Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#al_khwarizmi #eco_union #trening #audit
BIZ KELAJAK UCHUN JAVOBGARMIZ
🌱 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning "Eco-Union" jamoasi o'zining navbatdagi treningini 5-sinflar ishtirokida tashkil etdi. Bu gal jamoa a'zolari oʻquvchilarga maktabda olib borilgan audit natijalari bilan boʻlishdi.
🏢Treningda Oʻzbekiston Ekologik Partiyasi vakillari ham ishtirok etishdi va tabiatni asrash boʻyicha taqdimot bilan soʻzga chiqishdi.
🎁 Interaktiv darslar soʻngida, savol-javob qismida faol qatnashgan oʻquvchilar esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.
😉 Audit natijalarini keyingi postlarda e'lon qilinadi.
-
МЫ ОТВЕТСТВЕННЫ ЗА БУДУЩЕЕ
🌱 Команда “Eco-Union” специализированной школы имени Мухаммад ал-Хоразми организовали очередной тренинг с участием 5 классов. На этот раз члены команды поделились результатами аудита с учениками.
🏢 Представители Экологической партии Узбекистана также приняли участие в тренинге и выступили с презентацией по охране природы.
🎁 По окончании интерактивных занятий ученики, активно принявшие участие в части вопросов и ответов, были награждены подарками.
😉 Результаты аудита будут объявлены в следующих постах.
Telegram | Instagram | Infinity team | Volunteers
BIZ KELAJAK UCHUN JAVOBGARMIZ
🏢Treningda Oʻzbekiston Ekologik Partiyasi vakillari ham ishtirok etishdi va tabiatni asrash boʻyicha taqdimot bilan soʻzga chiqishdi.
-
МЫ ОТВЕТСТВЕННЫ ЗА БУДУЩЕЕ
🏢 Представители Экологической партии Узбекистана также приняли участие в тренинге и выступили с презентацией по охране природы.
Telegram | Instagram | Infinity team | Volunteers
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#al_khwarizmi #eco_union #yashil_makon
"Yahshil makon" umummilliy dasturi
🌳 🌳 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida maktab bog'ida obodonlashtirish va ekilgan daraxtlarni parvarishlash aksiyasi boʻlib oʻtdi.
—
Общенациональная программа "Яшил макон"
🌳 🌳 В специализированной школе имени Мухаммад ал-Хоразми в рамках общенациональной программы «Яшил макон» проведена акция по благоустройству школьного сада и уходу за посаженными деревьями.
Telegram | Instagram | Infinity team | Volunteers
"Yahshil makon" umummilliy dasturi
—
Общенациональная программа "Яшил макон"
Telegram | Instagram | Infinity team | Volunteers
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) 25-Bosh assambleyasi doirasida “Global ta’lim Forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda 140 davlatdan kelgan delegatlar, turizm rahbarlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga mas’ul rahbarlar ham ishtirok etmoqda.
Bugun turizm va ta’lim bir-biriga chambarchas bog‘liq soha ekanligi barchamiz bilamiz. Shu bois, Forum ishtirokchilariga O‘zbekistonda ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xalqaro miqyosda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdik.
Xabaringiz bor, yurtimizda “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish, umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, 1 000 nafar tarbiyachi va o‘qituvchini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborish, O‘zbekiston Global Innovatsion Indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro‘yxatiga kirishiga erishish borasida katta maqsadlar amalga oshirishdagi dolzarb vazifalarimizdan biri.
Joriy yilda Prezident maktablari bitiruvchilaridan 114 nafari, Ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilaridan 378 nafari dunyoning nufuzli ta’lim maskanlarida tahsilni davom ettirmoqda. Ular qatorida Colorado State University, Harvard University, TUM (Technical University of Munich), Arizona State University, California Institute of Technology va King‘s College kabi nufuzli ta’lim dargohlarining borligi xorijiy ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Aytish lozim, 2023-yil xalqaro doirada katta yutuqlar davri bo‘lganligi, xususan o‘quvchilarimiz tarixdagi eng yuqori natijalarni qayd etib, xalqaro olimpiadalarda 8 ta oltin, 24 ta kumush va 37 ta bronza, jami 69 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Qolaversa, joriy yilda Ispaniya, Italiya, Оzarbayjon, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarda 15 ta xalqaro tanlov, festival va musobaqalarda “Barkamol avlod” maktablarining 500 nafarga yaqin o‘quvchisi Gran pri va boshqa yutuqlarni qo‘lga kiritganliklari haqidagi yutuqlar qayd etildi.
Bugun oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri o‘quvchilarimizda erta yoshlardanoq ushbu soha haqida tushuncha hosil qilish hamda ularning qiziqishlarini oshirishdir. Vazirlik tizimida Samarqand va Namangan viloyatlarida bolalar sayyohlik bazalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Endilikda Samarqanddagi 20 ta maktabda tajriba sifatida maktabdan tashqari ta'lim sifatida turizm soatlarini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu borada Butunjahon sayyohlik tashkiloti bilan hamkorlikda ishlayapmiz.
Xalqaro forum doirasida ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovatsiyalarga doir dolzarb masalalar jonli muhokama qilinib, samarali taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘ylaymanki, Forum qatnashchilari tomonidan bildirilgan ta’limga doir fikr va mulohazalar, takliflar maktabgacha va maktab ta’limi rivoji yo‘lida xizmat qiladi. Buning uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar yetarli.
Forum ishiga muvaffaqiyat tilab qolaman!

#ona_tilim_faxrim
NAVOIYGA OSHUFTA QALBLAR
📜 “Hayotdan hidoyat qidirgan odam borki, uni hazrat Navoiy ijodidan so‘rasa, shak-shubhasiz topajak, - deydi Isajon Sulton. – Kimki Navoiyga oshno ekan, hech qachon uning karvoni adashmas”.
Darhaqiqat, Alisher Navoiy asarlarini necha yuz yillar davomida tushunib o‘qigan va bugun ham anglab o‘qiyotgan insonlar yuraklarini og‘ritib qiynayotgan savollarga, shuningdek, o‘z zamonasiga oid barcha ma’naviy-ruhiy muammolarga javob topa oladi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-01-sinf o‘quvchilar bilan Hazrat Navoiyning “Xamsa” asari tarkibiga kiruvchi “Hayrat ul-abror” va “Farhod va Shirin” dostonlari badiiy tahliliga oid mahorat darsi o‘tkazildi.
Mashg‘ulot dostonlar badiiy xususiyati hamda qahramonlar xarakteri, ramziy obrazlari, shuningdek, ushbu asarlarning bugungi kun yoshlari uchun qanchalik muhim asar ekanligi haqida ham qizg‘in bahs-munozaraga boy bo‘ldi.
__________
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web 📹 Youtube