Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №4
2021-yil 1-maydan IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT kabi 5 ta; 2022-yil 1-yanvardan esa arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida (jami 18 ta) yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari kompensatsiya qilib berilmoqda.
Mazkur tizim raqamlashgan boʻlib, xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlar my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin. my.gov.uz portalida ma'lumotlar doim yangilanib boradi. Shuningdek, siz ham buni doimiy ravishda ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin. Batafsil maʼlumot.
Maʼlumot uchun, bugungacha ushbu imkoniyatdan jami 9133 nafar yoshlar foydalangan boʻlib, kompensatsiya qilib berilgan mablagʻ 16,2 mlrd soʻmni tashkil qilmoqda.
@alisher_sadullaev

👍3
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №5: “Talabaga madad”
“Talabaga madad” loyihasida mahallalardagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan (hozirda 15 mln so‘m) miqdordagi qismi to‘lab beriladi.
Bu imkoniyat O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat, xorijiy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun amal qiladi.
Bugungacha mazkur tizimi orqali 30 mingdan ortiq talabalarning kontrakti to‘lab berildi. Juda koʻplab bilimli, iqtidorli talabalarda kontrakt pullarini toʻlashda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Bu loyiha orqali esa barchaga birdek yordam berishga harakat qilamiz, ammo maqsadimiz iloji boricha eng ogʻir moliyaviy vaziyatdagi iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlashdir.
“Yoshlar daftari”ga kirish uchun ortiqcha ovora bo‘lib yurish shart emas. Tizim raqamlashgan bo‘lib, https://yoshlardaftari.uz/ platformasi orqali onlayn ariza yuborishingiz yoki 24/7 faoliyat ko‘rsatadigan 1093 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

👍2
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №7: Prezident granti
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan.
Bu bilimli, salohiyatli, maksimal ball to‘play oladigan yoshlarimiz uchun katta imkoniyatdir, nazarimda. Prezident grantiga daʼvogar bo‘lgan abituriyentlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imkoniyat — abituriyentlikdan tortib to magistraturagacha boʻlgan tizim.
Sababi o‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot.

Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #ulashing #imkoniyat
⚡️Yoshlar ishlari agentligi Mohirdev.uz onlayn ta’lim platformasi bilan hamkorlikda IT sohasida bepul ta’lim olish va mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mlik “MohirFest 2022“ga start bermoqda.
Festival davomida bepul onlayn ta’lim olish, shuningdek, eng yaxshi bitiruvchilar qatorida xakatonda ishtirok etish, final bosqichda esa yaxshigina mukofot g‘olibi bo‘lish mumkin. Festival 12-noyabrda boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: mohirdev.uz/mohirfest
Bizning sahifalarimiz:
🕊 @yoshlaragentligi 📱 Instagram 📱 Facebook 📺 YouTube
⚡️Yoshlar ishlari agentligi Mohirdev.uz onlayn ta’lim platformasi bilan hamkorlikda IT sohasida bepul ta’lim olish va mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mlik “MohirFest 2022“ga start bermoqda.
Festival davomida bepul onlayn ta’lim olish, shuningdek, eng yaxshi bitiruvchilar qatorida xakatonda ishtirok etish, final bosqichda esa yaxshigina mukofot g‘olibi bo‘lish mumkin. Festival 12-noyabrda boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: mohirdev.uz/mohirfest
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Edu.uz
#imkoniyat
#magistraturaga_qabul
⚡️Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.
Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.
Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.
Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.
Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Shuni alohida ta’kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

#rasmiy_xabar #imkoniyat #grant
Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi
Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:
▪️shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi:
➖ etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
➖ O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
▪️xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
▪️30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
▪️o‘zbek tilini bilishi lozim.
Batafsil ma’lumot va tegishli yo‘nalishlari mavjud oliygohlar ro‘yxati bu yerda:
👉https://gov.uz/oz/edu/news/view/23644
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi
Davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida davlat granti asosida o‘qish istagini bildirgan vatandosh-yoshlardan arizalar tegishli oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Tanlovlarda ishtirok etish uchun quyidagi talablar belgilanadi:
▪️shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo-momosi:
▪️xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
▪️30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
▪️o‘zbek tilini bilishi lozim.
Batafsil ma’lumot va tegishli yo‘nalishlari mavjud oliygohlar ro‘yxati bu yerda:
👉https://gov.uz/oz/edu/news/view/23644
Bizni kuzating

👍1💯1