Al-Xorazmiy kitobxonlari
257 subscribers
338 photos
42 videos
194 files
72 links
📚Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonasining kanali

Sahifalarimiz:
* @ITSchoolPresidency
* @ictschooluz
Download Telegram
📜Bugun ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
🔥3
📌Bobur (taxallusi) toʻliq ismi - Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. U (1483-yil 14-fevral, 1530-yil 26-dekabr) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda va boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy yani shoh boʻlgan. Amir Temurning pannevarasi boʻlgan. Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biri edi. Uning sheʼrlari, ruboiylari oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda.
🔥3
📜 Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,

Har ishniki, ayladim – xatolig‘ bo‘ldi.

O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,

Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
👍3👏3❤‍🔥2
📜Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,

Sen shu'lasen-u ul shu'lag'a men kuldurmen.

Nisbat yo‘qtur deb ijtinob aylamakim,

Shahmen elga, vale sanga quldurmen.
❤‍🔥4
Assalomu alaykum qadrli kitobxonlar! Ramazon oyi barchangizga muborak bo’lsin! Tutayotgan ro’zalaringiz va ibodatlaringizni qabul bo'lsin. Oilangizga fayzu baraka, tinchlik-xotirjamlik doimo hamroh bo’lsin!🌙
❤‍🔥19
Кунига камида 15 дақиқа китоб ўқиш хотирани мустаҳкамлаб, стрессни 68% га камайтиради. Бундан ташқари мутолаа тафаккурни тезлаштириб йиғилган маълумотларни қайта ишлаш қобилиятини оширади...
👍3🔥2
Abdulla Qodiriy 131 yoshda

Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi.
🔥2
Bugun, 10-aprel kuni o‘zbek romanchilik maktabi asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludiga 131 yil to‘ldi: yozuvchi, shoir, tarjimon, dramaturg Julqunboy 1894-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan edi.

Sizlar bilan adibning poytaxtdagi “Samarqand darvoza” mahallasida joylashgan uy-muzeyiga onlayn sayohat qilamiz...

⬇️⬇️⬇️
https://www.afisha.uz/uz/gorod/2025/04/10/qodiriy
❤‍🔥22🔥1
Suratda Abdulla Qodiriyning sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan portreti

Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga oid ilmiy maqolalar:
1. Abdulla Qodiriy ijodi va milliy ruh
2. Abdulla Qodiriy romanlarida badiiy asar poetikasi
3. Abdulla Qodiriy romanlarida tarixiy shaxslarning oʻziga xos oʻrni va ahamiyati

Abdulla Qodiriy uy-muzeyidan fotolavhalar: "suratlar soʻzlaganda"
1❤‍🔥1
📚23-aprel "Butunjahon kitoblar va mualliflik huquqi kuni" hisoblanadi.
Bu kun 1995-yilda YUNESKO tomonidan kitoblar va mualliflik huquqini himoya qilish muhimligiga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida ta’sis etilgan.
❤‍🔥1
Bugun 26-aprel O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning tavallud kuni.

📖 Hozirgi davr o‘zbek milliy adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Muhammad Yusufdir. U 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, Qovunchi qishlog’ida oddiy oilada tavallud topdi.
❤‍🔥1
📚Kitoblari va she’rlari: «Tanish teraklar» (1985, birinchi to‘plami), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi», «Aldov», «Turkman qiz», «Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» (doston) va boshqalar.
❤‍🔥1
📌 Muhammad Yusuf O’zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998) unvoniga sazovor bo'ldi. Uning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan edi.
🕰Xalq shoiri Muhammad Yusuf 2001-yil 30-iyulda dunyodan ko’z yumdi. Garchi u vafot etgan bo’lsada, lekin u odamlar yuragida mangu yashaydi, Muhammad Yusuf xalqning qalbidir!…
2
Ona tilim

Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug’doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
❤‍🔥1
davomi...

Kimdir mayda millat bo’ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo’kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo’lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’kda dil yo’q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho’lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.
👍3❤‍🔥1
Mehr qolur

O’tar qancha yillar to’zoni,
Yulduzlar — ko’z yoshi samoni.
O’tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Qorachug’da porlagan o’sha,
Iqboliga chorlagan o’sha.
Dunyoni tor aylagan o’sha —
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Anor sening yuzlaring, suluv,
Xumor sening ko’zlaring, suluv,
Yodda qolmas so’zlaring suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Oqib ketdi suvlarda Tohir,
Zuhro yig’lab qoldi qon bag’ir.
Kelganda ham qiyomat oxir,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Nima deysan, ey, g’ayur inson?
G’iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o’tursan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

✍🏼Muhammad Yusuf
6
Audio
IQROR

O, ota makonim,
Onajon o'lkam,
O'zbekiston, jonim to'shay soyangga.
Senday mehribon yo'q,
Seningdek ko'rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.

Bir go'sha suv bo'lsa, bir go'sha qirlar,
Qancha yurtni kordim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog'laring ortimdan ergashib yurar.

Ko'rdim suluvlarning eng faranglarin.
Yo xudbinman, yo bir sodda kasman men-
Parijning eng go'zal restoranlarin
Bitta tandiringga alishmasman men.

Na gapga ko'nayin,
Na til bilayin,
Ko'zdan uyqu qochdi, dildan halovat-
Uch kunda sog'insam nima qilayin,
Chala qolar bo'ldi barcha sayohat.

Bildimki, baridan ulug'im o'zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug'ilgan qo'zing,
Arab ohusidan azizroq menga.

Sen bilan o'tgan har kun bayramdir-bazm,
Sensiz bir on qolsam, vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta'zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.


✍🏼Muhammad Yusuf
2🔥2🤩2