Abu Ali ibn Sino maktabi
3.5K subscribers
5.18K photos
752 videos
270 files
960 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Xalqaro_olimpiadalarga tayyorgarlik jarayoni

📣 Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish bo‘yicha mas'ul xodimlari tashrif buyurdilar.

♻️ Tashrif davomida nufuzli Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O'zbekiston terma jamoasi a'zolari bilan tayyorgarlik jarayonlariga bag'ishlangan Press-tur tadbiri bo'lib o'tdi.

♻️ Shuningdek, kimyo fanidan 56-Mendeleyev xalqaro olimpiadasida oltin, Xitoyda o'tkazilgan 54-xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medallar sohibi, maktabning sobiq o‘quvchisi Azimjon Jamolov tomonidan mahorat mashg‘uloti tashkil etildi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm | facebook
#Zulfiyaxonim_izdoshlari

❗️ Zulfiyaxonim vafo va sadoqat timsoli....

❇️ Bahorning ilk kuni ushbu shior ostida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlangan "Zulfiyaxonim izdoshlari" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.

❇️ Ko‘rik tanlovda o‘quvchilar quyidagi shartlar bo'yicha bellashishdilar:

1️⃣ Soch turmaklash
2️⃣ Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga doir savob-javoblar
3️⃣ Pazandachilik
4️⃣ Tikish mahorati
5️⃣ Erkin mavzu

❇️ Ko‘rik tanlov davomida barcha ishtirokchilar Zulfiyaxonimning haqiqiy izdoshlari ekanliklarini yana bir bora namoyish etdilar.
❇️ Ko‘rik tanlov yakunida ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo'yicha diplomlar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm | facebook
#Teatrga_tashrif

✔️ Agar teatrning ma'nosi faqat ko'ngilochar tomoshada bo'lsa, ehtimol unda bu juda ko'p ishlashga arzimaydi.
Ammo teatr hayotni aks ettiradi.

©️Stanislavskiy.

🔰 Joriy yilning 3-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf o'quvchilari O'zbek Milliy Akademik Drama Teatriga tashrif buyurishdi.
Unda "Keldi-yu ketdi" spektakli namoyish etildi.

🎭 Ushbu spektakldan o'quvchilar o'zlari uchun mustahkam oila qurishda nimalarga e'tiborli bo'lishlari kerakligi, oilaning inson hayotida nechog'lik muhim ekanligi kabi bir qancha yuksak tushunchalarga ega bo'ldilar.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm | facebook
#ochiq_eshiklar_kuni

🟢 "Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan 4 - mart kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan “Fruitful Education” o’quv markazi o'quvchilari  Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabida bo'ldilar. 
Tashrif davomida o'quvchilar maktab hayoti bilan yaqindan tanishishdi.

🟢 Jumladan , maktabda yaratilgan shart-sharoitlar , imkoniyatlar , o'quv binolari, lobaratoriyalar va  ta'lim jarayonlari shular jumlasidandir.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm | facebook