Abu Ali ibn Sino maktabi
2.82K subscribers
4.57K photos
731 videos
270 files
832 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
👉2022-yil 25-aprel kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi va Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorlikda “INNOVATOR” o'quvchi-yoshlar uchun ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop jurnalining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

📖Taqdimotda oʻquvchi-yoshlarga jurnalning maqsadi, mazmun-mohiyati va unda chop etiladigan maqolalar haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

🗣O'quvchilar jurnalda oʻz ixtirolari yoritishlari, ayni kunda ular uchun yaratilgan sharoitlar va berilayotgan imkoniyatlar haqida hamda tanlagan kelajak kasblari bilan yaqindan tanishishlari uchun imkoniyatlar yaratilganligi qayd etildi.

Tadbir soʻnggida “Innovator” o'quvchi-yoshlar uchun ilmiy-texnikaviy, tahliliy va ommabop jurnali tahririyati bilan o'zaro hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.

Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda maroqli o’tdi.
#OAV_biz_haqimizda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan joriy yilning 9-16-may kunlari 56-xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Agentlik tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Jamoliddin Kamolov mazkur olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan "O‘zbekiston 24" radiosining "Axborot 24" dasturiga intervyu berdi.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | 56-Халқаро Менделеев олимпиадасига жамоамиз қандай ҳозирлик кўрмоқда?
#28apr #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
🌈#Psixologik_trening

Bugun
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi N.Zaynetdinova tomonidan 8-"A" sinf o‘quvchilarining orzu - havaslari, hayotiy maqsadlari va hissiy holatlarini aniqlash madsadida art-terapiya mashg'uloti tashkil etildi.
🌈#Psixologik_trening

29-aprel kuni
8-"B" sinf o‘quvchilari bilan sinf rahbari Sh.Ramazonov va psixolog N.Zaynetdinova birgalikda "Ismlar-fazilatlar" va "Hayr salbiy emotsiyalar va hissiyotlar" nomli trening mashg'uloti tashkil etildi.
2022-yil 26-30 – mart kunlari M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti hamda Infratuzilma va ta’lim dasturlari jamg‘armasi “ROSNANO guruhi” hamkorligida “Kimyo, fizika, matematika, biologiya” fanlari majmuasi bo‘yicha masofaviy tarzda o‘tkazilgan NANO – XVI “Nanotexnologiyalar – kelajak poydevori!” Butunrossiya olimpiadasida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11 – sinf o‘quvchisi Badalova Maftuna Lutfullo qizi faxrli II – darajali diplom bilan taqdirlandi va Rossiya Federatsiyasidagi oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabulga ega bo‘ldi.

Shuningdek, mazkur olimpiada tashkilotchilari tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori va ustozlari nomiga minnatdorchilik xatlari yuborildi.
#Matbuot_anjumani
#Jonli_efir

MATBUOT ANJUMANI: “Yangi O‘zbekiston” universitetiga hujjatlar qabuli hamda fakultet va yo‘nalishlarga oid savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob beriladi.

🔴 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etiladigan MATBUOT ANJUMANIni YouTube kanalimiz orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

📬Savollar uchun: @piimasavollar_bot

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube