Abu Ali ibn Sino maktabi
2.82K subscribers
4.57K photos
731 videos
270 files
831 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tashrif
#Adiblar_xiyoboni

⚡️ 2022-yil 22-noyabr kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari ishtirokida "Adiblar xiyoboni"da xalqimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Ochiq dars" mashgʻulotidan videolavha


https://t.iss.one/ibnsinomaktabuz
https://t.iss.one/ibnsino5muhimtashabbus
#Tashrif

Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabiga tashrif buyurdilar.

❇️ Joriy yilning 25-noyabr kuni Osiyo Taraqqiyoti Banki vakillari va Barqaror rivojlanish va iqlim o'zgarishi departamenti mutaxasisi Jukka Telivuori Abu Ali ibn Sino nomidagi  ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdilar.

❇️ Tashrif davomida mehmonlar Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining A.blok - umumta'lim fanlari o'quv binosi, sport majmuasi hamda maktabning "B" blok. - laboratoriyalar binosigagi 4 ta kimyo, 4 ta biologiya va 2 ta fizika fanlariga mo'ljallangan laboratoriyalar hamda o'quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

❇️ Tashrif davomida mehmonlar bilan ingliz tili fani o‘qituvchilari va yuqori sinf o‘quvchilari ingliz tilida maktab faoliyati haqida gapirib, hamrohlik qildilar.

❇️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👉@ibnsinomaktabuz
#Tashrif
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

Joriy yilning 27-fevral kuni Osiyo taraqqiyot bankining "O'rta ta'lim uchun STEM" loyihasi guruh rahbari
Mr. Johann (Hans) va guruh rahbari o'rinbosari Kamol Jiyanhodjayev Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan maqsad - maktabda tashkil etilgan biologiya va kimyo fani o‘quv laboratoriyalari hamda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish bo'ldi.

Maktabda yaratilgan barcha sharoitlar ularda katta taassurot qoldirdi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm | facebook
#Tashrif

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Qozog'iston Respublikasi Nazarboyev intellektual maktablari raisi Anuar Jangozin tashrif buyurdi.

✔️ Tashrif davomida Anuar Jangozin maktabning barcha qismlarida bo'ldi. Xususan, o'quv binolari, laboratoriya xonalari, oshxona, o'quvchilar turar joyi, sport maydonchalari va boshqalar shular jumlasidandir.

⚡️ Tashrifdan ko'zlangan maqsad, ushbu maktabda o'quvchilar uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan yaqindan tanishishdan iborat.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#tashrif

"Japan Education Fair" ko'rgazmasi doirasida yapon delegatsiyasi kunchiqar mamlakat universitetlarida ta'lim olish bilan bog'liq ma'lumotlarni taqdim etish maqsadida O'zbekistonning bir qator ta'lim muassasalarida bo'ldilar.

📌 Yuqoridagi ta'lim muassasalari qatorida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Kioto ilm-fan universiteti (KAUS) vakili, universitetning xalqaro idorasi bo'limi boshlig'i Ms. Yuka Omote tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Ms. Yuka Omote o'quvchilar bilan qiziqarli davra suhbati olib bordi. Ingliz tilida bo'lib o'tgan suhbat davomida o'quvchilar faol ishtirok etishdi hamda ushbu universitet, unda ta'lim olish uchun belgilangan talablar, qabul jarayonlari, yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar hamda tashkil etilgan yo'nalishlar (fakultetlar) haqida kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#tashrif

Jadidlar g‘oyalari yangi O‘zbekiston strategiyasi bilan hamohangdir.

Shavkat Mirziyoyev.

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari Tashkent City Mall’da bunyod etilgan "Jadidlar.Turkistonga maktublar" nomli multimediaviy ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi.

✔️ Fotosuratlar, xatlar, videolar, hujjatlar, ovozli ma’lumotlardan iborat ekspozitsiya 1922-yili Germaniyaga o‘qishga yuborilgan 73 nafar turkistonlik talaba haqida hikoya qiladi.

✔️ Turkiston ziyolilarining yurtni rivojlantirish yo‘lida bir-birini uyg‘onishga, ilm olish, sanoatni rivojlantirish, o‘lka boyliklaridan shu xalqning o‘zi foydalanishi lozimligini yozgan maktublari ovozli tarzda hikoya qilingan.

Maktab o'quvchilari tashrif davomida ilmiy hamda tarixiy ma'lumotlarni tinglab o'zlari uchun xulosa chiqardilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram | facebook