Abu Ali ibn Sino maktabi
2.82K subscribers
4.57K photos
731 videos
270 files
831 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Ilmiy_ish_himoyasi

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Ilm sari ilk qadam" loyihasi doirasida "Maktabning ilmiy kengashi"da 10-"V" - sinf o‘quvchilari ilmiy rahbarlari ko‘magida amalga oshirgan ilmiy izlanishlarining dastlabki natijalarini taqdimot shaklida himoya qildilar.

📸 Yuqorida ushbu jarayondan fotolavhalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Hamkorlik
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinf oʻquvchilari Kimyo fanidan laboratoriya mashgʻulotlarida ishtirok etish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish maqsadida kelishdi.

🔬Kimyo fani boʻyicha oʻtkazilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar, fanlar integratsiyaga asoslangan tajribalar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi va ularning fan asoslarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqlarini yanada oshishiga zamin yaratdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Teatrga_tashrif

📌 Teatr bu hayot ko'zgusidir.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari O'zbek Milliy akademik drama teatriga tashrif buyudilar.

Unda o‘zbek adabiyotining atoqli namoyondasi, mashhur shoir, dramaturg Maqsud Shayxzodaning  “Jaloliddin Manguberdi” spektakli namoyish etildi
.

Spektakl ulug' ajdodimiz, millatimiz faxri bo'lmish Jaloliddin Manguberdining mardonavor hayoti haqida bo'lib, uning asl vatanparvarlik, otaga hurmat, yurtni sevish hissi tomoshabinga keng yetkazib berilgan.

Teatr aktyorlari tomonidan Jaloliddin Manguberdining Vatan ozodligi yo'lidagi buyuk jasorati va matonati mahorat bilan sahnada gavdalantirilgani, ayniqsa, o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram |facebook
#Direktor_soati

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Direktor soati" bo'lib o'tdi

"Direktor soati" texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (Phd), maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfitdinovich tomonidan 9-sinf o'quvchilari uchun "Mobil qurilmalarning ta'lim- tarbiya jarayoniga salbiy va ijobiy ta'siri" mavzusida o'tkazildi.

☑️ "Direktor soati" davomida o'quvchilarga bugungi kunda mobil qurilmalar, smartfonlar va gadjetlarning foydali va zararli tomonlari haqida ochiq muloqot va videoroliklar orqali keng tushuntirib berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook