work was conducted on various spiritual and educational issues, including being attentive, effective use of time, healthy lifestyle, and etiquette.

✔️ It is not surprising that such events organized among students lay the groundwork for them to achieve their dreams in the future. After all, the main goal of education is to educate young people to be happy, honorable, respectable and selfless people of their time.
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Ziyolilar School” almanaxi uchun saralab olingan 100 nafar iqtidorli o‘quvchi bilan tanishing

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol o‘quvchilarni saralab olgani haqida xabar bergandik.

Bugungi kunda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan 100 nafar o‘quvchi bilan kitobni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Kitob tayyor holatga kelganida “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi bilan birgalikda o‘quvchilar uchun taqdimot tashkil etiladi.

Saralab olingan 100 nafar iqtidorli maktab o‘quvchilari ro‘yxati bilan tanishing.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
“Ziyolilar School” almanaxi uchun saralab olingan 100 nafar iqtidorli o‘quvchi bilan tanishing Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol o‘quvchilarni saralab olgani…
#Ziyo #forum #al #Xorazmiy #Ziyolilari

ZIYOLILAR SCHOOL

☄️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol o‘quvchilarni saralab oldi.

Bugungi kunda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan 100 nafar o‘quvchi bilan kitobni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

💬 Kitob tayyor holatga kelganida ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi bilan birgalikda o‘quvchilar uchun taqdimot tashkil etiladi.

“Ziyolilar School” almanaxi uchun saralab olingan 100 nafar iqtidorli o`quvchilar orasida maktabimiz o`quvchilarining ham borligi bizni g`ururlantirdi.

✔️ Zohidjonov Elbek Elmurod o`g`li;
✔️ Temur Nurimov Abdullo o`g`li;
✔️ Axtamov Ozozdbek To`lqinovich;
✔️ Usmonova Azizabonu Abrorjon qizi;
✔️Sunnatov Asilbek G`ofurjon o`g`li;
✔️Azamov Muzaffar Ulug`bek o`g`li.

Ilm dargohimizning eng faol, iqtidorli, zukko, tashabbuskor o'quvchilari Ziyolilar to'plami qahramoniga aylandi.👈

‼️ Bilim-kuch, kuch esa bilimda ekanligiga amal qiladigan o`quvchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz, o‘qishlarida yana yangi bilim cho‘qqilarini zabt etishida omadlar tilaymiz!
___________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil #tanlov

BAYRAM BELLASHUVIGA MARHAMAT!

🎄2023-yil yakuniga yaqinlashib, yangi yilning kelishiga oz fursatlar qolmoqda. Yangi yil bayrami barchamiz uchun mo'jizaviy bayram sifatida qadrlidir.

🎁Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Yangi yil bayrami munosabati bilan sinflar o'rtasida ham “Eng chiroyli bezatilgan sinf” va “Eng yaxshi Yangi yil tabriknomasi“ tanlovi e'lon qilinadi.

"Eng chiroyli bezatilgan sinf" tanlovida:
🎄texnika xavfsizligiga amal qilinishi;
🎄devorlarga bezaklarni yelim va yopishtirgichlarda yopishtirmaslik;
🎄bezaklar o'quvchilarning o'z qo'llari bilan yasalgan bo'lishi kerak.

“Eng yaxshi Yangi yil tabriknomasi“ bo'yicha ishlar tasviriy san'at fani o'qituvchisi Madina Erkinovna Kelduyarovaga topshiriladi.
Har ikki tanlov bo'yicha tuzilgan hay'at a'zolari 26-dekabr kuni natijalarni e'lon qiladi.

Tanlov g'oliblarini sovg'alar kutmoqda!
____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SAT

MUVAFFAQIYATLAR BARDAVOM BO‘LSIN!

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan cheksiz imkoniyatlardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari ham unumli foydalanib kelmoqda.

🦾9-04 sinf oʻquvchisi Abdumanabov Sardorbek shunday tirishqoq va maqsadlari sari dadil qadam tashlayotgan yoshlardan biridir.

🏆Sardorbek SAT – Scholastic Aptitude Test, "akademik baholash testi" da qatnashib 1500 ballni qo‘lga kiritgan.

🤩Shunday shijoatli va izlanuvchan o’quvchilarimiz safi ko’payaversin.
-

ПРОДОЛЖЕНИЕ УСПЕХА!

Сегодня учащиеся специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми с пользой используют неограниченные возможности, предоставляемые молодёжи нашим государством.

Абдуманабов Сардорбек, ученик 9-04 класса, один из тех молодых людей, которые старательно и смело делают шаги к своим целям.

🏆Сардорбек принял участие в тестировании SAT – Scholastic Aptitude Test, и набрал 1500 баллов.

🤩Пусть пополняются ряды наших талантливых и любознательных учеников.
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #new_year #party

"New Year Party"ga taklif etamiz!


🎄 Yangi yil tobora yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 8-9-10-11-sinf o'quvchilari uchun "New Year Party" bayram kechasi tashkillashtirilmoqda.

☃️Ushbu kecha sizga unutilmas xotiralarni baxsh etishi shubhasiz. Tadbir davomida do'stlaringiz bilan "New Year quest" kabi turli-tuman o'yinlarda ishtirok etishingizga va eng muhimi yangi yil shukuhini do’stlar davrasida betakror taassurotlar ila o’tkazishingizga aminmiz!

🎉Tadbir 26-dekabr sanasida, soat 14:00 dan 18:00 gacha bo'lib o'tadi.

🎁Eslatib o'tamiz, tadbirda faol ishtirok etgan o'quvchilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadilar.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB

Mana, 2023-2024-o‘quv yilining II choragi ham o‘z nihoyasiga yetib qoldi...

📆 Bugun, 23-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o`quvchilari belgilangan jadval va nazoratchi o'qituvchilar hamrohligida ixtisoslik fanlaridan test sinovlarini topshirishdi.

💬 Shu bir yarim oy kimdir uchun qisqa vaqtdek tuyulsa-da, lekin ayrim o‘quvchilar uchun samarali o‘tdi. Bu fikrimiz dalilini ChSB natijalari ko‘rsatadi, albatta. Ushbu natijalar esa ba’zi o‘quvchilar uchun yana bir bor sinov hamda keyingi chorak uchun yanada shijoat va kuch-g‘ayrat talab etsa ajab emas.

✔️ Har bir o'quvchimizga chorak davomida olgan bilimlari albatta qo'l keladi va a'lo baholar kalitini ochadi deya yaxshi niyat qilamiz.
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM