Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.66K subscribers
10.4K photos
725 videos
138 files
3.14K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#it_quiz  #developers_team 

IT-QUIZ OXIRGI NATIJALARI

📣Bugun, 28-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning 9-10-11-sinflari uchun "Developers Team" tomonidan "IT-Quiz" musobaqasi tashkil etildi.

O'yin so'ngida hakamlar hay'ati taqdim etgan natijalar va informatika fani uchun qo'shib beriladigan ballar bilan tanishing:
🥇10-02 va 9-03 sinflari 10 ball
🥈9-02 sinfi 7 ball

🎉Bundan tashqari g'olib jamoalarning har bir ishtirokchisi sertifikat bilan taqdirlandilar.

📌Barcha ishtirok etgan jamoalar ballari va reytingini taqdim etamiz.

🚀O'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini bu kabi loyihalar bilan maroqli o'tkaza olishimiz uchun bizni qo'llab-quvvatlang va kuzatishda davom eting.

"Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik

BIRGALIKDA O'QIYMIZ!

Kitob – zamonlar to'lqinida suzuvchi, o'zidagi ma'nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga ro'shnolik kiritib, ezgu tuyg'ularni uyg'otmoqqa qodir.

📆Shu boisdan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 28 oktyabr kuni "Birgalikda o’qiymiz” kitobxonlar bellashuvi tashkil etildi.6-sinflarning 6 nafardan tashkil topgan 5 jamoasi berilgan shartlar bo’yicha bellashdilar.

✔️Bellashuvning asar bilan tanishuv sharti orqali o ‘quvchilar o‘zlari o‘qigan va tanlagan kitoblarini taqdimot qilib berishdi.Ikkinchi savol-javob shartida esa asarni qay darajada mutolaa qilganliklari baholandi.

👀 Eng qiziqarli shartlardan biri Asardan parcha namoyishi sharti orqali o‘quvchilar rollarni mahorat bilan ijro etish, sahnada nutq madaniyatiga rioya qilish kabi iqtidorlarini namoyon etdilar.

Bellashuv g’oliblari:
6-04 va 6-06 sinf o‘quvchilari🥇- o‘rin;
6-02 sinf o‘quvchilari🥈-o‘rin;
6-03 va 6-05 sinf o‘quvchilari🥉-o‘rin.
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAQIQATNI ANGLASH DARSI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ona tili oyligi doirasida ochiq darslar davom etmoqda.

👩🏻‍🏫Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Sabohat Rahimova tomonidan 11-01-sinf o‘quvchilari bilan adabiyotdan “Qisasi Rabg‘uziy” asarining tarbiyaviy ahamiyati mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. O‘quvchilar tanlangan mavzu doirasida to’rt guruhga bo’linib, o’z tanlagan hikoyatlari asosida taqdimotlar qilishdi.

💭Dinimiz tarixi, o’zligimiz tarixi to’grisida hikoya qiluvchi chiqishlarni o’quvchilar katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Haqiqatga yetish uchun inson avvalo o’zini anglashi, yashashdan maqsadini belgilab olishi kerakligi xulosa qilindi.

📌Ochiq darsda O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari S. Utepov, Ixtisoslashtirilgan fanlar bo’yicha direktor o’rinbosari F. Ismailov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari U. Odiljonov hamda bir guruh o’qituvchilar ishtirok etishdi.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona #tilim #faxrim

VIDEOROLIKLAR TANLOVINING NATIJALARI BILAN TANISHING!

🏆Boqiy va qadimiy ona tilimiz-O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘lishi munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari orasida videoroliklar  tanlovini e'lon qilingan edi.

Tanlov natijasiga koʻra:
🥇-oʻrin 11-01;
🥈-oʻrin 8-02;
🥉-oʻrin 9-05.

Sinflar oʻzlarining faol ishtiroki bilan ona tilimizga boʻlgan muhabbatlarini izhor qilishdi.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB

“BILISH, QO‘LLASH, MULOHAZA”

🖋 Ushbu tushunchalar barcha o‘quvchilar uchun tanish. Vaqt o‘z hukmini o‘tkazmay qolmaydi. Mana, 2023-2024-o‘quv yilining 1-choragi ham o‘z nihoyasiga yetib qoldi. Ya’ni summativ baholash tizimining asosiy mezonlarini o‘zida aks ettirgan CHSB(Chorak bo‘yicha summativ baholash) agentlik tasarrufidagi barcha maktablar qatori Muhammad al-Xorazmiy nomidagi istisoslashtirilgan maktabda ham o‘tkazildi.

📈 Shu ikki oy kimdir uchun qisqa vaqtdek tuyulsa-da, lekin ayrim o‘quvchilar uchun samarali o‘tdi. Bu fikrimiz dalilini ChSB natijalari ko‘rsatadi, albatta. Ushbu natijalar esa ba’zi o‘quvchilar uchun yana bir bor sinov hamda keyingi chorak uchun yanada shijoat va kuch-g‘ayrat talab etsa ajab emas. Zero, shoir aytganidek, “Bir onning bahosin oʻlchamoq uchun, Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz”.

📝Yana bir muhim jihati, ushbu jarayonni tashkil etishda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi eko maktabida qayta ishlangan qog‘ozlardan foydalanilganligi e’tiborga loyiq.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#CHSB

⚡️Umumtaʼlim maktablarida ilk bor choraklik summativ baholash sinovlari boʻlib oʻtmoqda

📆 2023-2024-oʻquv yilida Respublika miqyosida 500 ta umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilganidan xabaringiz bor.

Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida 2023-2024-oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ baholash (CHSB) jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

📝Unda oʻquvchilar ona tili, matematika, biologiya fanlaridan CHSB imtihonlarini topshirishmoqda.

🗣Maʼlumot uchun, choraklik summativ baholash savollari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
__________
🗺Fotolavhalarda Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Andijon viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM